Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Ozarbayjon an’anaviy musiqasiga bir nazar

Muxamedziyanov Kamil Taxirovich +99893 591-71-93
  1. A. Qodiriy nomli
Jizzax Davlat pedagogika universitetining Musiqa madaniyat fakultet o’qituvchisi  Annotatsiya: Maqolaning asosiy vazifalari Ozarbayjon musiqiy madaniyatining dolzarb masalalarini, yoshlarni tarbiyalashdagi zamonaviy tendentsiyalar va musiqiy san’atning, falsafiy va an’anaviy tarkibni aniqlash, she’riy matnni shakllantirish bilan tajriba o’tkazish. Musiqiy kompozitsion, musiqa san’atining tarixi, nazariyalari va amaliyotida yangi ilmiy ma’lumotlarni yoritilgan. Ushbu maqola doirasida Ozarbayjon san’atida ashug janridagi tadqiqotim natijalari yoritilgan. Kalit so’zlar: janr, ashug, tahlil, falsafiy va an’anaviy tarkib, dramaturgiya, tajriba, sharqona kuy, ijodiy fikrlash, yoshlar, shakl.  Аннотация: Основными задачами статьи, является определение актуальных вопросов музыкальной культуры Азербайджана, изучение современных тенденций и роли музыкального искусства в воспитании молодёжи, тяготение к философско-традиционному содержанию, экспериментирование с поэтико-текстовой основой сочинения. Поиск новых средств музыкальной выразительности и композиционных решений, обмен научной информацией в области композиции, музыковедении, искусства ашуги, а также истории, теории и практики музыкального искусства. В рамках данной статьи осуществлена попытка исследования музыкалных жанров в музыкальном творчестве Азербайджана. Ключевые слова: Жанр, ашуги, анализ, философско-традиционное содержание, драматургия, экспериментирование, восточная мелодия, творческое мышление, молодёжь, формирование. Annotation:  The main objectives of the article are to identify topical issues of musical culture of Azerbaijan, study modern trends and the role of musical art in the education of young people, gravitation to philosophical and traditional content, experimentation with the poetic and textual basis of the composition. Search for new means of musical expression and compositional solutions, exchange of scientific information in the field of composition, musicology, the art of ashuga, as well as the history, theory and practice of musical art. Within the framework of this article, an attempt has been made to study musical genres in the musical creativity of Azerbaijan. Keywords: Genre, ashugi, analysis, philosophical and traditional content, drama, experimentation, oriental melody, creative thinking, youth, formation. Ozarbayjon ashuglari sanʼati (ozarbayjonchada –  Azərbaycan aşıq sənəti) — sheʼriyat, hikoyalar soʻzlash sanʼati, raqs va ozarbayjon ashuglarining vokal instrumental musiqa majmuasidir. Ashuglar Ozarbayjonda doimo xalq orzusini ifodalashgan, sevgi ozodligini himoya qilishgan, vatanga sadoqat haqida kuylashgani sababli azaldan „El anasi“ (ozarb. Elanası — „Xalq onasi“), deb atalgan. Ozarbayjon ashugi sanʼati milliy birdamlik ramzi va ozarbayjon tili, adabiyoti va musiqasining asrovchisi hisoblanadi.[1] 2009 yilda YUNESKOning nomoddiy merosini himoya qilish Qoʻmitasining Abu-Dabidagi (BAA) toʻrtinchi sessiyasida ozarbayjon ashuglari sanʼati YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. Asosan erkin boʻlgan ashug sanʼati tarkibi boʻyicha kengligi va xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Ashug sanʼati epik doston, xalqning erkinligi va qahramonligini madh etuvchi qoʻshiqlar, shuningdek, doʻstlik va sevgi madh etiladigan satirik va yumoristik qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi. Ashug sanʼati sintetik sanʼat hisoblanadi, ashug oʻzi sheʼr yozadi, musiqa bastalaydi, sozda chaladi va oʻzi raqsga to’shadi. Koʻpincha