VLIYaNIE POSEVA KULTUR NA ROST I RAZVITIE GALOFITNЫX RASTENIY
EFFECTS OF SOWING CROPS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF HALOPHYTIC PLANTS
Ortiqova Lola Soatovna* qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori
Negmatova Surayyo Teshaevna** qishloq xo‘jaligi fanlari doktori
Almamatov Jasur Mirza o‘g‘li *** o‘qituvchi
Eshonqulova Iroda**** magistr
Artikova Lola Soatovna * doktor filosofii selskogo xozyaystva
Negmatova Surayyo Teshaevna** doktor selskoxozyaystvennыx nauk
Almamatov Jasur Mirza o‘g‘li *** uchitel
Eshonqulova Iroda**** magistr
Artikova Lola Soatovna * Doctor of Philosophy in Agriculture
Negmatova Surayyo Teshaevna** Doctor of Agricultural Sciences
Almamatov Jasur Mirza o’g’li *** teacher
Eshonqulova Iroda**** magistr
*,***,****Jizzax davlat pedagogika instituti
**Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
*, ***,**** Djizakskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy institut
**Nauchnыy issledovatelskiy institut seleksii, semenovodsto i agrotexnologii vыraщivaniya xlopka
*, ***,**** Jizzakh State Pedagogical Institute
**Cotton Breeding, Seed Production and Agrotechnologies Research Institute
Annotatsiya: maqolada Qizilqum cho‘li sharoitida yaylovlardan yil davomida foydalanishda cho‘g‘on (Halothamnus subaphylla Botsch) va quyrovuq (Salsola orientalis rigida Pall) singari galofitlardan keng foydalanishda ozuqabop galofit o‘simliklar mahsuldorligi va yaylov hosildorligini oshirishda galofit o‘simliklar urug‘larini ekish me’yorlarini pichan va urug‘ hosildorligiga ta’siri yoritilgan bo‘lib, galofitlardan quyrovuq va cho‘g‘on maqbul me’yorlarda ekilganda eng yuqori pichan hosili quyrovuqda (23-28 s/ga) gektariga 7 kg urug‘ ekilgan va cho‘g‘onda (30-32 s\ga) gektariga 9 kg urug‘ ekilgan variantlardan olinib, ekish me’yori va pichan hosili o‘rtasida giperbola ko‘rinishidagi bog‘liqlik (y=a+bx-cx2; r>0,7) kuzatildi, ya’ni ekish me’yorining ma’lum chegarasigacha hosildorlik oshib, yuqori me’yorda urug‘ ekilganda esa kamayishi kuzatilgan. Shuningdek, ekish me’yorining ortishida urug‘ hosildorligi kamayishi kuzatilib (y=a-bx; r<-0,7), ekish me’yori quyrovuqda gektariga 1kgbo‘lganda urug‘ hosili 103,2 kg\ga, ekish me’yori gektariga 13 kg gacha ortishi bilan urug‘ hosili gektariga 71,1 kg bo‘lib, ekish me’yorini ortishi bilan urug‘ hosildorligi 32 kg gachakamayib borishi aniqlangan. O‘rganilgan barcha galofitlarda ekish me’yorining ortishi bilan tup sonining ortishi, o‘z navbatida tup qalinligining ortishi bilan esa o‘simliklar past bo‘yli bo‘lishi,tup qalinligining ma’lum chegaragacha ortib borishida hosildorlikning ko‘payishi va keyingi ortishi esa kamayishi, shuningdek tup qalinligi ortgan sari urug‘ hosili kamayishi ilmiy jihatdan yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: galofitlar, cho‘g‘on, quyrovuq, cho‘l, yaylov, ekish me’yori, pichan va urug‘ hosili,
Annotatsiya: V state o shirokom ispolzovanii takix galofitov, kak svinina (Halothamnus subaphylla Botsch) i boyarыshnik vostochnыy (Salsola orientalis Rigida Pall) pri kruglogodichnom ispolzovanii pastbiщ v usloviyax pustыni Kыzыlkum rassmotreno vliyanie Naibolshiy urojay sena pri poseve u sviney i sviney pri optimalnыx normax sostavlyaet 7 kg semyan/ga v xvoste (23-28 s/ga) i 9 kg semyan/ga u sviney (30-32 s/ga) v vide giperbolы mejdu nablyudalas korrelyatsiya normы vыseva i urojaynosti sena (y = a + bx-cx2; r>0,7),do izvestnogo predela posevnoy normы urojaynost povыshalas, a pri vыsokoy norme vыseva semyan snijalas. Takje nablyudalos snijenie urojaynosti semyan pri uvelichenii normы vыseva (u = a-vx; g <-0,7), pri uvelichenii normы vыseva s 1 kg/ga v xvoste do 103,2 kg/ga i pri uvelichenii normы vыseva do 13 kg/ga – 71,1 kg, a pri uvelichenii normы vыseva urojay semyan snizilsya do 32 kg.
