Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA FANLARARO INTEGRATSIYALASHUVNI TAHLIL QILISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada sinflar musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish bo’yicha mavzular mazmun mohiyatidan kelib chiqib dars ishlanmalarini ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan bo’lib bundan tashqari 5-sinflarda musiqa darslarini tabiat bilan bog’liqlikda tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan.            Аннотация: В данной статье даны указания по разработке планов уроков исходя из содержания тем по организации уроков музыки в межпредметных связях, а также способы организации уроков музыки в 5 классе в связи с естественными науками.   Abstract: In this article, instructions are given for the development of lesson plans based on the content of the topics on the organization of music lessons in interdisciplinary relationships, and also ways to organize music lessons in the 5th grade in connection with subject matter. shown. Kalit so’zlar: Musiqa darslari, fanlararoaloqadorlik, integratsiyalashuv, kompozitor, o’qituvchi, o’quvchi, V.A.Suxomlenskiy, tabiat, ohang, kuy, o’quvchilar.            Key words: Music lessons, relationship between subjects, integration, composer, teacher, student, V.A. Sukhomlensky, nature, melody, melody, students.           Ключевые слова: уроки музыки, взаимосвязь предметов, интеграция, композитор, учитель, ученик, В. А. Сухомленский, природа, мелодия, мелодия, ученики.   Biz o’zimizning tadqiqotimiz mavzusini maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tajriba-sinov ob’ekti sifatida tanlangan ta’lim muassasalarida, asosan umumta’lim maktablarida musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish doirasida eng avvalo musiqa o’qituvchilarining  fikrlari bilan qiziqdik. Ularga darslarni fanlararo aloqadorlikda tashkil etishnng samaradorligini  oshirishda keng imkoniyatlarga egaligi va albatta bunday ish tutishda o’qituvchilarni o’rganilayotgan mavzular bo’yicha  kengroq ko’proq  ma’lumot olishlariga, ta’surotlarini boyitishga, musiqa darslariga qiziqishlarini oshirishga olib kelish haqida o’z fikrlarimizni bildirdik. Shundan  so’ng musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish ishlarini birgalikda amalga oshirish bo’yicha o’z reja va loyihalarimiz mazmuni bilan tanishdik. Shundan so’ng bir necha sinflarda musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish bo’yicha mavzular mazmun mohiyatidan kelib chiqib dars ishlanmalarini tayyorladik. Bunda quyidagi holatlarga asosiy e’tibor qaratildi: 1.Musiqa O’qituvchilarini darslarni fanlararo aloqadorlikda tashkil etishga bizning tadqiqotimiz maqsadi nuqtai-nazaridan yondashish va bu o’rinda darslarni yuqori samaradorlik kasb etishga erishish mumkinligiga ishontirish. 2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini maqsadga muvofiqligi nuqtai-nazaridan qaysi fan va unga bo’gliq mavzular bo’yicha o’tkazilishiga qarab qo’shimcha o’rganiladigan materiallarni umumlashtirish, dars bosh mavzusiga singdirilishning eng asosiy jihatlarini aniqlash. 3.Fanlararo bog’liqlikda darslar uyushtiriladigan sinflarni quyi yoki yuqori bosqichlarga muvofiq holda o’quvchilarning umummusiqiy, nazariy va amaliy ijrochilik bo’yicha imkoniyatlarini o’rganish, hisobga olish va shunga ko’ra darsning har bir imkoniyatini rejalashtirish; 4.Dars jarayonida foydalaniladigan ko’rgazmali texnik vositalarni, qo’shimcha adabiyotlar va boshqa fan o’qituvchilarining  yordamlariga ehtiyojlarini qondirish. 5.O’quvchilarga eriladigan savollar va mustaqil topshiriqlarni belgilash. 