Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

SUITSIDENTLAR SHAXSINI O‘RGANISH USULLARI

 Qarshiboeva Gulnoza Abduqodirovna,  Jizzax davlat pedagogika universiteti  dotsenti, psixol.f.f.d. gulinoza.ru@bk.ru tel.: 91-590 5775 УДК:152.26:157.2  Annotatsiya Maqolada o‘smirlar bilan amalga oshiriladigan psixoprofilaktik chora-tadbirlar haqida so‘z yuritilib, suitsid muammosida ko‘proq psixologik omillar – insonlarning shaxsiy xususiyatlari, qadriyatlari, ularning dunyoqarashi, e’tiqodi, ular uchun hayotning mazmuni, o‘z-o‘zini baholash xususiyatlarini shakllantirish zarur bo‘lib, o‘smirlardagi suitsid muammosining bartaraf etilishi psixologik xizmat sifatini oshirish hamda takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: o‘smir, profilaktik chora-tadbirlar, suitsid muammosi,   psixologik omillar, shaxsiy xususiyatlar, qadriyatlar, e’tiqod, hayot mazmuni, o‘z-o‘zini baholash, psixologik xizmat, sifat, ilmiy tadqiqot.   МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ ЛИЧНОСТИ СУИТСИДОВ Аннотация  В статье говорится о психопрофилактических мероприятиях, проводимых с подростками, о необходимости формирования в проблеме суицида дополнителных психологических факторов – личностных характеристик людей, ценностей, их мировоззрения, веры, смысла жизни для них, особенностей самооценки, устранит проблему суицида среди подростков, направленную на повышение качества психологической службы и углубление научных исследований. Ключевые слова: подросток, профилактика, проблема суицида, психологические факторы, личностные характеристики, ценности, убеждения, смысл жизни, самооценка, психологическая служба, качество, научное исследование.   METHODS FOR STUDYING THE PERSONALITY OF SUICIDES Annotation The article talks about psycho-prophylactic measures taken with teenagers, about the need to form additional psychological factors in the problem of suicide – personal characteristics of people, values, their worldview, faith, meaning of life for them, features of self-esteem, to eliminate the problem of suicide among adolescents, aimed at improving the quality of psychological services and deepening scientific research. Keywords: adolescent, prevention, suicide problem, psychological factors, personal characteristics, values, beliefs, meaning of life, self-esteem, psychological service, quality, scientific research.   Kirish. Ijtimoiy, iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlar, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti, undagi ilg‘or yutuqlarning kundalik hayotimizga, odamlar turmush tarziga chuqur kirib borishi, urbanizatsiya – bularning barchasi bugungi kun shaxsida har qachongiga qaraganda ko‘proq ham jismoniy, ham emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqarmoqda. Odamlarning emotsional zo‘riqishlar olishi, uzoq vaqt ruhiy siqilishi, asabiylik holatida bo‘lishi ularning har xil stresslarga beriluvchanligining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda erishayotgan olamshumul yutuqlarimiz bilan bir qatorda, odamlar o‘rtasida asabiy toliqish holatlarining ortishi, o‘z joniga qasd qilish (suitsid) kabi noxush holatlar ham kuzatilmoqda. Bunday holatni turmush sharoitining og‘irligi, ekologik vaziyatlarning buzilishi kabi holatlar natijasi sifatida ham izohlash mumkin. Albatta, bu omillarning ham inson ruhiyatiga, organizmiga o‘ziga xos ta’siri mavjud. Lekin ular muammoning asosi bo‘la olmaydi. Agar turmush tarzining murakkabligi, yashash sharoitining og‘irligi, xizmat mashaqqati yuqorida keltirib o‘tilgan noxushliklarga sabab bo‘lsa, unda, tarixiy manbalarda qayd etilishicha, ikkinchi jahon