Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

QADIMGI USTRUSHONA HUDUDIDA KATAKOMBA QABRLARINING O‘RGANILISHI XUSUSIDA

Tugalov Bobir Baxodir o‘g‘li. JDPU  Tarix fakulteti o‘qituvchisi  Annotatsiya: Ushbu maqolada tadqiqotchi tomonidan  qadimgi Ustrushona hududida o‘rganilgan katakomba  qabrlarning paydo bo‘lishi va ommalashish sabablari tahlil qilingan. Bunda ayvonli lahad, yorma va o‘ra qabrlar bilan birgalikda yangi qabr tiplarinig ham uchrashi, ular antik va ilk o‘rta asrlardagi migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lganligi, shuningdek, mazkur jarayon qadimgi aholining ma’naviy ­- diniy va ijtimoiy ­­- siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatganligi kabi masalalar mintaqada o‘rganilgan boshqa yodgorliklar qiyosiy tahlili asosida ochib berilgan. Annotatsiya: V dannoy state analiziruyutsya prichinы vozniknoveniya i populyarizatsii izuchennыx issledovatelem katakombnыx zaxoroneniy v rayone drevney Ustrushenы. Voprosы, takie kak vstrecha novыx tipov mogil vmeste s laxadskimi, yorma i orskimi mogilami s krыlsom, ix svyaz s migratsionnыmi protsessami drevnosti i rannego srednevekovya, a takje to, chto etot protsess imel bolshoe vliyanie na duxovnuyu, religioznuyu, obщestvennuyu i politicheskuyu jizn drevnego naseleniya vыyavleno na osnove sravnitelnogo analiza drugix pamyatnikov, izuchennыx v regione. Abstract: This article analyzes the reasons for the emergence and popularization of catacomb graves studied by the researcher in the ancient Ustrushona region. Issues such as the meeting of new types of graves together with the lahad, yorma and ora graves with a porch, the fact that they are related to the migration processes of antiquity and the early Middle Ages, as well as the fact that this process had a great impact on the spiritual, religious, social and political life of the ancient population revealed on the basis of comparative analysis of other monuments studied in the region. Kalit so‘zlar: Ustrushona, Sag‘onoq, Shirinsoy, G‘ulbo, Ko‘rpa, Uchtepa, katakomba, dromos, ayvonli lahad, yorma, Quyimozor,  Kugay-Qorabuloq, Kengko‘l, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, sarmat, yuechji, xun. Klyuchevыe slova: Ustrushona, Saganok, Shirinsoy, Gulbo, Korpa, Uchtepa, katakombы, dromos, terrasnыy laxad, yorma, Kuymozor, Kugay-Karabulok, Kengkol, Tashkentskiy oazis, Ferganskaya dolina, Sarmat, Yuechji, xun. Key words: Ustrushona, Saganoq, Shirinsoy, Gulbo, Korpa, Uchtepa, catacomb, dromos, terraced lahad, yorma, Kuyimozor, Kugay-Karabulok, Kengkol, Tashkent oasis, Fergana valley, Sarmat, Yuechji, khun.   Markaziy  Osiyo xalqlarining bosib o‘tgan uzoq yillik tarixiy o‘tmishi nihoyatda xilma xil bo‘lib, uning asosiy qismini o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati tashkil etadi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo hududidagi ilk insoniyat manzilgohlari mintaqada istiqomat qiluvchi mahalliy aholining ajdodlariga mansub ekanligi, ularni birgalikda tadqiq etish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Shu jumladan O‘rta Osiyoning uchta respublikasi O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston hududida joylashgan Ustrushona tarixini tadqiq etish ham Vatan tarixini o‘rganishimizda dolzarb masalalardan biridir. Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda  Shimoliy-g‘arbiy Ustrushonadagi chorvadorlarga oid mozorqo‘rg‘onlarda tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan  salmoqli  qidiruv va qazuv ishlari o‘tkazilib, antik va ilk o‘rta asrlarga oid ko‘plab mozorqo‘rg‘onlar aniqlandi. Jumladan, G‘ulbo, Ko‘rpa, Qamish, Bekkeldi, Qoratepa mozorqo‘rg‘onlari ochib o‘rganildi.  Qoratosh I, II, Xo‘jai Serob mozorqo‘rg‘onlari ma’lumotlar ilk bor muomalaga kiritildi.[1:184-189] Shirinsoy, Sag‘onoq, Uchtepa mozorqo‘rg‘onlarida o‘rganilgan materiallar ilmiy tahlil qilindi. Ularda o‘rganilgan qabrlar katakomba, ayvonli lahad, yorma va o‘ra go‘rlardan iborat ekanligi aniqlandi.[2:8] Mazkur atamalar yaqin-yaqingacha arxeologik manbalarda qo‘llanib kelingan ruscha so‘zlar bo‘lib ularning o‘zbekcha atalishini tarix fanlari doktori B.Matboboev quyidagicha izohlaydi: gruntovoe pogrebenie (inogda yamnoe)-go‘r yoki o‘ra go‘r, podboynoe pogrebenie-yorma go‘r, katakombnoe zaxoronenie-lahadli go‘r.[3:19] Biroq, so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar Markaziy Osiyo qadim aholisi, shu jumladan Ustrushonada ham biz ta’kidlayotgan uch xil ko‘rinishdagi go‘rlar emas, balki to‘rt xil: katakomba, ayvonli lahad (podboynoe pogrebenie), yorma (vpusknaya yama) va o‘ra go‘r (yamnoe pogrebenie) ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.[2:8] Darhaqiqat, Ustrushonadagi antik davr mozorqo‘rg‘onlarining asosiy qismini katakomba qabrlar tashkil qiladi. Birinchi navbatda ularda lahadni dromosga nisbatan holati, uzunligi, yo‘nalishi va lahadni qaysi tomonda bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan esa dromosdan lahadga o‘tish yo‘lining o‘lchami, zinalimi yoki dromosdan lahadga o‘tish yo‘lining to‘silishi (tuproq, guvala, tosh va hk.lar) qanday ko‘rinishda ekanligiga qarab ular 12 dan ortiq turda ekanligi tasdig‘ini topgan.[4:87] Ustrushonada o‘rganilgan mozorqo‘rg‘onlar konstruksiyasi va dafn an’analarida turli xil ko‘rinishlar qayd etilgan. Qabrlarning turli xilda bo‘lishiga sabab, antik davrda O‘rta Osiyo hududlariga Yevroosiyo dashtlaridan ko‘plab ko‘chmanchi qabilalar kirib kelgan. Bunday fikrga kelishimizning sababi shuki, o‘rganilgan materiallarda shu davrda kirib kelgan sarmat, yuechji, xun, usun va boshqa qabilalar moddiy va ma’naviy madaniyatiga o‘xshash xususiyatlar kuzatiladi. Bu holat Yevroosiyo dashtlaridan O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalariga tomon siljigan ko‘chmanchilarning O‘rta Sirdaryo bo‘yi va Ustrushona orqali o‘tganligi hamda mintaqaning ko‘chmanchilar dashti bilan dehqonchilik vohalarini bog‘lovchi –kontakt hudud bo‘lganligi bilan izohlanadi.[5:39] Ustrushona (G‘ulbo, Shirinsoy va Sag‘anoq) mozorqo‘rg‘onlarini ikki tipga ajratish mumkin. Birinchisi, g‘arbdan keluvchi dromos  perpendikulyar tarzda shimol janub yo‘nalishida joylashgan lahadga kelib tutashadigan qabrlar. Ular Sag‘onoq va G‘ulbo mozorqo‘rg‘onlarida o‘rganilgan. Ikkinchi xili esa  dromosning janubdan shimolga qazilib, sharq-g‘arb yo‘nalishida qabr lahadiga perpendikulyar tarzda kelib tutashishidan hosil bo‘lgan qabrlar. Bu ko‘rinishdagi katakomba qabrlar Jizzax yaqinidagi Uchtepa va G‘ulbo mozorqo‘rg‘onlarida o‘rganilgan.