Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

O’zbek kurashi paydo bo’lishi va qodalari

Azizjon Xoshimovich Komilov JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchisi ANNOTATSIYA Maqolada kurash sporti, uning shakllanish tarixi, o’zbek kurashi paydo bo’lishi va qodalari bayon etilgan. Shuningdek, kurash sportining inson va jamiyat uchun ahamiyati ochibberilgan. Kalit so’zlar: kurash, milliy kurash, Xalqaro kurash assotsiatsiaysi, Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon, O’zbekistonda belbog’li kurash federatsiyasi, Komil Yusupov, kurash qoidalari. ABSTRACT The article describes the sport of wrestling, the history of its formation, the origin and rules of Uzbek wrestling. The importance of wrestling for man and society was also revealed. Keywords: kurash, national kurash, International Kurash Association, Pahlavon Mahmud, Sodiq Polvon, Belt Wrestling Federation of Uzbekistan, Komil Yusupov, rules of kurash. KIRISH Sportga e’tibor yuksalgan jamiyat sog’lom jamiyat tarzida rivojanadi. Sportning barcha turlari borki, ular shaxsning nafaqat jismoniy barkamolligini, qolaversa ma’naviy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Xususan, kurash sporti milliy qadriyatlar himoyasi bo’lib, ozida milliy g’urur, iftixor va yorug’ kelajakka ishonch tuyg’ularini mustahkamlashni ta’minlaydi. Kurashish san’ati ko’p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Bu sport turi belgilangan qoidalar bo’yicha ikki sportchining yakkama-yakka olishuvidir. Kurash qadimda ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, antik olimpiada musobaqalaridan doimiy o’rin olgan. Bugungi kunda milliy kurashning xilma-xil shakllari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Rossiya, O’zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarda mavjud. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida paydo bo’la boshladi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi(hozir unga 144 mamlakat a’zo, Xususan, mamlakatimiz unga 1993-yilda a’zo bo’lgan). Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan.[1] Keyingi yillarda o’zbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalovchi asosiy vositalardan biridir. Mutaxassislar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shug’ullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan o’zbek turmush tarzining uzviy qismi bo’lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo’lyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya hududidan topilgan Bronza davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon kurashi tasvirlangan. Yana bir artefaktda esa polvonlarning Kurash usullari namoyishi aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 mingyil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo’lganini anglatadi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, sak qabilasi qizlari o’zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart qo’yish yo’li bilan aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi bo’lgan. Bunga o’zbek xalq qahramonlik dostoni — «‘‘Alpomish»dagi Barchin shartlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ulardan biri ikki kurashuvchining biri o’z raqibining belbog’idan ushlab o’ziga tortadi, shu bilan birga o’z raqibidan qutulishning chorasini qiladi… [2]». Bu ta’rif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg’ariyning «‘‘Devonu lug’otit turk», Alisher Navoiyning «‘‘Hamsa», «‘‘Holoti Pahlavon Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «‘‘Badoye’ ul-vaqoye'», Husayn Voiz Koshifiyning «‘‘Futuvvatnomai sultoniy», Z.M.Boburning «‘‘Boburnoma» asarida kurash haqida qimmatli ma’lumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalq o’rtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon kabilar dovrug’i butun Sharqqa tanilgan. O’zbek xalq yakka kurashining belbog’li kurash deb nomlangan turi ham bor. Bunga taalluqli ko’plab topilmalar va tarixiy qo’lyozmalar mavjud. 