urushi yillari jang maydonlaridagi, front ortidagi vaziyat bundan ham og‘ir bo‘lgan. Biroq shu singari og‘ir kunlarni boshidan kechirgan fuqarolar o‘z jonlariga qasd qilmaganlar, ularda hozirgidek suitsid holatlari kuzatilmagan. Bu muammolarning asosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tibbiy omillardan ko‘ra, ko‘proq psixologik omillar, ya’ni odamlarning shaxsiy xususiyatlari, qadriyatlari, ularning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo‘lgan munosabati, ular uchun hayotning mazmuni, o‘z-o‘zini baholash, o‘ziga va atrofidagilarga bo‘lgan munosabat xarakteri yotadi. Shuning uchun suitsid kabi noxush hodisalarning sababini, avvalo, shu hodisalarni sodir etayotgan shaxsning o‘zidan, uning ruhiy olamidan qidirish lozim. Ularni oldini olish, bartaraf etish uchun esa shunday holatlarga tushib qolishi mumkin bo‘lgan odamlarning ichki dunyosini, qadriyatlari tizimini, u yashayotgan oiladagi va xizmat qilayotgan jamoadagi psixologik muhitni o‘rganish hamda o‘zgartirish zarur. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Taniqli olim A.Adlerning fikricha, odam bo‘lish, avvalo, o‘zining nomukammalligini his etishdir. Hayot anglanmasligi mumkin bo‘lgan maqsadga intilishdan iborat, biroq u individning barcha harakatlarini yo‘naltiradi va yashash uslubini shakllantiradi. Nomukammallik hissi ilk bolalik davrida paydo bo‘ladi va turli yetishmovchiliklar bilan yomonlashadigan jismoniy va psixologik zaiflikka asoslanadi. Inson uchun boshqa odamlar bilan mushtaraklikni ekzistensial (hayotiy) his etish muhimdir. Ekzistensiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, existre – ajratib turish, paydo bo‘lish, mavjud bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun inson butun hayoti davomida nomukammallikni yengish yoki o‘rnini to‘ldirish harakatida bo‘ladi. Ushbu harakat odam xulq-atvorining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadigan va hayotini mazmunli qiladigan o‘zini ko‘rsatishda, hokimiyatga intilishda amalga oshadi. Biroq bunday izlanish, harakat jiddiy to‘siqlarga duch kelishi va suitsidga «qochish» bilan boshlanadigan inqirozli vaziyatga olib kelishi mumkin. Bu holatda mushtaraklik hissi yo‘qoladi, odam va atrofdagilar o‘rtasida qiyinchilikni ko‘tara olmaslikni oqlovchi «masofa» o‘rnatiladi, emotsiya sohasida «start oldi qattiq hayajon» (talvasa)ni eslatuvchi, affektiv jazava, nafrat va o‘ch bilan yo‘g‘rilgan nimadir paydo bo‘ladi. A.Adlerning ta’kidlashicha, odamga ko‘pincha ongsiz ravishda maqsad sari ichki intilish xos ekan, bunda autoagressiv holatidagi xatti-harakatlar ketma-ketligini bilgan holda uning oldini olish mumkin. Suitsidal xulq-atvor identifikatsiya orqali, ya’ni taqlid qilish tendensiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nusxa olinuvchi suitsid orqali ham ko‘rilishi mumkin. A.G.Ambrumova va O.E.Kalashnikovalarning ma’lumotlariga ko‘ra, suitsidal xulq-atvorga moyil bemorlarni ko‘pchiligi ijtimoiy mavqening juda quyi darajasi va o‘z hayotini anglashning zaifligi bilan o‘zaro farq qiladi. Hayotni anglash qanchalik past bo‘lsa, qiyin vaziyatlarda inson muammolarini bevosita hal etishga shunchalik kam yo‘naladi, sodir etilgan voqea uchun javobgarlikni shunchalik o‘z zimmasiga kamroq oladi, faol harakat va vaziyatni to‘g‘rilashga intilish kam namoyon bo‘ladi. O‘smirlar orasida yashirin yoki oshkora formada suitsidal xulqqa moyilligi borlar mavjud bo‘lib, bu muammo tushunishning yuqori darajasini talab qiladi. Suitsidal xulqqa moyilligi bo‘lgan o‘smirlarga ijtimoiy psixologik yordam berishning tashkiliy tomoni, mazkur muammoni bartaraf qiluvchi belgilar