6.Dars mavzusi, mazmun va mohiyatiga ko’ra  kerakli fan o’qituvchilaridan konsultatsiyalar olish va ularni dars jarayonida qo’llashning eng asosiy qulay va qiziqarli usul va vositalarini belgilab olish. Bizga ma’lumki  umumta’lim maktablari musiqa o’quv dasturi va darsliklariga juda ko’plab tabiat mavzusiga oid (gular, o’simliklar, daraxtlar, mevalar, hayvonlar, abiat manzaralarini ifoda etuvchi) qo’shiqlar kiritilgan. Ularni musiqiy nafosat uyg’unligida tinglash, kuylash orqali tasavvur qilish estetik ta’sirini nihoyatda oshirish imkonini beradi. Tabiat  haqidagi kinomanzaralar, uning ayrim ko’rinishlarini aks ettiruvchi tasviriy san’at  asarlari har qanday insonni befarq qoldirmaydi. Masalan: qish, bahor, kuz, yoz fasllari haqida asarlar yaratilgan ijodkor-kompozitorlar yoʼq desa boʼladi. Bunday asarlarda kompozitorlar oʼzlarining lirik kechinmalarini ifoda etish bilan tabiatning betakror goʼzalliklarini musiqiy ohanglarda uygʼunlashtirishga harakat qilishadi. Musiqa darslarida tabiat haqidagi qoʼshiqlarni tinglash, oʼrganishda bolalar diqqatini ularga tanish boʼlgan, atrofida doimo koʼrib yurgan rasmlar, fotolavhalarga jalb etish yaxshi natija beradi. Inson tabiat va jamiyat tarixining rivojlanishi bilan estetik munosabatlarga tayyorlashgandir. Uning estetik ongi, mehnat, bilm, muloqot jarayonida rivojlanadi, lekin bu ong tugʼma meʼros boʼlmaydi. Taniqli pedagog V.A.Suxomlinskiy eʼtiborni shunga qaratadiki, “Kichkina bola oʼz atrofidagi chiroyli narsalarni kashf etar ekan, u goʼyoki kuzguga qaragandek va unda oʼzining insonni goʼzalligini koʼrgandek boʼladi. Bu goʼzallikni erta his qilsa va undan qanchalik nozik hayratga tushsa, uning oʼzini qadrlash hissi shunchalik yuqori boʼladi.Odamlar uchun yaxshilik keltirish quvonchi bilan qoʼshilib ketgan mana shu atrofdagi goʼzallikni bilish orqali oʼzini ham bilish gulda, turnaning tumshugʼida, daryo qirgʼogʼidan topilgan kichkina toshning rangida, tongotar chogʼida musaffo osmonning shafaqqa burkanishida soʼzning nozik jarangida, insonning goʼzal ishlarida namoyon boʼladi” [1] Pedagogika hamma vaqt tabiatning inson tuygʼulari va hulq atvoriga taʼsir qilishdagi alohida imkoniyatlariga eʼtibor berib kelgan. V.A.Suhomlinskiy maktab oʼquvchilarini dala va oʼrmonlarga olib borar, bu yerda ular tabiatni tushunishga, uning goʼzalligini koʼrishga va his qilishga oʼrganar edilar. Shuning uchun ham biz oʼz tajribalarimizni eng avvalo tabiat bilan bogʼliq musiqiy asarlarni oʼrganishda tabiat haqidagi vediotasvir, tasviriy sanʼat asarlaridan foydalanish, yoz, kuz, qish, bahor haqidagi asarlarini tabiat qoʼynida (maktab bogʼi, biologiya kabineti, tajriba maydonchalari) ekskursiyalarga olib chiqish bilan, u yerdagi oʼsimliklar dunyosini kuzatish, tabiatdagi ranglar va shakllardagi (daraxtlar gullar oʼsimliklar) ni tabiiyligi, oʼzgarib turishini kuzatib, qoʼshiqlar matnidagi (Boychechak, lola, binafsha, lolaqizgʼaldoq,chuchmoma, naʼmatak, archa, oʼrik gullaganda va hokazo) ifodaviyligi, uni tabiatdagi holatni, obrazli koʼrinish bilan yaqindan tanishtirishga harakat qiladi. Sinf darsligiga kiritilgan “Bahor valsi” asari tabiat qoʼynida tinglanadi. Bu oʼquvchilar musiqaning nihoyatda jozibali, qushlar sayrashini bahoriy koʼrinishlarga mos ohanglar bilan uygʼunlashib qiygʼos gullagan turli daraxtlar gullarini oʼziga xos ranglarini kuchli badiiy emotsional his etishiga olib keladi. 