ashug ijrochisiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan asboblar ansambli joʻrlik qiladi, lekin ashugning asosiy musiqa asbobi soz hisoblanadi. Ashug sanʼatining eng keng tarqalgan janri dostondir, xususan mardonavor — epik dostonlardir. Dostonlardagi vokal — instrumental qismlari sheʼrdagi dialog fragmentlari bilan navbatma-navbat keladi. Feodal va bosqinchilarga qarshi kurashgan, XVI asrning ozarbayjon xalq qahramoni Goʻrogʻli haqidagi doston ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda Goʻroʻgʻlining jasoratlarini madh etuvchi bir nechta qoʻshiqlar mavjud. Ularga „Goʻroʻgʻli djengisi“, „Atli Goʻroʻgʻli“, „Piyada Goʻroʻgʻli“, „Goʻroʻgʻli“ va boshqa qoʻshiqlar kiradi. Qahramonlik mavzusidagi „Misri“ qoʻshigʻi ashuglar dialogida koʻp ijro etiladi. Bunday dialogda muayyan mavzuda improvizatsiya qilayotgan ikkita, uchta va xatto toʻrtta ashuglar ishtirok etishi mumkin. Etimologiya Zamonaviy ensiklopedik lugʻatda „ashug“ soʻzi arab va turkiy „ashug“ — „oshiq“ soʻzidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan. Katta ensiklopedik lugʻatida ham „ashug“ turkiy tilda „oshiq“ maʼnosini bildirishi koʻrsatilgan. „Ashug“ soʻzi arab tilidan kelib chiqib avval „ehtiros bilan sevgan, ilohiy sevgi bilan yonayotgan“ maʼnosini bildirgan, soʻng esa u turkiy tilga oʻtib va asta sekin arman va gruzin tiliga „qoʻshiqchi-shoir“ maʼnosi bilan oʻtgan deb hisoblanadi. XII asrning turkiy shoir-tasavvufchisi Ahmad Yassaviy oʻzining „Haqiqat oshiqlari“ sheʼrida soʻfiy darvishlarini „ashuglar“ deb atagan.[2] Ashug sanʼati tarixi Ozarbayjon madaniyatida ashug anʼanasi ashug Gurbani yashab ijod qilgan vaqtda – XV-XVI asrlardan boshlab rivojlana boshlaydi, lekin sanʼatning oʻzi bundan ham qadimroq tarixga ega, masalan ozanlar X—XI asrlardanoqijod qilishgan. Ozarlar oʻz hikoyalarini gopuz ijrosi bilan kuzatgan va oguzlar orasida alohida diniy taʼsirga ega boʻlgan oguz baxshi va qoʻshiqchilari boʻlishgan. Ozanning mashhur yodgorliklariga oguz qahramonlik eposi „Buvam Korkut kitobi“ kiradi. Tarixda Dede Korkut, Dede Abbas, Dede Yadigyar, Dede Gasim, Dede Kerem („Dede“ soʻzi oguzlarda „diniy ota“ maʼnosini bildirgan) kabi ozanlar mashhur. XVII asrda ozanlar tarixiy sahnadan butkul ketgan. Islom taʼsirini kuchayishi va uning turkiy-oguzlar jamiyatidagi mafkurasi bunga sabab boʻlgan. Arab tili va adabiyotining tarqalishi va umuman islom gʻoyalariga yoʻnaltirilgan madaniyatining tarqalishi ozan sanʼati gʻoyalarini buzgan. Gurbani davrida oʻz chiqishlarini gopuz bilan bezatgan ozanlar oʻrniga qoʻshiqlarini sozda chalgan ashuglar kelishgan. Ashug musiqasining janrlari Milliy sheʼriyatning asosiy janrlari — goshma, doston, ustadname, shuningdek, ularning sheʼriy shakllari — gerayli, divani, goshma, tedjnis — ashuglar ijodining eng sevimli shakllaridir. Goshma Xalq sheʼriyatining eng keng tarqalgan shaklidir. „Goshmada“ boʻgʻinlar soni oʻn birga yetadi. „Goshma“ bir nechta kichik turlarga boʻlinadi: „gyuzelleme“ — gyuzel — chiroy soʻzidan tabiiy goʻzallik yoki ajoyib insoniy hususiyatlarini madh etiladigan shakldir; „kochaklama“ — qahramonlik amallari yoki qahramonlarning oʻzi madh etiladigan shakldir; „tashlama“ — jamiyat yoki insonlarning kamchiliklari tanqid qilinadigan turi, „agit“ xotirlashga atalgan qoʻshiq. Doston Nafaqat sharqiy balki gʻarbiy sheʼriyatda mashhur boʻlgan janr (shu jumladan xalq oʻrtasida). „Dostonlarda“ ashuglar mardlik, sevgi qissalari, muhim tarixiy voqealar haqida hikoya qilishgan. Uslubiy va boʻginli maʼnoda koʻpincha „koshma“ ni eslatadi, lekin undan toʻrt misraliklarning soni, mavzu, maʼno va musiqa mavzusi bilan farq qiladi. Anʼanaviy mavzular qoʻshiq – oʻgitlardan va