Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda   ilmiy izlanishlar  haqidagi bilimlar uzluksizligi

Xasanova Iroda  Alimjonovna JDPU Umumiy psixologiya kafedrasi  oqituvchisi Bozorboyev Oxunjon Adil o’g’li    Pedagogika va psixologiya  fakul’teti 2-bosqich talabasi Аннотация: Ushbu maqola bugungi kun dolzarb muammolaridan bo‘lib Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda   ilmiy izlanishlar  haqidagi bilimlar uzluksizligi muammolari o‘rganilgan.         Kalit so’zlar: kasbiy ,izlanish, ijodiy faoliyat  .,referat,  (konsepsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent,  , metod, mezon, texnologiya, model, algoritm, tamoyil, Ma’lumki, ta’lim-tarbiyaga bо‘lgan zamonaviy talablar hamda ularning sifatini oshirish muammosiga yangicha yondashuv,  uni muntazam ravishda takomillashtirishning innovatsion uslublarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga keng joriy etishlardan iborat.  Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ta’lim tо‘g‘risida» gi Qonun (29.08.1997 y), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (29.08.1997 y) va jahon ta’limi andozalari talablariga mos keluvchi «Davlat ta’lim standartlari»da davr bilan hamnafas, ya’ni «Intellektual asr» ning faol ishtirokchilarini tayyorlash kо‘zda tutilgan. Ayniqsa, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni yaratishga yо‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlar salmog‘ini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu sababli ham yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda        zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, о‘quv-tarbiyaviy ishlarning interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda о‘zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va kо‘nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga loyiq qilib tayyorlash bugunning dolzarb muammosidir. Bu esa kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichi vazifasini hal qilinishining bir varianti hamdir. Ushbu variant о‘z navbatida qator vazifalarni hal qilishni taqozo etadi. Ular: – talaba yoshlarni  zamonaviy talablar asosida intellektual salohiyatli qilib tarbiyalshga erishish, ya’ni ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yо‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; – talaba yoshlarni   kasbiy faoliyatga tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilgan pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta’lim metodlaridan foydalanishga о‘rgatish va shu kabilar. Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijodiy izlanish xususiyatiga qarab turli shakllarda bо‘lishi mumkin, ya’ni referat,  (konsepsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki usul, uslubiyat, metod, mezon, texnologiya, model, algoritm, tamoyil, modul va h.k. Demak, ijodiy izlanish, ilm-fan, texnika-texnologiya, ta’lim-tarbiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga kо‘taradi. Bu talabalarni kо‘proq ilmiy ijodga jalb etish orqali pirovard natijada ilmiy dunyoqarashi yuksak mutaxassis tayyorlashga erishish demakdir. Endi asosiy masalalardan biri, bunday ilmiy izlanish asoslarini oliy ta’lim muassasasining qaysi fanlari о‘rganishda va kurslarida talabalar ongiga qanday singdirish muammosi turibdi. Bu sohada olib borilgan kо‘p yillik izlanishlarimiz natijalarining kо‘rsatishicha, ushbu jarayonni dastlabki kursdanoq boshlab yuborish maqsadga muvofiq ekan. Buning uchun har bir kursga mos bо‘lgan mazkur yо‘nalishdagi savolnomalar tuziladi va ularga tegishli javoblar olinadi. Olingan natijalar asosida talabalarga quyidagicha topshiriqlar beriladi: 1. Talabalar umumiy saviyasini baholashga savolnomalar (15 ta savol) bо‘yicha ular 4 qismga bо‘lingan bо‘lib, ularning birinchisi umumiy ma’lumotlar (F.I.O.) tug‘ilgan yili va joyi, о‘rta umumta’lim maktabini yoki о‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasasini bitirganligi haqidagi ma’lumot; 2. Talabaning umumiy qiziqishi (egallamoqchi bо‘lgan kasbi) bо‘yicha; 3.Zamonaviy ilm-fan yutuqlari (ta’limni axborotlashtirish) bо‘yicha; 4. Ilmiy dunyoqarashni kengaytirishvositalaridanfoydalanaolishqobiliyatlariva shu kabilar. Topshiriqlar natijalarining kо‘rsatishicha, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda о‘quv rejasidagiq uyidagi fanlar bloklariga alohida e’tibor qaratilishi lozim ekan:- matematik