tizimi o‘rtasida aloqani o‘rnatish va voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan mutaxassislar faoliyatini tartibga soluvchi va  faoliyat chegarasini belgilovchi normativ huquqiy hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kunda o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan sharoitda o‘smirlarning psixik va psixologik salomatligini saqlash dolzarbligicha qolmoqda. Aytish joizki, suitsidal xulq-atvorni namoyon bo‘lishi Osiyoning bir qancha davlatlarida ancha past ko‘rsatkichga ega, jumladan Qirg‘izistonda 9,1 kishi tashkil qilsa, bu holat O‘zbekistonda 7,4 kishiga to‘g‘ri kelmoqda. Suitsidal xulq-atvorga moyillikni tadqiq qilishning sotsiologik yo‘nalishi bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilardan biri M.I.Fenomenov o‘z tadqiqotlarida suitsidal urinish sabablarini jamiyatdagi ijtimoiy institutlardan emas, balki, mamlakatda hukm surayotgan ichki nosog‘lom muhit va insoniy munosabatlar nosog‘lomligidan izlash o‘rinlidir, deb E.Dyurkgeym ta’kidlab o‘tdi. Ijtimoiy inqiroz «eski hayot tarzining buzilishidan dalolat berib, yangi hayot tarzining yaratilganligiga imkoniyat tug‘diradi». Bu o‘rin almashish insonlar jamoasiga tegishli bo‘lib, keksalar o‘rniga yangi avlodning kelishini ta’minlaydi. A.T.Bek va D.Lesterlarning fikriga ko‘ra, tushkunlik va umidsizlik kabi holatlar suitsidal omil sifatida belgilanadi, chunki suitsidal reaksiya depressiyaga nisbatan rivojlanish bosqichida ta’sirchan ko‘rsatkichga ega deb hisoblaydilar. Ta’kidlash joizki, suitsidal reaksiyaga depressiya ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu borada A.G.Ambrumova boshqacha fikr bildiradi, ya’ni uning fikriga ko‘ra, depressiv holatlarni suitsidal xulq-atvor negizida atrof-muhitning ta’siri, shaxsning ijtimoiy psixologik tuzilishi va uning patopsixologik belgilarini ham inobatga olish lozim. Tahlil va natijalar (Analysis and results). O‘smirlarning suitsidal xulq atvorini o‘rganishda G.Ayzenkning o‘smirlar uchun mo‘ljallangan «Ruhiy holatga shaxsning o‘z bahosi» so‘rovnomasidan foydalanildi. Mazkur so‘rovnoma o‘smirlardagi suitsidal moyillikni shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxsning xavotirlik darajasi, frustratsiya holati, tajovuzkorlik xislati va keskinlik holatini aniqlashda foydalaniladi. (1- jadval) Xavotirlik shkalasi. Psixologiya fanlari doktori, professor M.B.Davletshin muxarrirligida nashr qilingan «Psixologiya» qisqa izohli lug‘ati risolasida «Xavotirlanish – individning boshdan kechirish jarayoni bo‘lib, u noaniq bir xavf oldidan paydo bo‘ladi» deb ta’rif berilgan. 1- jadval Ruhiy holatga shaxsning o‘z bahosi metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari
T.r. Tumanlar Xavotirlik Frustratsiya Tajovuzkorlik Keskinlik
o‘smir ota-ona o‘smir ota-ona o‘smir ota-ona o‘smir ota-ona
11 Paxtakor tumani 6,0 7,0 7,0 8,3 9,0 7,3 8,0 8,6
22 Sh.Rashidov tumani 5,2 6,9 6,1 5,1 5,6 6,5 6,6 6,8
33 G‘allaorol tumani 6,5 6,4 7,2 6,7 9,0 7,8 7,8 11,3
44 Baxmal tumani 6,3 7,7 6,6 5,5 9,0 7,0 7,8 7,5
55 Jizzax shahri 6,0 7,2 7,0 6,2 7,2 6,0 6,2 7,4
  Xavotirlik shkalasi tadqiqotda ishtirok etgan barcha tumanlardagi maktab o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari o‘rtacha baldan past natijani ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda ta’kidlash lozimki, o‘smirlar o‘z ruhiy holatiga ijobiy baho berishi ulardagi suitsidal xulq-atvorning shakllanmasligidan dalolat beradi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. Frustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bog‘liq. Frustratsiya holatida shaxsning vaziyatni to‘g‘ri baholash qobiliyati