[6:12] Bu kabi dromosi janubdan shimolga qarab yasalgan va uning shimolida sharq-g‘arb yo‘nalishida perpendikulyar tarzdagi lahadi bo‘lgan qabrlar Toshkent viloyatidagi Vrevskiy va Farg‘ona vodiysidagi Kugay-Qorabuloq  madaniyatiga mansub mozorqo‘rg‘onlarda ham kuzatilgan. Har ikkalasida ham dromos lahadga tomon qiyalab, pasayib kelib tutashgan. Vrevskiy mozorqo‘rg‘onidagi marhumning dafn etilish holati (boshi sharqda), G‘ulbo 4- mozorqo‘rg‘onidagi holatga juda o‘xshash. B.A. Litvinskiyning yozishicha, Farg‘ona vodiysidagi katakomba qabrlarda ”Ayvonning eni lahad uzunligidan 3 barobar (mos ravishda 0,95 va 2, 97 m) tor. Bunday katakomba qabrlar odatda “T” harfi ko‘rinishida bo‘ladi”.[7:59] Ustrushonadagi dromos (ayvon)li qabrlarda uning ancha tor bo‘lishi kuzatiladi. O‘rta Osiyo uchun o‘ziga xos bo‘lgan bunday qabrlar rayonlashtirilgan.[8:83] Ulardan birinchisi Farg‘ona, Toshkent,  Janubiy Turkmaniston, Buxoro va Talos  vodiylarida yoyilgan. Ustrushonadagi katakomba qabrlarni ham ana shu birinchi guruhga kiritishimiz mumkin. Dafn inshoatlarini bu tarzda guruhlarga ajratish ularni tasniflashda ancha yengillik beradi va tasavvurimizni kengaytiradi. Biroq qabr tuzilishlari O‘rta Osiyoning turli hududlarida yagona qonuniyatga ega bo‘lmay o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Masalan,  B.A. Litvinskiyning yozishicha, “Vorux mozorqo‘rg‘onlaridagi ko‘plab lahadli qabrlarda dromos katta emas, ularning uzunligi ko‘pincha 1,5-3 m, ba’zan 4 m gacha boradi… katakomba qabrlarda dromos lahadga perpendikulyar bo‘lib, uning ko‘ndalang yon tomonidan simmetrik ravishda kelib tutashgan bo‘ladi”.[7:58] Shimoliy Baqtriyadagi dafn inshoatlari to‘rt guruhga bo‘linib, ularning ko‘pchiligini ko‘chmanchilarga mansub  katakomba qabrlar (Tulxar, Araktau, Babashov va boshqa) tashkil etadi.[10:24] Bu mintaqada o‘rganilgan qabrlar konstruksiyasi va dafn udumlarida Ustrushona katakomba qabrlaridagiga o‘xshash (moddiy manbalar, marhumlarni yoqish va h…) holatlar ko‘p. Shunday qilib, bronza davriga kelib ayvonli lahad qabrlar dafn marosimlarida asosiy tipni tashkil etgan. Ular Zamonbobo, Sopolli, Sumbar, Beshkent va Vaxsh yodgorliklarida kuzatiladi. O‘rta Osiyoda marhumlarni ayvonli lahad qabrlarga dafn etish, so‘nggi bronza, temir davri, antik va ilk o‘rta asrlardan iborat ancha uzoq va qatiy taraqqiyotiga ega .[11:22-34] Biroq, O‘rta Osiyoda ilk temir davridan birinchi ming yillikning so‘nggi choragigacha ayvonli lahad ko‘rinishdagi qabrlar kamayganligi seziladi. Antik davrdan boshlab esa, qabr tuzilishida katakomba shakldagi qabrlar ommalashib borgan. Shu bilan bir qatorda, moddiy manbalarda kuchli sifat o‘zgarishlari kuzatilib, ma’naviy hayotda ham yangicha an’analar paydo bo‘laboshlagan. Antik davrda kechgan bu kabi  o‘zgarishlar  tarixchi arxeologlarni qariyb 250 yildan buyon qiziqtirib keladi. Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragidan boshlab O‘rta Osiyoda ko‘plab uchraydigan katakomba qabrlarning keng yoyilishini olimlar turlicha izohlaydilar. Mazkur holat bo‘yicha qator  ilmiy fikrlarga ko‘ra, bu qabrlar sovramatlar, proxorovsk-sarmatlari, shimoliy xunlar, yuechjilar, usunlar bilan bog‘liq deyiladi. Jumladan, S.S.Sorokin katakomba qabrlarning O‘rta Osiyoda keng yoyilishi xunlar bilan bog‘liqligiga “o‘ta noto‘g‘ri va tarixiy jarayonga mos kelmaydi” degan keskin fikrlarini bildirib, qabrlarni katakomba shaklini O‘rta Osiyo tub joy aholisi uchun xosligini ta’kidlaydi.