5 ming yil ilgari Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog’li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning «‘‘Tan-shu» qo’lyozmasida Dovon davlati(Farg’ona vodiysi) to’ylar, sayllar kurash musobaqalarisiz o’tmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xo’ja polvon kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan(XIX asr oxiri — XX asr boshi). Chorizm va sho’rolar davrida mafkuraviy harakatlar negizida o’zbek milliy kurashini xalq turmush tarzidan sun’iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. XX asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha kurash turiari bo’yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov o’zbekcha kuгashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: Ku tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 1б m gacha bo’lgan, chetгoq qismi qizil rangli «‘‘xavfli chiziq» bilan belgilangan ko’k-yashil tusli gilamda tik togan holatda bellashadilaг. G’olib ishlatilgan usul’ va maydondagi xatti-haгakatlariga qo’yiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda bo’g’ish, raqibga og’гiq beгuvchi usullaг qo’llashga rnxsat etilmaydi, kuгashuvchilaгning biгi ko’k, ikkinchisi yashil гangli yaktak (ayollaг yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li belbog’ bog’lanadi, e’aklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida bellashadilaT (bolala’ o’mM’, o’pumla’ yoshi ulug’‘‘ va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). MUHOKAMA 1992-yilda O’zbekistonda kuгash fedeгatsiyasi tuzildi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning 2003-yil Toshkentda o’tgan Kongressi har bir uchrashuvning qizg’in bo’lishini ta’minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 daqiqa qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «‘‘chala», «‘‘yonbosh», «‘‘halol» baholaгi, qoidaga zid haгakatlarga esa «‘‘tanbeh», «‘‘dakki», «‘‘g’in-om» jazolari beriladi. Kuгashuvchi «‘‘halol» bahosini olsa (yoki raqibi «‘‘g’in-om» bilan jazolansa) bu uning g’alabasini bildiradi. Ikki bor «‘‘yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki boг «‘‘dakki» deya jazolanishi) ham g’alabani anglatadi. «‘‘Chala» baholari hisobga olib boriladi… Ballar tengligida oxirgi baho olgan kurashchiga g’alaba beriladi, kurashchilaming baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo’ladi, jazolaг soni teng bo’lsa oxiïgi jazo olgan mag’lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo’lsa, g’olib hakamlaming ko’pchilik ovoziga ko’ra e’lon qilinadi[3]. 2001-yilda O’zbekistonda belbog’li kurash federatsiyasi tuzildi[4]. 1998-yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, O’zbekiston, Yaponiya va b.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari bo’lishdi va shu munosabat bilan bu yeráa o’zbekcha kurash bo’yicha yirik xalqaro musobaqa o’tkazildi. Prozidentning «‘‘Xalqaro kuгash assotsiatsiyasini qo’llab-quvvatlash to’g’гisida»gi faimoni o’zbek milliy kurashining yanada rivojlanishini ta’minladi. Shu yili Toshkentda o’zbekcha kuгash bo’yicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar o’rtasida xalqaro musobaqa bo’lib o’tdi. IKA qoshida Xalqaro kurash akademiyasi tashkil etildi. 2000-yil O’zbekistonda kurash oyligi o’tkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi an’anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-yildan Toshkentda Xalqaro kurash instituti faoliyat boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya a’zo bo’lib kirdi. Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tuzildi. Hozirgi paytda o’zbekcha kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug’ullanadi. Kurashning bu turi bo’yicha jahon, qit’a va mamlakatlar chempionatlari hamda O’zbekistonda at-Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan va boshqa ko’plab xalqaro musobaqalar muntazam o’tkaziladi. Osiyo olimpiya kengashi 2003-yilda kurashning bu turini Osiyo o’yinlari dasturiga kiritdi. Kurash bo’yicha o’tkaziladigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (O’zbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar o’g’li (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqa g’olib chiqdilar va sovrindor bo’ldilar. NATIJLALAR O’zbek xalqining an’anaviy sport turlaridan biri bo’lmish kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash o’zbekcha so’z bo’lib, u qator qadimiy sharq adabiy manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy ko’ngilochar sport turi sifatida tilga olingan. Ming yillik tarixga ega afsonaviy Alpomish eposida kurash olis o’tmishda O’zbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi bo’lganligi yoritilgan. Qadimda va o’rta asrlarda yashab ijod etgan qator faylasuf va tarixchilar o’z asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar. Ibn Sino kurash bilan shug’ullanmoq jon va tan sog’ligini ta’minlashning eng yaxshi vositasidir, deya e’tirof etgan. Shunga qaramasdan hali-hanuz kurash aynan qachon va qayerda paydo bo’lganligi xususida aniq