o‘ta muhimdir. Shu bois turmush tarzining noqulay ta’sirlariga qarshi kurashish uchun odam fe’l-atvorida barqarorlikni shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi fe’l-atvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini ko‘rsatuvchi o‘tkinchi holat bo‘lib, salbiy hissiyotlarni uyg‘otadi. Frustratsiyaning turlariga tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, g‘amginlik tuyg‘usi, o‘ziga ishonmaslik, kuchsizlik, ma’yuslik va boshqalar kiradi. Frustratsiyaning tajovuzkor holati, ko‘pincha, o‘zini tuta olmaydigan, qo‘pol odamga xos bo‘lsa, depressiya holati o‘ziga ishonmaydigan shaxsga taalluqlidir. Ba’zan og‘ir tabiatli kishilarda ham shu xildagi holatni vujudga keltirish mumkin, lekin bu vaziyat uzoqqa cho‘zilmaydi. Keyingi shkala tajovuzkorlik bo‘lib, tajovuzkorlik – bir odamga va odamlar guruhiga jismonan, ruhan zarar ko‘rsatishga qaratilgan yakka yoki jamoa xulqining xatti-harakati, tajovuzkorlik odamning qahr-g‘azab, dushmanlik, ko‘ra olmaslik kabi emotsional holatlarida namoyon bo‘ladi. O‘smirlardagi suitsidal xulq-atvorni yuzaga chiqishida tajovuzkorlik  ham alohida ahamiyat kasb etishi, o‘smirlarning jinoyat ko‘chasiga kirib ketishi, o‘z joniga yoki o‘zgalar joniga qasd qilishi ko‘plab olimlarning tadqiqot ishlarida bayon qilingan. O‘smirlarda suitsidal xulq-atvorni shakllanishida keskinlik xislati ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud. Keskinlik xislati o‘smirlarda o‘z odatlarini o‘zgartira olmaslik, ma’lum bir sharoitga, muhitga moslashishida qiyinchilikka uchrashi, hayotida bo‘ladigan o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyotkorlik, boshqalar bilan muloqotda ishonchsizlik, ongidagi salbiy fikrlar, xavotirlik, o‘ziga xos o‘jarlik, tushkunlik kabi xususiyatlarda yuzaga chiqadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘smirlardagi keskinlik holati bo‘yicha metodikaning o‘rtacha balidan past natijani ko‘rsatdi. O‘smirlardagi suitsidal xulq-atvorni namoyon bo‘lishida frustratsiya holati ham ma’lum jihatdan o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).  O‘smirlarda suitsidal xulq xavfini yuzaga kelish xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar qilindi: 1.O‘smirlardagi suitsidal xulq xavfini yuzaga chiqaradigan bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, ularga «ota-onani yo‘qotish», «oilani ajralishi», «oiladagi psixologik muhit», «tarbiyaning adolatsiz uslublari, tushkunlik» kabi holatlar o‘smirlarning suitsidal xulqini namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkinligi dalillandi.
  1. O‘smirlardagi suitsidal xulq xavfini shaxslararo munosabatdagi o‘zaro kelishmovchiliklarga bog‘liq bo‘lgan holatlar ham sabab bo‘lishi tadqiqot ishining natijalari asosida aniqlandi, bunda «o‘smirlar jamoasida yakkalanish», «shaxsga urg‘u berish», «nazoratning buzilishi, impulsivlik» kabi omillarning ta’siri ham ahamiyatga ega ekanligi namoyon bo‘ldi.
  2. O‘smirlardagi suitsidal xulq xavfini yuzaga chiqishida «passivlik, jur’atsizlik, tobelik» xususiyatlarining ta’siri aniqlandi, bu xususiyatlar o‘smirlardagi hayotga, atrof muhitga va insonlarga bo‘lgan munosabatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkinligi tadqiqot natijalari asosida dalillandi.
  3. O‘smirlardagi suitsidal xulq xavfi namoyon bo‘lishiga o‘ziga past baho berish, pubertat davrining og‘ir kechish, alkogol va narkotik moddalar iste’mol qilish holatlari ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suitsidal xulq ularda g‘ayritabiiylik, voqea-hodisalarga real baho bera olmaslik, o‘zidan qoniqmaslik holatlari asosida yuzaga chiqishi aniqlandi.