U vsex issledovannыx galofitov uvelichenie kolichestva kustov s uvelicheniem normы vыseva, a takje uvelichenie tolщinы kusta, bolee nizkie rasteniya, povыshenie urojaynosti i posleduyuщee umenshenie tolщinы kusta, a takje snijenie urojaynosti semyan.
Klyuchevыe slova: galofitы, svini, xvostы, pustыnya, pastbiщe, norma vыseva, seno- i semennoy urojay
Annotation: In the article on the widespread use of halophytes such as pig (Halothamnus subaphylla Botsch) and hawthorn (Salsola orientalis rigida Pall) in the year-round use of pastures in the Kyzylkum desert conditions, the effect of The highest hay yield when sown in pigs and pigs at optimal rates is 7 kg of seeds per hectare in the tail (23-28 ts / ha) and 9 kg of seeds per hectare in pigs (30-32 ts / ha) in the form of a hyperbola between the sowing norm and hay yield correlation (y = a + bx-cx2; r> 0.7) was observed,
that is, yields increased to a certain limit of the sowing norm, but decreased when seeds were sown at a high rate.
There was also a decrease in seed yield with an increase in the sowing rate (y = a-bx; r <-0.7), with an increase in the sowing rate of 1 kg per hectare in the tail to 103.2 kg per hectare, and an increase in the sowing rate to 13 kg per hectare. 71.1 kg, and it was found that the seed yield decreased to 32 kg with the increase of the sowing rate.
In all the studied halophytes, the increase in the number of bushes with the increase of the sowing rate, and the increase in the thickness of the bush, the lower the plants, the increase in yield and subsequent decrease in the thickness of the bush, as well as the decrease in seed yield.
Keywords: halophytes, pigeon, tail, desert, pasture, sowing rate, hay and seed yield,
KIRISh
Hozirgi kunda dunyoning 75 mamlakatning cho‘l mintaqasida iqlim sharoitlarni keskin o‘zgarishi oqibatida qumli cho‘llarni degradatsiyaga uchrashi hamda tuproqlarni sho‘rlanish darajasi ortib, minglab gektar maydonlarning ekologik holati yomonlashiga olib kelmoqda. Birgina Afrika va Janubiy Osiyodagi mamlakatlarda 183 mln gektar maydon turli darajada sho‘rlangan. Bundan tashqari, cho‘l mintaqasi yaylovlaridan tartibsiz foydalanish natijasida o‘simlik qoplamining muhim ozuqabop turlari kamayib, payhon bo‘lmoqda, ularning hosildorligi hamda biologik xilma-xilligi pasaymoqda.
Dunyo cho‘l mintaqasidagi qishloq xo‘jaligi amaliyotida galofitlardan keng foydalanishda, degradatsiyaga uchragan cho‘l yaylov maydonlarini qayta tiklash hamda istiqbolli, yuqori oqsilli galofitlarni tanlab yetishtirishdan iborat. Iqlimning global o‘zgarishida galofitlarning tabiiy florasidan foydalanish, ularni genplazma asosida tanlash, kolleksiyasini shakllantirish, kolleksion namunalarni baholash hamda galofit buta, yarim buta va o‘tchil ekotip, mahsuldorlik va ekologik chidamli bo‘lgan turlarni tanlash, ularni yetishtirishning yuqori samarali texnologiyasini qo‘llash orqali o‘simliklarning ozuqabopligiga erishish mumkin.
