Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
Bo’lim boshlig’i:
Qirjigitov Javlon Ergashevich
Telefon: 0(372) 226-25-40 Elektron manzil: jqirjigitov@mail.ru Ish vaqti: 8.30 – 17.00Normatova Malika Meliyevna
Bosh mutaxassis
Telefon: 0(372) 226-25-40
E-mail: malika@mail.ru
Isaqulova Yulduz Olimjon qizi
Inspektor
Telefon: 0(372) 226-25-40
E-mail: yisaqulova@gmail.com
Bo’limning vazifalari va funksiyalari::
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, majlis bayonlari (tashriflar davomida) bayonlarida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
- Universitet buyruqlarining tarkibiy bo’linmalar, tasarrufdagi tashkilotlar, texnikumlar, litseylar, fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6166-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezident 2021-yil 31-maydagi » «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-5132-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, universitetning tarkibiy bo’linmalari, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar tomonidan murojaatlar o’z vaqtida va zarur tarzda ko’rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib borish;
Bo’limning huquq va majburiyatlari:
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylar bilan hamkorlikda ish yuritadi;
- Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar hamda ma’lumotlarni universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylardan belgilangan tartibda oladi;
- Joylarda ijro intizomini maqsadli o’rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda universitetning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini jalb etadi;
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko’rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan o’quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;
- Vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun universitet huzuridagi texnikumlar, litseylarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etadi;
- O’z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo’lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
- Boshqa masalalar bo’yicha universitetning tarkibiy bo’limlari bilan birgalikda harakat qiladi;
- Bo’lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo’lmagan boshqa huquqlarga ega.
Bo’lim boshlig’ining asosiy funksional vazifalari:
- Bo’limga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo’lim xodimlari ishlarini tashkil etadi hamda mazkur Nizomga muvofiq bo’limga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun to’liq javob beradi.
- Bo’lim faoliyatini takomillashtirish, o’zi hamda xodimlar malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
- Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo’limlar tomonidan o’z vaqtida ijro etilishini elektron tizimda nazoratini olib boradi, universitet majlislarida, Kengash yig’ilishida ularning ijrosi natijadorligini ko’rib chiqadi hamda tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
- Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, universitet tizimidagi bo’limlar mas’ul xodimlarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan rektorga takliflar kiritib boradi.
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylarida ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko’rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritadi.
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlari, litseylarida ijro intizomi holatini tizimli ravishda maqsadli o’rganishni tashkil etadi.
- Bo’lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi.
- Bo’lim faoliyati bilan bog’liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi hamda ijro intizomiga to’liq amal qiladi.
- Bo’lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa direktiv organlardan, vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan universitetga kelib tushgan xat-hujjatlarni o’z vaqtida qabul qilish, o’rnatilgan tartibda ro’yhatdan o’tkazish hamda universitet rahbariyati, uning tarkibiy boshqarma va bo’limlariga etkazilishini nazorat qiladi.
- Universitet buyruqlari hamda tegishli xatlarni rasmiylashtirib borilishini nazoratini olib boradi.
- Belgilangan xizmat vazifalaridan kelib chiqib, bo’lim ish rejasiga amal qilgan holda, xodimlarning ish faoliyatini sifatli tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi.
- Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, xatlarni jo’natish va ichki hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi.
- Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o’rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo’limlar bilan hamkorlikda ish olib boradi va tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Bosh mutaxassisning asosiy vazifalari:
- Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o’z vaqtida ijro etilishini nazoratini olib boradi va elektron tizimini yuritadi.
- Elektron tizimda nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to’liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o’rganadi hamda tegishli qaror qabul qiladi.
- Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari o’z vaqtida ijro etilishining elektron tizimda nazoratini olib boradi.
- Elektron tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo’yicha mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to’liqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan oladi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot tayyorlaydi.
- Universitetning tarkibiy bo’limlari, universitet tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini maqsadli va kompleks o’rganishda ishtirok etadi hamda tegishli takliflar ishlab chiqishda qatnashadi.
- Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
Inspektorning asosiy vazifalari:
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishga oid qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
- Kengash yig’ilishiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga taalluqli masalalar bo’yicha materiallar tayyorlaydi va qabul qilingan qarorlar, buyruqlarning bajarilishini nazorat qiladi.
- Bo’limning funksional vazifasidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro’yxatga oladi va mazmunan o’rgangan holda ijrochiga etkazadi.
- Nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi.
- Institutning tarkibiy bo’limlari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’z vaqtida ko’rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi va har chorak yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritiladigan hisobotlarni shakllantiradi.
- Bo’lim faoliyati bilan bog’liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi hamda ijro intizomiga to’liq amal qiladi.
- Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.