qoʻshiq – nasihatlardan tashkil topgan. Gyuzelleme – Gyuzelleme bu „Goshma“ turlaridan biri boʻlib, unda tabiiy goʻzalliklar tavsiflanadi yoki ajoyib insoniy hususiyatlarni madh etish boʻladi. Ijrosi Soz – ashugning asosiy cholgʻu asbobi Ozarbayjon ashuglarining ijro uslubi mahalliy ijodning oʻziga hos hususiyatlari bilan ajralib turgan. Masalan, Gyandja, Kelbadjar, Gazax, Tovuz, Borchalining har bir hududini aks ettiradigan ashuglar oʻzining individual mahorati bilan ajralib turadi va katta matonat bilan ashug sanʼatining anʼanalarini asrashadi. Koʻp hollarda ashug ijrosiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan cholgʻular ansambli hamrohlik qiladi, lekin ashugning asosiy cholgʻu asbobi bu sozdir. Asosiy ozarbayjon xalq cholgʻu asboblari bu: tor, def (mugʻomchilar triosida), soz (ashuglar ijodida), nogʻora, gosha-nogʻora (bayram udumlarida). Ijodiy hususiyatlariga koʻra ashuglar quyidagicha farqlanadi: Ashug-shoir xalq orasida „Usta ashug“ (ashug -usta) — dostonlar, karavellalar, sheʼrlar yozadi, qoʻshiq aytadi va soz chaladi, ijro raqslar bilan kuzatiladi. Ashug – cholgʻuchi. Mashhur ashuglarning ijodini targʻib qilishadi, qoʻshiq aytib sozda chaladi, ayrim hollarda raqsga to’shadi. Ashug – hikoyachi ayrim hollarda bir oʻzi (yakkaxon) chiqish qiladi, oʻziga sozda joʻrlik qilgan, ashugni yonida harakatlanib raqsga to’shadigan dudukchi ham unga joʻrlik qilishi mumkin. Ashuglar nafaqat yakkaxon balki, odatda toʻrt ijrochidan- ashug, ikkita dudukchi va doʻmbirachidan tashkil topgan ansambl boʻlib ham ijro etishgan. Ashug ansamblini shuningdek soz bilan balaban va zarbli cholgʻu asbobi ham tashkil etgan. Ashug Alesker, XIX-XX asrlar ashug va dostonchi Ashuglar repertuari faqatgina dostonlar bilan cheklanib qolmaydi; u janrlari boʻyicha xilma-xildir va mavzusi boʻyicha juda aniq, doimo ijtimoiylik bilan qayralgan. Ashuglar ertak (nagil), sevgi-lirik qoʻshiqlar, madh etish qoʻshiqlari (gyozelleme), axloqiy qoʻshiqlar (ustadname), satirik qoʻshiqlarni bilishadi. Bunday beshlik (muhammas) va ikkilik (dubeyt) kabi sheʼriy shakllarda ijod qilishadi, shuningdek lab yopilishini talab etmaydigan (dodax-deymez), fonemalarda qurilgan sheʼrlardan keng foydalanishadi. Koʻp ashuglar 50-60 dostonlar, oʻnlab hikoya, qissa va ertaklarni (misol uchun Gokchidan mashhur ashug Alesker) yodda tutishgan.[3] Oldin ashuglar choyxona, karvon-saroy, bozor maydonlarida chiqishlar qilishgan. Ularning repertuarida koʻp ajoyib sheʼriy namunalar boʻlgan. Ashuglar hirgoyilari musiqiy jihatdan qiyin emas, lekin ritmik aniqdir. Bu hirgoyilar anʼanaviydir va avloddan avlodga oʻtib boradi. Bu bilan bir motivlar faqatgina qahramonlik sheʼrlariga, boshqalari esa – faqat lirik sheʼrlarga toʻgʻri keladi. Bitta tarona turli ashuglarda har xil uslubda ijro etiladi va shaxsiy did va temperamentga bogʻliq. Ashuglar ijodining eng koʻp tarqalgan janri bu sevgi lirikasidir. Lekin ashug ijodining eng qiziqarli shakli bu musiqali – sheʼriy bellashuv – deyishmedir, uning ishtirokchilari (ashuglar) topishmoq, savol va javoblarda bellashadilar. Bunda ashuglardan biri raqibiga sheʼriy shaklda javob qaytara olmasa yoki topishmoqni topa olmasa, gʻolib magʻlubning sozini olib qoʻyishga haqli boʻlgan va magʻlub ashug unvonidan mahrum boʻlgan.   