Respublikamizda keyingi yillarda Qizilqum cho‘lining sho‘rlangan tuproqlari holatini yaxshilash va shu mintaqaga mos, chorvachilik uchun yuqori ozuqabop fitomassa (pichan) to‘plashga qodir, yangi to‘yimli galofit turlarini tanlash hamda ularni yetishtirish agrotexnologiyalarini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanishlar dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
ADABIYoTLAR ShARHI
Aholining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda har yili chorva bosh sonini oshirish zarur. Biroq, ozuqa yetishmasligiga barham bermay turib, ushbu masalani hal qilib bo‘lmaydi. Yaqin yillargacha chorvachilikning rivojlanishi o‘zlashtirilmagan yaylovlarni o‘zlashtirish hisobiga bo‘lgan bo‘lsa, endi buning iloji yo‘q. Bir qator olimlarning fikricha (Noviskiy, 2017; Raximov va boshqalar, 2011), mazkur yaylovlarda o‘simliklar qoplamini boyitish, yangilash, ularni kengaytirish evaziga chorvachilikni rivojlantirish hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston florasi yangi yem-xashak, ozuqabop, manzarali o‘simliklar introduksiyasi tufayli boyitilib, o‘simlik turlarining umumiy soni 4500 tadan oshib ketdi. Mazkur turlardan to‘yimlilik va yeyilish (iste’mol qilinishi) xususiyatiga ega bo‘lgan va chorva mollar tomonidan yeyilishi uchun yaroqli hisoblangan turlarni yetishtirib, yem-xashak muammosini bartaraf etish va ozuqabop ekinlar hosildorligini kamida 6-7 tonna ozuqa birligiga yetkazish ta’minlanishi kerak (Umirzoqov, 2017).
Jahonda 2000-2500 turdan ortiq galofit o‘simliklar mavjud bo‘lib, Markaziy Osiyo tabiiy florasida ularning 700 turdan ortig‘i qayd qilingan (Akjigitova, 1982).
Dunyo florasida galofitlarning 120 oila, 550 turkum, 2000 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, eng ko‘p turdagi galofitlar asosan 10 ta oilaga – Chenopodiaceae (370 tur), Poaceae (137 tur), Asteraceae (69 tur), Plumbaginaceae (57 tur), Aizoaceae (53 tur), Cyperaceae (49 tur), Papilionaceae (46 tur), Tamariceae (46 tur), Areaceae (28 tur), Zygophylluceae (27 tur)taalluqli (Shamsutdinov, 2006).
Cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplami hayotiy formalar va turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Masalan, Mavlyanovning (1973) olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, Qarnabcho‘l florasida 238 tur gulli o‘simliklar qayd etilgan. Bu o‘simlik turlari 138 turkumga mansub bo‘lib, shulardan 216 turi o‘tchil o‘simliklar (90,8%), 12 turi yarim butalar (5,0%) va 10 turi (4,2%) buta o‘simliklardir.
Yaylov ekotizimida bir yilda o‘sadigan o‘simliklar massasidan to‘liq foydalanish mumkin emas, bunda yaylov ekotizimining barqarorligi buziladi (Boboqulov, Ismailov va boshqalar, 2011). O‘rta Osiyo sharoitida yaylovlarda o‘sadigan o‘simliklar fitomassasidan bir yilda 60-70%gacha foydalanish mumkin (Ismailov va boshqalar, 2011).
Sho‘rlangan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash respublikamiz dehqonchiligi uchun dolzarb muammmo bo‘lib, uni ijobiy hal qilishda galofit o‘simliklar muhim o‘rin tutadi. Chunki galofit o‘simliklarning hujayralaridagi osmotik bosimning (50-80 atm) yuqoriligi sho‘r suvda erigan mineral moddalarni o‘zlashtirib olish imkonini beradi (Ubaydullaev, 2006).
