Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Bosh muhandis

Bosh muhandisi: Baxtiyor Suyarov Аbdumalik o’g’li

Telefon raqami: (90) 297 83 00

Elektron pochta manzili: bakhtiyor.suyarov@mail.ru

Bosh muhandisning lavozim vazifalari:

  • OTMning muhandislik xizmatiga tegishli bo’limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
  • OTMning muhim ob’ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • OTMning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruktsiya, kapital va joriy ta’mirlash buyicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
  • Kapital ta’mirlash bo’yicha loyixa-smeta xujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
  • OTMning moddiy-texnik bazasi bo’yicha xar bir ob’ekt uchun alohida materiallar ro’yxatini tuzish va tayyorlash;
  • Mavjud ob’ektlarni qayta ta’mirlash xamda qimmat va ulkan xajmli uskunalarni binolarga o’rnatishga moslashtirish bo’yicha masalalarni yechishda qatnashish;
  • Binolar texnik xolati va jixozlanishi xamda o’z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
  • Bo’ysunuvchi shu’balarga tushuntirish ishlarini olib borish xamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo’yicha o’qitishni tashkil etish;
  • OTMning moddiy-texnik bazasi va yoqilg’i-energetika resurslaridan foydalanish bo’yicha xisobotlarni o’z vaqtida taqdim etish;
  • O’z vakolatlari doirasida o’ziga bevosita bo’ysinuvchi bo’limlarga ko’rsatmalar berish;
  • O’z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
  • Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo’yicha tavsiyalar berish;
  • OTMda yoqilg’i-energetika resurslarini iqtisod qilish xamda elektr energiyasi, gaz va boshka turdagi yoqilgilardan foydalanishning limitlarini o’rnatishni nazorat qilish;
  • O’z bo’ysinuvidagi shu’balar uchuy zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
  • OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko’rish bo’yicha takliflar berish.

Bilishi kerak:

Loyiha, konstruktorlik va texnologiya, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongin xavfsizligi qoidalari hamda me’yoriy xujjatlarini, Vazirlik buyruqlari, lavozim vazifalarini, tegishli sanoat tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab beruvchi xukumat qarorlarini, yuqori tashkilotlarning OTMsi faoliyatini texnik jihatdan ta’minlashga taalluqli qarorlari, farmoyishlar, buyruqlar, boshqa rahbariy va me’yoriy xujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

  • Qurilish, rekonstruktsiya, kapital va joriy ta’mirlash tajribasiga ega bo’lishi;
  • OTMsini texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollari, shartnomalar tuzish va ulardan foydalanish tartibini bilishi;
  • Ishlab chiqarish, mexnat va boshqaruvni tashkil etishni bilishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • Mexnat tug’risidagi qonun asoslari; mexnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi zarur.

Ilg’or vazifalar

Talabalarning sifatli ta’lim olishlarini taminlash maqsadida binolarda shart sharoitlarni zamon talabiga mos xolatda ta’mirlash va ularni sifatli saqlanishi uchun chora tadbirlari amalga oshirilmoqda. Talabalarning vaqtlari mazmunli o’tishini va qulay sharoitlardan foydalanishlari uchun bir qator sport maydonchalari jumladan stol tennis maydonchasi, WorkOut maydonchalari qurib foydalanishga topshirildi. Talabalarning amaliy bilimlarini oshirish maqsadida Rovot MFY da o’quv amaliyot ba’zasi tashkil qilinib to’lliq joriy ta’mirlandi va foydalanishga topshirildi. Talabalarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida DXSh asosida 1000 o’rinlik talabalar turar joyi qurilishi uchun barcha zarur bo’lgan me’yoriy xujjatlar tayyorlanib loyiha amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu qatorda institutda 2021-2023-yillarda qurilishi rejalashtirilgan 2500 o’rinlik o’quv binosini qurish uchun tender asosida pudratchi tashkiloti aniqlanib qurilish ishlariga start berilgan. Kelgusidagi rejalarimiz, ta’mirtalab binolarni sifatli hamda mos ravishda tamirlash ishlarini tashkil etish, yangi zamonaviy o’quv binolari qurish, talabalarni zamonaviy yotoqxona binolari bilan qamrab olish, jaxon standarlariga mos ravishdagi sport maydonchalari hamda suzish havzalari bilan ta’minlash maqsadida bir qator loyihalarni amalga oshirish.
Jizzax Davlat pedagogika universitetining Bog’ishamol «MFY» da joylashgan 2500 o’ringa mo’ljallangan yangi o’quv binosi