Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Tarix fakulteti professor – o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Ochiq muloqot” bo`lib o`tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 6 fevraldagi № 87-02-202 sonli tapshiriq xatida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 5 – bandida Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’lim ta’lim muassasalari tomonidan samarali amalga oshirishini ta’minlash maqsadida professor o‘qituvchilar, talaba – o‘quvchilar  ishtirokida Tarix fakultetida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotni institut rektori prof.A.J.Xolbekov quyidagi so‘zlar bilan ochib berdi: Xurmatli ochiq muloqot tadbiri ishtirokchilari, hozirgi kunda dunyoda 900 mingta oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shulardan 1000 tasi ko‘zga ko‘ringan va nufuzli OTMlar hisoblanadi. Stenford, Oksford, Kembrij universitetlari dunyo reytingida hamon yuqori o‘rindan tushmay kelayotir. Rossiya Federatsiyasining MGU oliygohi 9 chi o‘rinda. Mazkur oliygohlarning nufuzi Nobel mukofati bilan o‘lchanadi, ya’ni, aytmoqchimanki, har yili  oliygohda ta’lim olayotgan, faoliyat yuritayotganlar ichida Nobel mukofotlari sovrindorlari chiqishi lozim va shart. Bizdagi muammolarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ayb o‘zimizda. Barcha kamchiliklarni o‘zimizdan qidirishimiz lozim va bundan institutda o‘qiyotgan talabalarimiz ham mustasno emas. Kamchiliklar bilan bir qatorda yutuqlarimiz ham yo‘q emas. Yaqin vaqt ichida Boshqirdiston Tula Universiteti, Davlat Universiteti va Belorussiyaning Baranovichi Oliygohi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqmoqdamiz. Institutimizda Tarix fakultetida Arxeologiya kafedrasini ochish ko‘zda tutilgan. Bu esa fakultet prof-o‘qituvchilarinin o‘z ustilarida yana ham ko‘proq ishlashlari, izlanishlar olib borishlari va ilmiy ishlarini imkon qadar tezlatishlarini talab etadi. Umuman olganda men ushbu fakultetning barcha prof-o‘qituvchilariga o‘z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli ximoya qilishlariga tilakdoshman, ularga muvaffaqiyatlar va kuch-quvvat tilayman, – deb institut rektori o‘z so‘zini yakunladi  va barcha muloqot ishtirokchilarini savol javob ko‘rinishida muloqotni olib borish taklifini bildirdi. G‘.Qodirov (institut ilmiy ishlar prorekrtori)  Institutimizda 48 parametr bo‘yicha kafedralar reytingi ishlab chiqilgan. Ushbu reytingga muvofiq Tarix fakultetining “Tarix o‘qitish metodikasi”kafedrasi 5 o‘rinda, “Ijtimoiy fanlar”kafedrasi 12 o‘rinda va “MG‘, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 18 o‘rinni egallab  turibdi.  Bundan ko‘rinib turibdiki, tarix fakulteti institut miqyosida reytingi qoniqarli darajani tashkil etmoqda. F.Jo‘raqulov (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) Tarix fakultetida o‘quv ishlari jarayonini tashkil etishda kamchiliklar mavjud. Fakultetda sifat komissiyasi yaxshi ishlamaydi. O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ilmiy darajaga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, “MG‘, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida bir talay kamchiliklar kuzatildi va aniqlandi. Dars taqsimoti to‘g‘ri taqsimlanmagan, chalkashliklar mavjud. Ochiq darslar grafigi tuzilmagan va kafedrada o‘tilmagan, chunki bayonnomalar mavjud emas. Bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafedra mudirlariga bir qancha qo‘shimcha topshiriqlar berilgan. Ushbu yig‘ilishda fakultetning 1-bosqich magistrantlari, guruh sardorlari va iqtidorli talabalar ham ishtirok etdilar. J.Sangirov (Tarix fakulteti iqtidorli talabasi “Navoiy” stipendiyasi soxibi) Xurmatli ustozlar bizning bilim olishimiz uchun fakultetda yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Prof-o‘qituvchilar o‘z vaqtida darslarga kiradi, bizni qiziqtirayotgan savollarga to‘liq javob olamiz. Hech qanday muammolar yo‘q. Men ushbu yig‘ilishda ishtirok etayotgan ekanman shu fursatdan foydalanib o‘zimning taklif va mulohazalarimni aytmoqchiman. Iqtidorli talabalarning institutda Axborotnomasini chiqarish lozim deb hisoblayman. Darslarda ixtisoslik fanlariga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan tashqari iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kutubxonani kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirish taklifini kiritmoqchiman. R.Eshnazarova (Institut ARM boshlig‘i). Hozirda kutubxonamizda hamma yo‘nalishlar bo‘yicha adabiyotlar yetarli. Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki Tarix fakulteti prof-o‘qituvchilari va talabalari kutubxonadan boshqa fakultetlarga nisbatan ko‘proq foydalanishadi. Shundan ko‘rinib turibdiki fakultetda iqtidorli talabalar va talabchan, bilimli prof-o‘qituvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Savol javob muzokoralardan so‘ng,  institut rektori A.J.Xolbekov Tarix fakulteti institutning nufuzli fakultetlardan biri ekanligini alohida aytib o‘tdi. Fakultetda ilmiy ishlari ustida izlanishlar olib borayotgan o‘qituvchilarga shart-sharoitlar yaratib berilishi, to‘garak rahbarlari iqtidorli talabalar bilan ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish, ya’ni ularning oylik maoshlariga qo‘shimcha foizlar to‘lab berish, ularni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, malakalarini oshirib kelishlari uchun sharoitlar yaratib berish kerakligi to‘g‘risida ko‘pgina fikr-mulohazalar bildirdi.