Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
07/05/2023
Chop etish
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga badiiy matnni shakllantiruvchi vositalarni o‘qitishda omonim, antonym, sinonim va paronimlarni o‘rgatish usullari  

G.A.Xolboyeva p.f.n., dots.,

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri

Badiiy matnni shakllantiruvchi leksik vositalarni o‘qitish metodlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Leksik vositalarning ma‘nolarini o‘rgatishda dars ishlanmalari tuzish va bu ishlanmalardan dars davomida foydalanish uslubiyati haqida quyida boshlang’ich sinflar uchun mo‘ljallangan dars ishlanmalaridan namunalarni tavsiya etamiz.  Bu dars ishlanma shunisi bilan ahamiyatliki, bunda o‘quvchilar faqat o‘qish darsini o‘rganibgina qolmay so‘z boyliklarini ham boyitib o‘zlari uchun yangi so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar.

Omonim so’zlarni o’qitish uslubiyati.

Sinf: 4-sinf.

Mavzu: Ot so’z turkumi yuzasidan takrorlashda omonim (shakldosh) so‘zlarning ishtiroki.

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsadi
    1. So’z turkumlaridan ot haqida keng qamrovli bilim berish,bilim, ko’nikma malakalarini mustahkamlash. Shakldosh so‘zlar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qildirish.
    2. O’quvchilarning bilish darajasini bir-biri bilan taqqoslash.
  2. Tarbiyaviy maqsad:
    1. Ajdodlar merosiga sodiq bo’lib,vatanimizga munosib farzand bo’lish.
    2. Odob-axloq qoidalariga rioya etish, o’zgalar fikrini aniqlash, hurmat qilishga o’rgatish
    3. d) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
    4. Rivojlantiruvchi maqsad.

Bilim ko’nikma malakasini rivojlantirish, tez fikrlay olish, hozirjavobligini oshirish.

Darsing turi: Aralash, bilimlarni mustahkamlovchi

Dars usuli: Aqliy hujum, klaster,beshinchisi ortiqcha metodi, nima qiladi? metodi, baxtli tasodif metodi.

Darsning jihozi: Darslik, kompyuter,monitor,tarqatma kartochkalar,

Dars shiori: O’rgan –o’rgat shiori

Boshlang’ichdir poydevori.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

O’quvchilar darsga hozirligi tekshiriladi. “Tartib posboni “va”  оrasta qiz – hisobot beradi. Qish fasli haqida ma‘lumot beriladi.

2022-yil qanday nomlanadi.  O’tilgan mavzuni mustaxkamlash va uy vazifani tekshirish.

Baxtli tasodif metodidan foydalanib o’quvchilarga 6 ta konvert ko’rsatiladi, 1 ta konvert ichida 5* omad yozilgan bo’ladi, o’quvchilar konvertdagi savollarga birin ketin javob berishadi va kimga baxtli tasodif tushsa sinf chapak chaladi, 5* qoyiladi.

Savollar.

1-savol ; Tilimizda nechta kelishik bor?

2-savol: . Bosh kelishik qo’shimchasini ayting?

3-savol: Bosh bo’lak gapda qanday vazifasida keladi?

4-savol: Ot yasovchi qo’shimchalarni ayting?

5-savol: O’rin-payt kelishigi qo’shimchasini ayting

Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi;  

Juft savolim bor sizga,Ham o’g‘ilga ham qizga.

Nima ekdi ? –Gulnoza?

O’quvchi; Gul ekdi Gulnoza.

O’qituvchi Gulga nima quyayapti?

O’quvchi:- Suv quyayapti.

O’qituvchi; Berilgan rasmlar asosida og’zaki hikoya tuzasiz va otlarni aniqlaysiz.

Qoida: Narsa va shaxsning nomini bildirib kim? nima? Kimlar? Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar otlar deyiladi.

Kelishik qo’shimchalari Narsa nomini bildiradi Ot yasovchi qo’shimchalar

 

So’z turkumi

 

OT

 

Otga bog’lanib keladi

SHaxsni bildiradi Kim?, Nima?, Kimlar?, Nimalar? So’roqlariga javob bo’ladi.

                        

 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni 2020 yil 19 may.
  2. Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizom. /www/ZiyoNet/uz
  3. Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. T.:2017. –74b.
  4. S.Matchonov, X.Bakieva, X.G’ulomova, SH.Yo’ldosheva, G.Xolboeva.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi Darslik. “Ishonchli hamkor” nashriyoti. Toshkent 2020-728 b.


Ulashish:
1 029
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...