vatabiiy-ilmiyfanlar;- umumkasbiy fanlar;- maxsus fanlar bloki;- qо‘shimcha fanlar bloki. Bu fanlarni talabalar I-Ivkurslarda о‘rganadilar va bularda olgan bilim va tushunchalardan amaliyotda (amaliy mashg‘ulotlarda va pedagogik amaliyotlarda) hamfoydalanishga erishadilar. Demak, yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda         uzluksiz ta’lim tizimi tо‘g‘risidagi ayniqsa oliy ta’lim tizimida ilm-fan va ta’lim taraqqiyotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila va shaxs kamoliga erishishda, jamoa manfaatlarini yuksaklikka kо‘tarishda, jamiyat taraqqiyoti saviyasini tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy qudratini yuksaltirishdagi dalil-isbotlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekan. Bunda о‘rganilayotgan fan mazmuniga qarab kundalik turmushimizda ishlatilayotgan gugurt, igna, radio, aviatsiya, televizor, kino, telefon, yozuv, qog‘oz, kitob, soat, avtomat, elektron hisoblash mashinalari, avtomobil, atom va transport vositalari va hokazolarning yaratilishi hamda ularning amaliyotdagi ahamiyati, ularning о‘zi ham vaqtida kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari bilan mos ravishda aqliy-ijodiy faoliyati mahsuli ekanligini talabalar ongiga singdirib borilsa, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish imkoni tug‘iladi. Talaba yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda    va ularning    ilmiy dunyoqarashini kengaytirishni ta’lim-tarbiya jarayonining turli jabhalarida amalga oshirish uchun har bir fan shakl-lanishidagi ilmiy asarlarni qayd qilib о‘tish va  yoshlarni ilmiy izlanish jarayoniga e’tiborini qaratish yetarli. Bularni talabalarga mustaqil top-shiriq berish orqali birinchi kursdanoq boshlab yuborgan ma’qul va ushbu jarayonning uzluksiz ketma-ketligini quyidagicha amalga oshirgan ma’qul: – talaba yoshlarga   о‘rganiladigan tushuncha yuzasidan ma’lumotlarni tо‘plashni va ularni axborot kо‘rinishiga aylantirishni о‘rgatish. Bunda kutubxonadagi kartoteka va ular asosidagi adabiyotlar rо‘yxatini tuzish; – о‘rganilishi kerak bо‘lgan adabiyotlarning annotatsiyasi yoki referati haqida ma’lumot berish. Buni fan о‘qituvchilari о‘z fanining dastlabki bosqichida ya’ni fanning maqsadi va vazifalari hamda predmetlarni bayon qilish paytida amalga oshirsa bо‘ladi yoki bu jarayon ilmiy ijodiyot tо‘garaklarning bevosita vazifasi hamdir; – talaba yoshlarga aniq mavzu bо‘yicha referat yozishni topshirish orqali ham amalga oshiriladi va shu tariqa oliy о‘quv yurtlaridagi о‘qitishni tugatgunga qadar joriy topshiriqlar berib borilaveradi. Bu boradagi ushbu ilmiy izlanishimizning samaralarini «Ilmiy ijodiyotga kirish» mavzusidagi fanni о‘rganishda yaqqol seziladi. Ushbu fan yoshlarni kasbiy faoliyatga           tayyorlash о‘quv rejasining “tanlov fanlar” blokida kiritilgan bо‘lib, unda о‘zlashtirilgan bilimlar о‘quv rejasidagi boshqa (keyingi) fanlar bloklaridagi fanlarni yuqori saviyada о‘zlashtirishga ham mustahkam asos bо‘ldi va ayniqsa, tо‘rt yil davomida beriladigan ijodiy topshiriqlar (mustaqil ta’limga oid ma’lumotlarni izlashda, annotatsiya va referat yozishda, tezis va ma’ruza tayyorlashda, burch va malakaviy bitiruv ishlari ustida ishlashda)ni bajarishda ham mustahkam intellektual asos bо‘ldi. Adabiyotlar rо‘yhati 1.Tо‘raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – Toshkent: Fan, 2006. – 252 b. 2.Kamolova SH. О‘quv bilish faoliyatining tasnifi haqida  // “Fan, ta’lim va amaliyot” majmuasining dolzarb muammolari: ilmiy maqolalar tо‘plami. – Jizzax: JDPI, 2006. – № 1. – B. 83 – 88. 3.Akmalov A. Dunyoviylik daxriylik emas  //  Ma’rifat. – Toshkent: 2004 (27.03.04). – B. 7. 4.Kamolova, SH. О‘., &  Munarova, R. О‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti. Issledovatel nauchniy jurnal.–Qozo g’iston, 5(49), 100-105. 5.Kamolova, S., & Amanxonova, Y. (2022). О‘quvchilar tafakkur jarayonlarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(6). 6.Kamolova, S., & Maxmudova, A. (2023). Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik kadrlarni tayyorlashning psixologik jihatlari. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(1). 7.Yaxshiyeva, M. SH., Kamolova, SH., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., & Urazoliyev, X. A. (2015). Formirovaniye nauchnogo mirovozzreniya studentov. In Aktualniye zadachi pedagogiki (pp. 184-186).