  4. O‘smirlardagi suitsidal xulqning yuzaga chiqishida «xavotirlik, frustratsiya, tajovuzkorlik va keskinlik» kabi holatlarning ham ta’siri tadqiqot natijalarida namoyon bo‘ldi. O‘smirlarning o‘z ruhiy holatiga real baho berishi, qiyinchiliklarni tabiiy qabul qilishlari, o‘zlarini idora qilishlari, har qanday holatlarda o‘zini boshqara olishi, o‘zining ruhiy holatiga ijobiy baho berishi kabi xislatlar suitsidal xulqni namoyon bo‘lishini kamaytirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Адабиётлар рўйхати
  1. Амбрумова А.Г., Бородин С. В., Михлин А. С. Предупреждение самоубийств. — М., 1980. -105 с.
  2. Амбрумова А.Г. Роль личности в проблеме суицида. Тр. Моск. НИИ психиатрии МЗ РСФСР. – М., 1981. -89 с.
  3. Каршибаева Г.А. Характеристики мотивационных потребностей подростков с суицидальным поведением //EurasianUnionScientists.2020. Т. 1. №. 10 (79). С. 48-49.
  4. Каршибаева Г.А., Юлдашева Г. Б. Конфликт как одно из значимых явлений психической жизни человека //Новости образования: исследование в XXI веке. 2022. Т. 1. №. 4. С. 459-464.
  5. Қаршибоева Г.А. Ўсмирларнинг ҳулқ-атворидаги ўзгаришнинг ижтимоий психологик жихатлари//Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. 2022. Т. 2. №. 4.
  6. Қаршибоева Г.А. Ўқувчиларда касбий установкаларнинг шаклланишининг психологик жихатлари //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. 2022.Т. 2. №. 4.
  7. Каршибоева Г.А. Эмоциональныe аспекты при суицидальной поведении подростка //EDITOR COORDINATOR. 2021. С. 304.
  8. Каршибаева Г.А. Факторы и причины суицида //Scientific Impulse. 2022. Т. 1. №. 2. С. 651-656.
  9. Каршибоева Г.А. Психопрофилактические меры по предупреждению суицидного поведения у подростков: Каршибоева Гульноза Абдукодировна, Джизакский государственный педагогический институт-старший преподаватель //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал.2021.№. 2-Махсус сон. С. 298-305.
  10. Каршибоева Г.А. Характеристики мотивационных потребностей подростков с суицидальным поведением//Евразийский Союз Ученых. – 2020. – №. 10-1 (79). – С. 48-49.
  11. Каршибаева Г.А. Аспекты социально психологического исследования суицидального поведения подростков //Мир образования-образование в мире. – 2021. – №. 1. – С. 50-56.
  12. Abduqodirovna G.А., Burxonovich A. S., O’skanov son Abdurashid M. Negative Socio-Psychological Factors Influencing the Personality of a Teenager //International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. 2021. Т. 1. №. 7. С. 54-59.
  13. Karshibayeva G.А. Диагностика суицидального поведения у подростков //Вестник интегративной психологии. 2021. №. 22.С. 84-89.
  14. Каршибаева Г.А. Причины суицида и факторы риска //Психология интегральной индивидуальности в информационном обществе. 2021. С. 90-96.
  15. Karshibayeva G.А. Diagnosis of suicidal behavior in adolescents. International Journal for Innovative Engineering and Management Research. A Peer Revieved Open Access International Jornal.// Vol 10 Issue03,March 2021 501-505 p.
  16. Karshibayeva G.А. The importance of motivation to avoid failure in achieving the success of young football players. PSYCHOLOGY AND EDUCATION (2021) 58(2)
  17. Karshibayeva G.А. Innovations in Applied Sciences | SSN 2792-3983 (online), Published under Volume: 1 Issue: 7 in December-2021
  18. Karshibayeva G.А. Negative Socio-Psychological Factors Influencing the Personality of a Teenager. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences | SSN 2792-3983 (online), Published under Volume: 1 Issue: 7 in December-2021