JDPU o’qituvchi Axmedova Shoxida
JDPU talabasi Mizomova Farida
Annotatsiya: Maqolada hozirgi zamonaviy pedagogikaning tamal toshini qoʻygan buyuk shaxs Yan Amos Komenskiyning pedagogik gʻoyalari, bola tarbiyasida maktab va oʻqituvchilarning oʻrni, haqiqiy pedagog qanday boʻlishi kerakligi yoritiladi. Yan Amos Komenskiyning gʻoyalari ayni zamon uchun ham mos kelishini ushbu maqolada koʻrishimiz mumkin.
Annotation:The article describes the pedagogical ideas of Jan Amos Comenius, the great man who laid the foundation of modern pedagogy, the role of schools and teachers in the upbringing of children, what a real teacher should be. In this article we can see that the ideas of Jan Amos Comenius are also relevant today.
Аннотация: В статье рассматриваются педагогические идеи Яна Амоса Коменского, великого человека, заложившего основы современной педагогики, роль школы и учителей в воспитании детей, а также то, каким должен быть настоящий учитель. В этой статье мы видим, что идеи Яна Амоса Коменского актуальны и сегодня
.
Kalit soʻzlar: Yan Amos Komenskiy, «Chex qardoshlar» jamoasi, «Buyuk Didaktika», Buyuk Karl, zamonaviy maktablar, tarbiya turlari.
Keys words:Jan Amos Comenius, The Czech Brotherhood, «The Great Didactics», Charles the Great, Modern Schools, Types of Education.
Ключевые слова:Ян Амос Коменский, Команда чешских братьев, «Великая дидактика», Карл Великий, Современные школы, Типы образования.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon taʼlim sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Aynan taʼlim va uning sifatini oshirish maqsadida bir necha qaror va qonunlar qabul qilindi. Bunday qonun hujjatlaridan asosiy maqsad albatta taʼlim va uning sifatini yaxshilashdir. Taʼlim va uning sifatini yaxshilash uchun, avvalo ,taʼlim sohasiga aloqador boʻlgan shaxslar dunyoqarashi va ularning malakalarini oshirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bunga erishish katta kuch,mehnat va vaqt talab qilinadi. Aynan shunday pedagogik kadrlarning bilim salohiyatini yuksaltirishga katta yordam beradigan vositalardan biri bu—buyuk pedagog va faylasuf Yan Amos Komenskiyning dunyoga mashhur boʻlgan «Buyuk Didaktika» asaridir. Aynan Komenskiy asarlari orqali biz boʻlajak pedagoglarni tarbiyalasak, kelajakda oʻzimiz kutgan natijaga, albatta, erishamiz.
Yan Amos Komenskiy —pedagogika otasi. Ayni mana shu taʼrifni bu insonga qoʻllashni nima uchun joiz topdi deb oʻylarsiz, albatta. Yan Amos Komenskiy, shuningdek, Jon Amos Komenskiy nomi bilan ham tanilgan, ta’lim sohasida inqilobchi, zamonaviy pedagogikaning otasi hisoblanadi.
Buyuk pedagog Yan Amos Komenskiy insonga bilim va tarbiya berishni yoshligidan berish kerakligini uqtiradi. Insonni ayni shu jihatdan daraxtga oʻxshatib, quyidagi fikrlarni keltiradi: «Bu sohada inson bilan daraxt bir-biriga oʻxshaydi. Har holda mevali daraxt (olma,nok,anjir,tok)lar qarovsiz qoldirilgan taqdirda ham oʻsishi mumkin, lekin bunday holatda oʻsimlik yovvoyilashib, mevasining taʼmi buziladi, mazali va shirin meva olish uchun esa tajribali bogʻbon koʻchat oʻtqazishi,sugʻorib, daraxt tagiga ishlov berishi,uni butab turishi zarur»[1]
Demak bolani tarbiyalashni ham, unga bilim berishni ham yoshligidan boshlansa maqsadga muvofiq boʻladi . Komenskiy aytgandek daraxt niholligidan toʻgʻri parvarish qilinsa,undan shirin va mazali meva olish mumkin. Bu jarayonda bogʻbonning, yaʼnikim oʻqituvchining roli ham katta hisoblanadi. Agar bogʻbon tajribali va oʻz ishining ustasi boʻlsa, uning bogʻidagi har bir nihol kelajakda serhosil daraxt boʻlib yetishadi. Shunday ekan bolani tarbiyalashni kechiktirmaslik lozim.