[12:116] Ammo, u qabrlar tuzilishidagi ayvonli lahad shaklini qator boshqa arxeologlar qatorida katakomba qabrlar sifatida aralash talqin etib, ko‘p xatolikka yo‘l qo‘ygan.[5:49]  Afsuski, ayvonli lahad qabrlar bilan katakomba qabrlarni aralash talqin etish borasidagi tushunmovchilik Rossiya arxeologlari orasida hozirgacha davom etmoqda. B.A. Litvinskiyning tadqiqotlariga ko‘ra, katakomba qabrlar mahalliy ildizlarga ega, ular xunlar yoki yuechjilarni O‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan bog‘liq emas, balki sarmatlar bilan moddiy, madaniy aloqalar natijasida tez ommalashgan.[14:68-70] A.N.Bernshtam Yettisuv va Farg‘onada katakomba ko‘rinishidagi qabrlarining paydo bo‘lishini shimoliy xunlar  bilan, K. Yetmar esa g‘arbiy qabilalar, ya’ni sarmatlar bilan bog‘liq degan fikrlarni bildirgan.[15:69] Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Ustrushona mozorqo‘rg‘onlarining tuzilishida qo‘shni Sug‘d hududida o‘rganilgan qabrlar bilan o‘xshashlik kuzatiladi. Sug‘d mozorqo‘rg‘onlarining vujudga kelishini tahlil qilgan O.V. Obelchenko, ularni faqatgina  Orol bo‘yi ,  Quyi Sirdaryo va Qizilqum orqali Sug‘dga tomon siljigan sarmatlar bilan bog‘laydi. Biroq, bu qabrlarning paydo bo‘lishini sinchiklab tahlil qilish ikki xil ta’sirni  ko‘rsatmoqda. Ulardan birinchisida: O‘rta Sirdaryo bo‘yi va Ustrushona hududi orqali janubga siljigan yuechji, usun va xun  qabilalarining ta’siri. Bu holat Zarafshonning o‘rta qismidagi Sazag‘on, Mironqul va Oqjartepa kabi mozorqo‘rg‘onlarning moddiy madaniyat namunalarida ayniqsa ko‘p kuzatiladi.  Ikkinchi holat esa, Zarafshonning quyi qismiga chorvadorlar (sarmatlar) ni Quyi Sirdaryo orqali kirib kelishidir. O‘rganilgan manbala  Qovunchi (Sirdaryo bo‘yi) madaniyatini bu davrda O‘rta Osiyo bo‘yicha ustuvor bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Xulosa qilib aytganda, olib borilgan tadqiqotlar qadimgi  Ustrushona mozorqo‘rg‘onlari qabr tuzilishidagi o‘zgarishlar hududga antik va ilk o‘rta asrlarda yangi (sarmat, yuechji, xun, usun kabi) etnik guruhlar va ular bilan  yangicha qabr tuzilishlari hamda dafn odatlarining kirib kelganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangicha qabrlarning keng ommalashishiga sabab bo‘lgan.  Bizningcha, mazkur ko‘rinishdagi qabrlarning keng yoyilishiga o‘sha davr kishilarining narigi dunyo haqidagi tasavvurlari va diniy tushunchalarining kengayib borishidir. O‘sha davr kishilarining tasavvuricha, marhumni hurmatlab, narigi dunyoda kuzatish va uning “o‘liklar mamlakati”da yaxshi yashashi uchun barcha qulayliklar yaratilishi zarur edi. Bunda marhum yoniga qo‘yilayotgan oziq-ovqat va buyumlar qabrning lahad qismiga bemalol joylashar va o‘tkazilayotgan marosimlar ham to‘la-to‘kis bajarilar edi. Markaziy Osiyoda shu paytgacha kam uchraydigan katakomba va tosh dahma qabrlarning antik va ilk o‘rta asrlarda keng yoyilishi esa, hududda migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy-siyosiy va etnik  jarayonlar sodir bo‘lganligining yaqqol dalilidir.                           Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Toshboev F.E. Qadimgi Ustrushona chorvadorlari madaniyati (arxeologik manbalar asosida). T.: “FAN VA TA’LIM”. 2022.8-b.