Yaylov chorvachiligi rivojlangan mamlakatlarda – Xitoy, Mo‘g‘iliston, Avstarliya, AQSh, Jazoir, Misr, Tunis, Kichik va O‘rta Osiyo, Qozog‘iston mamlakatlarida sassiq sho‘ra-Salsola soryosma, ilmoq sho‘ra -Bassia hyssopoides, itsegek-Anabasis brevifolia, izen-Kochia prostrata, chumchuq sho‘ra-Salsola passeriana, Avstraliyada tarqalgan buta shaklidagi ko‘p yillik olabuta turlarining ozuqaviy ahamiyatlari juda katta (Shegay, 1973; Shoaib Ismail, 2006).
Yuqorida keltirilgan ilmiy manbalar tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, sho‘rlangan yaylovlar holatini yaxshilash borasida ularning botanik tarkibini boyitish, istiqbolli cho‘l ozuqabop turlardan foydalanish, boshqa ekologik muhitlardan farq qiluvchi fitomeliorant o‘simlik turlarini tanlash va tegishli samara beruvchi tadbirlar tizimini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
MATERIALLAR VA USLUBLAR
Tadqiqotlar qorako‘lchilikning yirik va istiqbolli regioni Qizilqumda cho‘lida bajarilgan bo‘lib, tadqiqotlarnibajarishda ekologo-biologik, ekologo-fiziologik agrotexnik uslublardan foydalanilgan.
Galofitlar genofondini barpo etish va baholashda ekspeditsiyalar tashkil etish va to‘plangan urug‘ namunalarini ekin sharoitida sinash vositasida amalga oshirilib, introduksion ko‘chatzorlarning sathi 10-30m², qaytarmasi- uch karra. Dala tajribalari asosan kuz-qish oylari bajarildi.
Tadqiqotlarda galofit namunalarinibiometrik o‘lchovlar, ozuqa zahiralari to‘plash jarayoni va boshqa turkumdagi masalalar o‘simlikshunoslik, botanika, o‘simliklar introduksiyasi, dehqonchilikda umumqabul qilingan «Metodika provedeniya polevыx i vegetatsionnыx opыtov s kormovыmi kulturami», «Metodika opыtov na senokosax i pastbiщax», «Metodika polevogo opыta»,«Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» dan foydalanilgan.Olingan ma’lumotlarning aniqliligi va ishonchliligi B.A.Dospexovning ko‘p omilli “dispercion tahlil” uslubi yordamida matematik-statistik tahlil qilindi.
NATIJALAR VA MUNOZARA
Qurg‘oqchil (cho‘l, adir) mintaqalar uchun ozuqabop ekinlar, shu jumladan, ozuqabop galofitlarni parvarishlash agrotexnologiyasini ishlab chiqish jarayonida ularning muayyan muhitga mos o‘simlik zichligini aniqlash muhimdir.Shu maqsadda tadqiqotlarda galofitlarni ekish me’yorlari o‘rganildi.
Urug‘ sarfi me’yorini aniqlashda galofit ekin turlari bo‘yicha 100% xo‘jalik yaroqliligiga ega urug‘lardan gektariga 1 kg dan 15 kg gacha ekilib, o‘simliklar hosildorligini hisobga olgan holda xulosa qilinadi.
Tajribalarda quyrovuq 1, 4, 7, 10, 13 kg/ga, cho‘g‘on 3, 6, 9, 12, 15 kg\ga me’yorlarda ekib o‘rganildi. Ushbu ekinzorlarning yashovchanligi va fitomassa to‘plash ko‘rsatkichlarini o‘rganish qo‘yidagi natijalarni berdi. Urug‘ sarfi me’yorining oshishi, olingan nihollar zichligini oshirishga olib keldi. Biroq, o‘simliklar tup qalinligining oshishi ularning yashovchanlik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Quyrovuq urug‘lari turli me’yorlarda ekilganda o‘simliklar tup qalinligi tajribaning birinchi yili bahorda variantlar bo‘yicha ekish me’yorlariga mos ravishda 1,78-22,43 ming tup/ga ni tashkil etishi, ekish me’yorining ortib borishi bilan tup sonining oshishi qayd etildi.