ma’lumotlar mavjud emas. O’z navbatida bunday mavhumlik qator olimlar tomonidan kurashni qadimiy sport turlaridan biri sifatida e’tirof etilishi uchun to’siq bo’la olmadi. IX asrda kurash rivoji yangi bosqichga ko’tarildi. O’sha kezlarda zamonaviy O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi an’anaviy bayramlar, to’y-hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan ko’ngil ochish va dam olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash ko’ngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida ma’lumu-mashhur bo’lib, ular haqida afsonalar to’qila boshlandi. XII asrda yashab o’tgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchilarning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. XIV asrda insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan tengi yo’q sarkarda va davlat arbobi Amir Temur o’z askarlarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida kurashdan foydalangan. Ma’lumki, Amir Temur armiyasi zamonasining eng qudratli va yengilmas qo’shini hisoblangan. Vaqt o’tishi bilan kurash zamonaviy O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholining eng sevimli va ardoqli an’analaridan biriga aylandi. Shu ma’noda kurash o’zbeklarning qon-qoniga singib ketgan, deb aytish mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu sport turiga bo’lgan muhabbat otalardan bolalarga meros sifatida o’tib keladi. Bugungi kunga kelib birgina O’zbekistonda kurash bilan muntazam shug’ullanuvchilarning soni ikki milliondan ortgan. Ushbu sport ishqibozlari va havaskorlarning soni esa behisobdir. 1980-yillarning boshida mashhur o’zbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov o’zbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini boshlab yubordi. Bu shaxsning asosiy maqsadi kurashning xalqaro me’yorlarga mos bo’lgan yangicha qoidalarini ishlab chiqishdan iborat bo’ldi. To’qsoninchi yillarning boshlariga kelib bu sharafli vazifani muvaffaqiyatli ado etib o’zbek kurashini xalqaro arenaga olib chiqishni o’z oldiga maqsad qildi. Avvaliga u o’zi ishlab chiqqan kurash qoidalarini jamoatchilik, mutaxassislar va ishqibozlar e’tiboriga havola etdi. Yangi qoidalar o’zbek kurashining eng ardoqli an’analari va maxsus kiyim bosh, musobaqalarni o’tkazish joyi va bellashuvning davom etish muddati kabi xalqaro sport me’yorlarini o’zida mujassam etdi. Sport mutaxassislari Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan kurash qoidalari to’laligicha xalqaro sport talablariga javob berishini e’tirof etdilar. Kurash qoidalarining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular yotgan holda bellashuvni davom ettirilishiga yo’l qo’ymaydi. Sportchilardan birining tizzasi gilamga tegishi bilanoq hakam bellashuvni to’xtatadi va kurashchilar turgan holda musobaqani davom ettirishadi. Bu hol kurashni tez sur’atlarda olib borilishi va muxlislar uchun qiziqarli va maroqli bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kurash qoidalari belbog’dan pastki qismni ushlovchi yoki og’riq qo’zg’atuvchi va bo’g’uvchi uslublarni ishlatishni ta’qiqlaydi. Shu tariqa kurash sportchilarga tan jarohati yetkazilishining oldi olingan eng xavfsiz sport turlaridan biriga aylandi[5]. 1991-yilda O’zbekiston mustaqilligi kurashga yangicha hayot baxsh etdi. Milliy sport turi hisoblanmish kurashni qayta tiklash davlat siyosatining ustuvor yo’alishlaróan bin sifatida belgilandi. Kurashni haqiqiy xalqaro sport turiga aylantirish, keyinchalik esa olimpiada o’yinlari dasturiga kiritish eng asosiy maqsad bo’lib qolmoqda. Kurash faollarining sa’y-harakatlari O’zbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992-yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada o’tkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida o’zbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh bo’ldilar. 2020-yil 4-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ- 4881-son qarori asosida «Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. Unda kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolar va ularni bartaraf qilish vazifalari belgilandi. Shu bilan birga Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g’oyalarini keng targ’ib qilish orqali jahonda O’zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi. REFERNCES
  1. Самадова, Х. С. (2022). СОҒЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИ ИНСОН САЛОМАТЛИГИНИНГ АСОСИДИР. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(9), 198-201.