Yan Amos Komenskiy haqiqiy inson boʻlish uchun avvalo bilim olish zarur deb hisoblaydi. Komenskiy inson bilim olishga layoqatlidir, lekin bu uning bilimligini bildirmaydi deya taʼkidlaydi. Uning fikricha har bir inson —xoh u zehni past boʻlsin,xoh isteʼdodli,xoh boy yoki kambagʻal,xoh yosh-u qari,kim boʻlishidan qatʼiy nazar bilim olishi shart deb hisoblaydi va quyidagi fikrlarni ilgari suradi: «Demak, inson boʻlib tugʻilganlarning hammasi hech shubhasiz, odam boʻlishi uchun, va aksincha yovvoyi hayvon, vahshiy maxluq,tepsa-tebranmas ahmoq boʻlmoq qolmaslik uchun bilim olish zarur. Boshqalardan ustunroq boʻlishning siri ham koʻproq oʻqib-oʻrganishdadir. Demak, bu nonni Premudr kitobidan olingan quyidagi soʻzlar bilan xulosalasak boʻladi: «Donishmanlik va nasihatni nazar-pisand qilmaydigan kishi—baxtsizdir, bunday kishi maqsadiga ham erisha olmaydi, uning mehnati ham zoya ketadi,birovga foydasi ham tegmaydi».[3]
Komenskiy oʻzining «Buyuk Didaktika» asarida yozishicha, bolani tarbiyalash va bilim berish aslida ota-onaning vazifasidir. Lekin ota-onalar har xil boʻlganligi yoki ishdan soʻng farzandlarga yetarli darajada vaqt ajrata olmasligi sababli ham ota-onalarga bu ishda ularga bilimli va tajribali kishilar yordam beradi. «Yoshlarni tarbiyalovchi bunday kishilar muallim» deb ataladi va ular yoshlarni birga toʻplab dars oʻtadigan joy esa «maktab» deb yuritiladi. Ana nima sababdan maktablar paydo boʻlgan. Maktablar azaldan bolalarga bilim va tarbiya beruvchi dargoh hisoblangan va ayni damda ham bu tushumcha oʻz mazmunini saqlab qolgan. Yan Amos Komenskiy maʼlumot berishicha ilk maktablar Isroil shaharlarida, yaʼnikim yahudiylar tomonidan ochilgan. Maktablarni koʻpayishi esa franklar qiroli Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq ekan.
Komenskiy butun xalqiga murojaat qilib, shunday deydi: «Har bir xristian davlati bu muqaddas odatni saqlab qolish bilan cheklanmasligi,balki yanada keng koʻlamda davom ettirishi lozim,toki,odam yashaydigan har bir obod joyda (poytaxtda ham,shaharda ham , qishloqda ham) yoshlarni toʻplab (oʻqitish) tarbiyalash uchun maktablar boʻlsin»[2]
Darhaqiqat, maktablar yosh avlodni katta hayot yo’liga tayyorlovchi bosh bo’g’in hisoblanadi. Jadidchilik harakatlarining buyuk namoyandasi Mahmudxo’ja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktabdir» degan fikrlari yuqoridagi gaplarimizning yaqqol dalilidir.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ham maktab ta’limini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi.
Ulugʻ allomalarimiz – Mirzo Ulugʻbek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi taʼlim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun taʼlim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Prezidentimiz nutqidan keltirilgan quyidagi fikrlar orqali ham maktab ta’limi va undagi ish jaroyonining mamlakat siyosati miqyosida muhim ekanligini anglashimiz qiyin emas.
«Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablagʻni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bogʻliq»[4]
Shunday ekan biz,bo’lajak pedagoglar zimmasida ham katta mas’uliyat turibdi. Mamlakat kelajagi bo’lgan yosh avlod tarbiyasi va ularning bilim olishi tom ma’noda bizning gardanimizdadir.
Komenkiy o’qituvchi shunchaki ta’lim berish bilan cheklanib qolmasligi kerakligini,u boladagi iste’dodni ko’ra bilishi va o’sha iste’dodni o’stirishi kerak deb hisoblaydi.
Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham,baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin,albatta,toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasi oynagi changni artib tashlash,ya’ni bilimni bolaga ongiga yetkazish, uni aqliy tomondan o’stirishdir,degan edi.[3]
Komenkiy g’oyalarida maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini ko’ramiz.
Ko’rib turganingizdek bolaning ta’lim va tarbiya olishida maktabning o’rni beqiyosdir. Nima uchun aynan maktab deb o’ylarsiz,chunki ayni bola psixologiyasida yuz beradigan inqirozlar maktab davriga to’g’ri keladi va ayni shu jarayonda bolaning o’zligini anglash va jamoa bilan ishlash kabi xususiyatlari shakllanadi. Fransuz yozuvchisi,jurnalist va jamoat arbobi Arni Barbus maktab haqida quyidagicha fikr bildiradi: «Maktab – bu yosh avlodning tafakkuri shakllanadigan ustaxona, agar kelajakni qo’yib yuborishni istamasangiz, uni qo’lingizda mahkam ushlab turishingiz kerak».
Komenskiy oʻz asarlarida tarbiyaning maksadini koʻrsatadi.Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tganimiz Yan Amos Komenskiy — pedagogika ilmning poydevorini qurgan, uning keyingi rivojlanish yo’llarini ko’rsatib bergan, o’zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o’qitish va tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag’ishlagan ulug’ pedagogning o’z nomi bilan buyuk asari bo’lgan «Buyuk Didaktika»dagi ayrim pedagogik qarashlar edi. Bu hali dengizdan tomchidek gap.Asar XVII asrda yaratilganligiga qaramay undagi gʻoyalar shunchalik teran va asosliki,buni hech bir makon va zamon rad eta olmaydi.
Bu asar butun jamiyat, mamlakat kelajagini tarbiyalovchi yetuk pedagoglarni shakllantirishga qaratilgan g’oyalar majmuidir desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan mana shunday noyob va betakror asarlarni o’qib o’rganish,biz kabi bo’lajak pedagoglar uchun ayni muddao bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
- Буюк Дидактика. Ўзбек тилига таржима, «Ўқитувчи», 1975 й.
- Hashimov Komiljon.Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/K.Hashimov, S.Nishonova.—T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005.—304 b.
3.https://xs.uz/uz/post/maktab-talimini-rivozhlantirish-umumkhalq-harakatiga-ajlanishi-zarur
- Педагогика тарихи:(Педагогика олий ўқув юртлари ва дорилфунунлар талабалари учун ўқув қўлланма) / К.Ҳошимов, С. Нишонова, М. Иномова ва бошқ.— Т.: Ўқитувчи. 1996 — 408 б.