Kuzda o‘tkazilgan biometrik tahlillarda, quyrovuq urug‘lari qanchalik ko‘p ekilsa (10 va 13 kg/ga) o‘simliklar tup qalinligi bahordagidan 57,2-58,6% kamayganligi aniqlandi. Tajribaning keyingi yillarda o‘simliklarning yashovchanligi yanada pasayib, mazkur variantlarda 36-38%ni tashkil etdi.
Quyrovuq o‘simliklarining bo‘yi tajribaning birinchi yilida eng baland bo‘lib, keyingi yillarda biroz pastligi, o‘z navbatida urug‘ ekish me’yorining ortib borishi bilan o‘simliklar nisbatan past bo‘yli bo‘lganligi aniqlandi. Ehtimol bu oziqlanish maydonining qisqarishi, oziq moddalarning qisman bo‘lsada yetishmaganligi bilan izohlanadi.
Pichan hosildorligi tajribaning birinchi yili variantlar bo‘yicha 12,3-28,7 s/ga ni tashkil etib, urug‘larning maydon birligiga sarflangan me’yori kam bo‘lishi ham, ko‘p bo‘lishi ham hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
Galofit o‘simliklar hosildorligi va urug‘ mahsuldorligiga ekish me’yorlarining ta’siri
Ekish me’yori, kg/ga |
Yashil massa hosili (havoda quritilgan), s/ga |
Urug‘ hosili, kg/ga |
birinchi yil |
ikkinchi yil |
uchinchi yil |
Quyrovuq |
1 |
18,6±2,2 |
16,4±1,6 |
10,2±1,6 |
103,7±4,2 |
4 |
23,1±1,3 |
19,5±1,8 |
16,4±1,5 |
96,3±4,7 |
7 |
28,7±1,0 |
25,3±1,8 |
23,6±0,9 |
87,6±10,3 |
10 |
20,2±1,0 |
19,8±1,6 |
17,5±0,7 |
73,4±7,6 |
13 |
12,3±1,1 |
9,6±1,0 |
6,6±1,2 |
71,7±2,1 |
EKIF05 |
2,11 |
2,44 |
1,96 |
|
Sx% |
3,33 |
4,37 |
4,28 |
|
Cho‘g‘on |
3 |
22,7±2,2 |
26,3±1,7 |
25,3±1,9 |
108,0±7,2 |
6 |
29,8±1,8 |
30,2±2,2 |
30,6±1,8 |
96,5±6,7 |
9 |
30,3±1,9 |
32,2±1,8 |
31,7±1,7 |
88,3±5,8 |
12 |
15,3±1,9 |
17,6±0,7 |
16,7±2,1 |
83,6±4,4 |
15 |
11,4±0,8 |
13,7±1,6 |
14,6±1,4 |
78,8±5,2 |
EKIF05 |
2,12 |
2,60 |
2,16 |
|
Sx% |
3,14 |
3,52 |
2,94 |
|
Bu holat barcha galofit o‘simlik turlariga taalluqli. Gektariga 1 kg/ga urug‘ sarflangan variantda o‘simliklar bo‘yi tajribaning birinchi yilida 59,8 sm bo‘lgan bo‘lsa, gektariga 13 kg urug‘ sarflangan variantda 50,3 sm ni tashkil etdi. Urug‘ ekish me’yori va o‘simlik bo‘yi o‘rtasida teskari korrelyatsiya (y=a-bx) mavjudligi va korrelyatsiya koeffitsienti r=-0,99 ga tengligi aniqlandi.