  2. Mamanazarova, A. (2022). Bolalarni go’daklik davridan suzishga o’rgatish orqali jismoniy rivojlanishini takomillashtirish. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 1(1).
  3. Азиза, М. Б., & Турдибоев, И. (2022). СПОРТ (ФУТБОЛ) ҲУҚУҚИДА ШАРТНОМА МУНОСАБАТЛАРИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН МАЖБУРИЯТЛАР. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 25-30.
  4. Hazratqulov S. F. O. BASKETBOL O’YINI BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING ASOSI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 761-764.
  5. Sardor K. THE ROLE OF A COACH IN THE DEVELOPMENT OF THE PHYSICAL ABILITIES OF PROFESSIONAL BASKETBALL PLAYERS. – 2023.
  6. Furqat o’g’li H. S., Baxtiyor o’g’li I. S. PROFESSIONAL BASKETBOLCHILARNI TAYYORLASHDA IRODAVIY SIFATLARNING AHAMIYATI (O’G’IL BOLLAR MISOLIDA) //INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 36-39.
  7. Hazratqulov S. F. O. BASKETBOL O’YINI BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING ASOSI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 761-764.
  8. Hazratqulov S. F. O. et al. Technical and Tactical Training of Basketball Players and Theoretical Basis of Selection of Young People //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 27-29.
  9. Komilov A. KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI //Science and innovation in the education system. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 156-160.
  10. Komilov A. X. O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 684-687.
  11. Xoshimovich K. A. SAMBO KURASHCHILARDA KUCH SIFATINI TARBIYALASH METODINI TAKMOLLASHTIRISH //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 278-281.
  12. Komilov A. X. Sportchini texnik mahoratini, sport amaliyotining talabiga va ilmiy-texnik ko’rsatgichlariga qarab takomillashtirish yo’llari //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 625-634.
  13. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №.
  14. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  15. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Sultonv B. Замонавий футболда майдон ўйинчарини мусобақага тайёрлашнинг психологик усуллари //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2022. – Т. 1. – №. 1.Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. – С. 848-853.
  16. ABDULAXATOV A. R. et al. Wrestling is the Most Effective Tool for Educating the Younger Generation to Be Physically Healthy and Mentally Mature //JournalNX. – 2021. – Т. 7. – №. 1. – С. 139-141.
  17. Jumadurdiyev B. X. KURASHISH SAN’ATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Current approaches and new research in modern sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 101-105.
  18. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  19. Jumadurdiyev B. X. Bolalar va o’smirlarni sportga qiziqtirishning pedagogik shart sharoitlari va didaktik parametrlarini aniqlashtirish //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 620-624.
  20. Jumadurdiyev B. X. KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH //Экономика и социум. – 2022. – №. 1-1 (92). – С. 61-66.
  21. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №.
  22. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 848-853.
  23. Tilakov A. FORMATION OF PROFESSIONAL-CULTURAL RELATIONSHIPS IN FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS (EXAMPLE OF KURASH) //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 10. – С. 610-614.
  24. Ashurovich T. A. KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI OYINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 286-291.
  25. Tilakov A. A. ZAMONAVIY SPORT-KURASH QOIDALARINI PEDAGOGIK TALQINI //Экономика и социум. – 2021. – №. 12-2 (91). – С. 1046-1049.
  26. Тагаев Х. и др. О ПЕДАГОГИЧЕСКОМ УПРАВЛЕНИИ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СПОРТИВНОЙ ЛИЧНОСТИ //CULTURAL AND HISTORICAL HERITAGE IN THE CONTEXT OF A MODERN OUTLOOK FORMATION. – 2015. – С. 24-26.
  27. Adabiyotlar Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.
  28. Азиза, М. Б., & Турдибоев, И. (2022). СПОРТ (ФУТБОЛ) ҲУҚУҚИДА ШАРТНОМА МУНОСАБАТЛАРИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН МАЖБУРИЯТЛАР. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 25-30.
  29. ADAIYOT Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.