5- sinfda “Kamalak” qoʼshigʼi sinfda oʼrganilgan oʼquvchilarni maktab bogʼchaga olib chiqdik. Bu yerda oʼquvchilarning kapalaklarni guldan gulga uchishini, qanotlari rangini, uning tanasi koʼzi, moʼylovlarini, oyoqlarining shakli, tuzilishi uning uchishidagi qanotlarining harakatlanishi bolalarda tabiatni rangin bir boʼlagini kuzatish yangidan kashf qilishdek taʼssurot uygʼotadi. Shundan soʼng oʼquvchilar bilan kapalaklar haqida botanika faniga oid oʼquv materiallari asosida qisqacha suhbat oʼtkazildi va ularga “Kapalak” suratini chizib kelishi vazifasi topshirildi. Keyingi darsda Oʼquvchilar tomonidan chizilgan “Kapalak” tasvirlari rasm oʼqituvchisi ishtirokida tahlil qilinib oʼquvchilarni rasmlardan foydalanishdagi mahoratlariga taʼrif, kerakli maslahatlar berildi. Bu jaryonda oʼquvchilarni toʼliq ishtirok etganligi mashgʼulotni estetik taʼsirchanlik kasb etganligidan darak berar edi. “Qish” fasli va uning oʼziga xos ajoyib manzaralari haqidagi musiqa asarlari, rassomlar chizgan suratlar, fotolavhalar inson hissiyotiga ajoyib tuygʼular baxsh etadi. Musiqa darslarida ushbu mavzudagi qoʼshiqlarni tinglash, ijro etish, boshqa fasllar bilan oʼxshash, uygʼun, oʼziga xos jihatlarini taqqoslash ayni qor yogʼayotgan vaqtda jamoa boʼlib kuylash, va undan soʼng suhbat, munozara uyushtirish, qor qishning ziynati, uning tabiatini yarashtirish, yashnatish, butun mavjudot, tuproq, suv, daraxtlar, oʼsimliklar uchun qishning muhimligini tushuntirish, biznin oʼrab turgan dunyoning estetik qonunyatlarini oʼrganishda yaxshiroq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kompozitor A.Muhammedovning shoir Z.Diyor sheʼriga bastalagan “Archa” qoʼshigʼini oʼrgatish jarayonida qoʼydagicha ish tutildi. Qoʼshiq yangi yil arafasida, rang-barang oʼyinchoqlar bilan bezatilgan, bayram libosiga burkalgan yashil archa atrofida kuylanadi.   Chaman chaman bogʼlarning, Bizlar jambil rayhoni. Bizning quvnoq qoʼshiqlar, Jaranglatar har yonni.   Salom senga koʼk archa, Qishin yozin yashnaysan. Yaproqlaring ninacha, Yasangansan goʼzalsan.   Atrofingda aylanib, Qoʼshiq aytib quvnaymiz . Har birimiz qoʼl berib, Yangi yilni kuylaymiz.   Odatda bolalar qish faslini sevadilar. Atrof, koʼchalar, daraxtlar, qir-adirlar oppoq qorga burkangan. Bolalar qorni muzliklar ustida chana va changʼilarda uchadilar. Yangi yil atrofida bezatilgan archalar atrofida davra qurib sheʼr va ashulalar aytish, raqsga tushush, qorbobodagi sovgʼalar olish oʼquvchilarda yaxshi kayfiyat, zavq-shavq bagʼishlaydi.   Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Qudratov I, Abdukarimova E. “Musiqa darslarida fanlararo aloqadorlik” Samarqand, Sam DU bosmaxonasi, 2015 yil. 2.E.Abdukarimova. Ilm ham jamiyet Ajiniyaz atindagi Nokis mamleketlik pedagogikaliq institute “Texnologik loyihalash-musiqa mashg’ulotlarida samarali ta’lim”. 2019(№1) ISSN 2010-720X. 3.Elnoza Ismatillayevna Abdukarimova. Актуалные вызовы современной науки. “Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda xalq musiqa merosi qudratli tarbiya vositasi” iscience 2017 yil. 4.S.B.Karimov. “Musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etishning o’ziga xos uslublari” Alma mater Samarqand. 2014-yil 2-kitob. 51-52-bet. 5.Karimov S. Musiqa darslarining fanlararo integratsiyalashuv jarayonidagi muammolari va yechilishi zarur bo’lgan vazifalar. O’z MU xabarlari 2022/1/5/1. Toshkent 2022. 6.Karimov S. “The importance of using interdisciplinary entegration in shaping students’ knowledge and skills”. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). India 2021-yil. 8-avgust. 264-268 bet. 7.Karimov S. “O’quvchilarning bilm va malakalarini shakllantirishda fanlararo integratsiyalashuvni qo’llashning ahamiyati” Masofaviy ta’limni tashkil etishning pedagogic psixologik jihatlari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami. Toshkent-2021-yil noyabr. 295-297-bet.   Karimov Saxob Baxromovich Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi yo’nalishi mustaqil tadqiqotchisi. (PhD). Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti [1] V.Suxomlinskiy. Tarbiya haqida. Toshkent “Yosh gvardiya” nashryoti. 97-99 bet.