Tajriba yillarida eng yuqori pichan hosili gektariga 7 kg/ga urug‘ sarflagan variantda kuzatilib, uch yilda 23,6-28,7 s/ga oralig‘ida o‘zgarib turdi. Ekish me’yori va hosildorlik o‘rtasida egri chiziqli bog‘liqlik (y=a+bx-sx
2) mavjudligi, ya’ni ekish me’yorining ma’lum chegarasigacha hosildorlikning ortishi va me’yorning keyingi ortishida hosildorlikning pasayish qonuniyati sodir bo‘lishi aniqlandi va uning korrelyatsiya koeffitsienti r=-0,95 ga tengligi aniqlandi. Urug‘ mahsuldorligi variantlar bo‘yicha 71,7-103,7 kg/ga ni tashkil etib, ekish me’yorining ortishi bilan urug‘ mahsuldorligining kamayishi qayd etildi(1-rasm).
1-diagramma. Ekish me’yorlari va o‘simlik bo‘yi va hosildorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik (Kuyrovuq)
Cho‘g‘on o‘simligining tup qalinligi ham ekish me’yorlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib, variantlar bo‘yicha 17,39-86,96 ming tup/ga ni tashkil etdi. O‘simliklarning yashovchanligi ekish me’yori kam bo‘lgan (3 kg/ga) variantda keyingi yillarda 30-33% ortishi sodir bo‘lsa, boshqa variantlarda yashovchanlik 30-40%ga kamayganligi hisobga olindi.
Cho‘g‘on o‘simliklari bo‘yi tajribaning birinchi yilida variantlar bo‘yicha 48,2-71,5 sm, ikkinchi yilda 52,6-72,4 sm va uchinchi yilda 60,3-84,7 sm ni tashkil etib, ekish me’yorining ortib borishida o‘simliklar bo‘yi biroz pasayishi kuzatildi. Ekish me’yori va o‘simlik bo‘yi o‘rtasida yo‘nalishiga ko‘ra teskari, ifodalanishiga ko‘ra to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik (y=a-bx; r=-0,99) mavjudligi aniqlandi.
Pichan hosildorligi tajriba variantlarida 11,4-30,3 s/ga, ikkinchi yilda 13,7-32,2 va uchinchi yilda 14,6-31,7 s/ga ni tashkil etib, urug‘lar gektariga 9 kg/ga me’yorda ekilgan variantda hosildorlik boshqa me’yorlardagiga qaraganda yuqori bo‘ldi. Ekish me’yori va hosildorlik o‘rtasida egri chiziqli bog‘liqlik (y=a+bx-sx
2; r=0,91) mavjudligi o‘tkazilgan statistik tahlillarda aniqlandi.
Urug‘ mahsuldorligi tajriba variantlarida 78,8-108,0 kg/ga ni tashkil etdi. Ekish me’yorlari va urug‘ mahsuldorligi o‘rtasida teskari, to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik (y=a-bx) mavjudligi va bu bog‘liqlik kuchi r=0,98 ga tengligi aniqlandi.
XULOSA
Qizilqum cho‘li sharoitida yaylovlardan yil davomida foydalanishda cho‘g‘on, quyrovuq singari galofitlardan keng foydalanishdaozuqabop galofit o‘simliklar mahsuldorligi va yaylov hosildorligini oshirishda galofit o‘simliklar urug‘larini quyrovuqni 7 kg/ga, cho‘g‘onni 9 kg/ga me’yorlarda ekish tavsiya etiladi.
Eng yuqori pichan hosili quyrovuqda (23-28 s/ga) gektariga 7 kg urug‘ ekilgan va cho‘g‘onda (30-32 s\ga)gektariga 9 kg urug‘ ekilgan variantlardan olinib, ekish me’yori va pichan hosili o‘rtasida giperbola ko‘rinishidagi bog‘liqlik (y=a+bx-cx
2; r>0,7) kuzatiladi, ya’ni ekish me’yorining ma’lum chegarasigacha hosildorlik oshadi, keyingi ortishida esa kamayadi.