  2. B.X.Matboboev. Shimoliy Farg‘onaning qadimgi mozorlarini o‘rganishga doir ( G‘ovasoy va Kosonsoy havzalari) // ONU-Toshkent.1993.№6. 19-b.
  3. Toshboev F.E. Qadimgi Ustrushona chorvadorlari madaniyati (arxeologik manbalar asosida). T.: “FAN VA TA’LIM”. 2022.8-b.
  4. Gorbunova N.G. O tipax Ferganskix pogrebalnыx pamyatnikov pervoy polovinы I- tыsyacheletiya n.e. // ASGE. Vыp.22. Leningrad, 1984. S.87.
5.Toshboev F.E. Ustrushona mozorqo‘rg‘onlari konstruksiyasi va ularning shakllanishi // O‘zbekiston arxeologiyasi.  №1 (18) Toshkent, 2019. 39-b.
  1. Toshbaev F.E. Pardaev M.X., Gritsina A.A. Izuchenie Gulbinskogo mogilnika // Vestnik MITSAI     Kultura nomadov Sentralnoy Azii. Samarkand, 2008.
  2. Litvinskiy B.A. Kurganы i Kurumы zapadnoy Ferganы. (Raskopki pogrebalnыy obryad v svete etnografii). Moskva, 1972.S.59.
  3. Sorokin S.S. Sredne Aziatskie podboynыe-katakombnыe zaxoroneniya kak pamyatniki mestnoy kulturы //SA. Vыp.26.M.: 1954. S.83.
9.Litvinskiy B.A. Kurganы i Kurumы zapadnoy   Ferganы. (Raskopki pogrebalnыy obryad v svete etnografii). Moskva, 1972.S.58.
  1. Musakaeva A.A., Bogomolov G.I., Minosyans V.S., Gendelman P.I. Iz istorii pogrebalnoy obryadnosti Kushanskoy Baktrii: Nausы starogo Termeza // IMKU № 36. Tashkent, 2008.
11.Abdullaev B. Mogilnik Djarkutan // IMKU. №15.   Tashkent, 1979.S. 22-34. 12.Sorokin S.S. Sredne Aziatskie podboynыe-katakombnыe  zaxoroneniya  kak pamyatniki  mestnыx kulturы. // SA.  Vыp. 26. Moskva, 1956.S.116. 13.Toshboev F.E. Ustrushona mozorqo‘rg‘onlari konstruksiyasi va ularning shakllanishi // O‘zbekiston arxeologiyasi.  №1 (18) Toshkent, 2019. 49-b.
  1. Litvinskiy B.A. Kurganы i Kurumы zapadnoy Ferganы. (Raskopki pogrebalnыy obryad v svete etnografii). Moskva, 1972.S.68-70.
 
  1. Bernshtam A.N. Chuyskaya dolina // MIA. Moskva-Leningrad, 1950. S.69.