Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/06/2022
Chop etish
 “Innowomenweek” xotin-qizlar innovatsion haftaligining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika institutida, Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda oliygoh hamkorligida «INNOWOMENWEEK» — xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida «Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Olima va professor-o‘qituvchilar, ixtirochi hamda talaba xotin-qizlar ishtirok etgan konferensiyada  so‘zga chiqqan institut rektori Sh.Sharipov bugngi kunda olima va ixtirochi ayollar safi kengayib borayotgani, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ta’lim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e’tibor, yaratilgan shart-sharoit, keng imkoniyatlar samarasi ekanligini alohida  qayd etdi

“Innovatsion haftalikni tashkil etishdan maqsad, mamlakatimiz xotin-qizlarining innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilishdan iboratdir”-deydi Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.A.Muxtorova

«INNOWOMENWEEK» — xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida institutdagi olima va ixtirochi xotin-qizlarning jumladan  Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Z. Yaxshievaning “Xotin-qizlar huquqlari – davlat himoyasida”   mavzusidagi taqdimoti, ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri,  A.Jabborovaning ”Xotin-qizlarning ta’lim olishdagi imkoniyatlar” mavzusidagi mahorat-darslari taqdim etildi. Shuningdek tadbir davomida  innovatsion g‘oyalar, loyiha va ishlanmalarini aks ettirgan turli ko‘rgazmalar ham  tashkil etildi.

 


Ulashish:
853
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zamonaviy pedagogik kompetensiyalar va sifatli ta’lim masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlari davom etmoqda.
Default image
Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.