Ekish me’yorining ortishida urug‘ hosildorligi kamayishi kuzatilib (y=a-bx; r<-0,7), ekish me’yori quyrovuqda 1kg dan 13 kg gacha ortishi bilan urug‘ hosili gektariga 32 kg gacha; cho‘g‘onda 3 kg dan 15 kg gacha ortishi bilan urug‘ hosili gektariga 30 kg gacha kamayib borishi kuzatildi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
- Akjigitova N.I. Galofitnaya rastitelnost Sredney Azii i yeyo indikatsionnыe svoystva. –Tashkent, “Fan”, 1982.C.
- Boboqulov N.A., Ismailov M.Sh., Popova V.V. Aripov U.X. va boshq. Qorako‘l qo‘ylarni oziqlantirishning samarali, resurslarni tejovchi texnologiyasi. –Samarqand, 2011. B
- Ismailov M.Sh., Boboqulov N.A., Abduraxmonov A.K. Uroven kormleniya molodnyaka karakulski oves. //Respublika chorvachiligini rivojlantirish va sohada ozuqa bazasini mustahkamlashning ustuvor vazifalari. Ilmiy-amaliy konferensiya. –Toshkent, 2011. –B. 49-52
- Mavlyanov S.M. Ekologo-fitotsenologicheskaya xarakteristika efemeroidnogo-polыnnikaKarnabchulya v svyazi s proizvodstvennostyu pastbiщ / diss. kand biol. nauk. -Samarkand, 1973. –S. 27.
- Noviskiy Z. Sozdanie pastbiщnыx agrofitotsenozov na osushennom dne Aralskogo morya //J. Agro ilm – O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 2017. –№ 1(45). –S. 37-38
- Raximov T.B., Boboqulov N.A., Popova V.V. Pastbiщnoe kormlenie i podkormka pri raznom fiziologicheskom sostoyanii karakulskix oves //Respublika chorvachiligini rivojlantirish va sohada ozuqa bazasini mustahkamlashning ustuvor vazifalari. Ilmiy-amaliy konferensiya. –Toshkent, 2011. –B. 72-75.
- Ubaydullaev Sh.R. Sho‘rlangan yerlarni biomelioratsiyalashda galofit o‘simliklarning o‘rni //O‘zbekiston janubida fermerlikni rivojlantirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ma’ruzalar to‘plami. –Qarshi, 2006. –B. 13-14.
- Umirzoqov A.U. Yangi yem-xashak ekinlari yetishtirishning ilmiy asoslari /Monografiya. –Samarqand, 2017. 232.
- Shamsutdinov N.Z. Geneticheskie resursы i problemы seleksii kormovыx galofitov // Aridnыe ekosistemы. 2006. – 12, -№ 30-31. – S. 103-112
- Shegay V.Yu. Biologiya plodonosheniya i nekotorыe voprosы semenovodstva chogona (Aelleniasubaphulla (C.A.Mey.) Aellen) v aridnыx usloviyax Uzbekistana / dis… kand. s-x. nauk. -Ashxabad, 1973. S. 24
- Shoaib Ismail, Xalil-ur-Raxman, Gazi Abu Ramman. Rekomendatsii po vыraщivaniyu soleustoychivыx kormovыx kultur: proizrastanie, razvitie i dannыe po urojaynosti. IKBA (Mejdunarodnыy sentr po biologicheskomu Zemledeliyu). -Tashkent, 2006. S. 4.
MUALLIFLAR HAQIDA MA’LUMOT:
- Ortiqova Lola Soatovna, qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori, dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti, biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov ko‘chasi 4uy),lolaortiqova31@mail.ruORCID ID 0000-0002-2141-1947
- Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, (O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2), negmatova1973@inbox.ru, ORCID ID 0000-0002-6104-7924.
- Almamatov Jasur Mirza o‘g‘li, o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti, biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov ko‘chasi 4uy), almamatov_093@mail.ru ORCID ID 0000-0002-6789-4083
- Eshonqulova Iroda, Jizzax davlat pedagogika instituti, magistr (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov ko‘chasi 4uy), iroda_biolog@mail.ru