Oʻtmish ijrochilari: Zamonaviy Ozarbayjonda professional ashuglarni ikki toifaga ajratishadi: ashug-ijrochilar va ashug – shoirlar. Ashug – ijrochilar professional baxshi boʻlib sheʼriy ijod bilan shugʻullanmaydilar. Oʻzining individual mahorati va oʻz folklori xususiyatlarining nozik jihatlarini tushunganligi tufayli oʻz doston, qissalari, ayniqsa ularning prozaik shakllariga turli xil variatsiya va oʻzgartirishlar kiritishadi. Ashug – shoirlar esa baxshilik faoliyati bilan bir qatorda sheʼriy ijod bilan ham shugʻullanishadi. Ozarbayjonda bunday ashuglarni ustodlar deb atashadi, ozatbayjon tilidan tarjima qilganda u „Oʻz ishining yetuk ustasi“ maʼnosini biladiradi. Ustodlar shogirdlariga ashug sanʼati asoslarini oʻrgatgan oʻz maktablariga ega boʻlgan. Ustodlarga Gurbani (XVI asr.), Tufarganlik Ashug Abbas (XVII asr.), Xeste Kasum (XVIII asr), Ashug Valex (XVIII asr), Ashug Alesker (1821-1926), Bozalganlik Ashug Guseyin (1875-1949), Sayat – Nova kabi va koʻpgina boshqa isteʼdodli shoirlarni keltirish mumkin. Ular nafaqat ashuglik sheʼriyatiga, balki Ozarbayjonning butun yozma adabiyotiga ham katta taʼsir koʻrsatishdi.   Ashug Asad                            Ashug Mirza                       Ashug Ibragim       Ashug Islam Hozirgi ijrochilar: Ozarbayjon xalq artisti Brilliant Dadasheva Ozarbayonda eng mashhur ashuglardan hisoblanadi. Shuningdek, Ozarbayjon parlamenti deputati Borchalilik (Gruziya) Zelimxan Yagub ham ashugdir. Davrimizning mashhur ashuglaridan Ashug Zulfiya, Ilham Aslan, Ali Tovuzli va boshqalarni misol qilish mumkin. Temir parda davri XX –asrning 30 – yillardan boshlab, sobiq ittifoq xalqlarining barcha xalq musiqa madaniyati kabi ashug musiqasi ham davlatning qattiq nazorati ostiga to’shadi va bu bilan oʻzining eng yomon davrlarini boshdan kechiradi. Ozarbayjon milliy musiqasini xalqaro maydonlarga yoʻlini koʻp yillarga yopib qoʻyishadi. Ashug musiqasi va mugʻomni primitiv sanʼat sifatida odamlar ongiga quyishadi, lekin bular ziyolilarning katta qismini ogʻzaki musiqa anʼanasiga boʻlgan katta qiziqishini pasaytirmadi. Bokudagi Yevrovideniye 2012 festivalida sozli ashug XX asrning yetmishinchi yillarida, boshchiligida 1971-yilda Moskvada, 1973-yilda Olma-Otada va 1978 va 1983-yillarda Samarqandda birinchi anʼanaviy musiqa xalqaro simpozium va festivallari oʻtkazilgan YUNESKO saʼyi harakatlari oqibatida mugʻom qayta tiklana boshladi. Ashug musiqasi festivallari 2004-yil iyulida Sumgait shahrining Uzeir Gadjibekov nomidagi madaniyat saroyida „Sazin sozyun sexrin yagyal!“ nomli ashug musiqasi bayrami oʻtkazildi. Festival „respublika ashuglari uyushmasi“ shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan edi va bayram aʼlo darajada oʻtdi. Konsertda Ali Tovuzli, Ilham Aslan kabi ashug va shoirlar, shuningdek, „Peri gizlar“ mejlisining Telli Borchali, Kyamalya Gubadli kabi aʼzolari sahnaga chiqishdi. Ular improvizatsiyada yetuk mahoratlarini va folklordagi bilimlarini namoyish qilishdi. Ozarbayjon ashuglari Uyushmasining sumgayit boʻlimi raisi shoira Ganira Mextixanli hisoblanadi. Shaharda ushbu xalq sanʼati bilan shugʻullanadigan 20 ortiq ashug — professionallar mavjud. Ular ashug musiqasi targʻiboti bilan faol ravishda shugʻullanishadi, yordam konsertlari bilan korxona, harbiy qismlarda ishtirok etishadi.             Jahon eʼtirofi: Ozarbayjon mustaqillikka erishganidan soʻng, Ozarbayjon madaniyatini dunyoga targʻib qilish imkoniyati tugʻildi, buning uchun ozarbayjon ashuglariga davlat koʻmagi koʻrsatilmoqda va dunyo boʻylab gastrollar tashkil etilmoqda. 2009-yil may oyida Luvrda Haydar Aliyev fondi yordami bilan ozarbayjon ashuglarining konserti boʻlib oʻtdi. 2-fevral kuni Muzey markazida „Ozarbayjon ashug musiqasining antologiyasi“ nomli disk taqdimoti boʻlib oʻtdi.[4] 2009-yilning noyabrida turli mamlakatlardan musuqachilar qatnashgan Derbent shahridagi musiqa festivalida ashuglar ham sahnaga chiqishdi. 2009-yil kuzida Buyuk Britaniyada Ozarbayjon kunlari doirasida Londondagi konsertda ozarbayjon ashuglari sahnaga chiqishdi. Fransiyada Ozarbayjonlik Fredrik Gazaxbeyli „Gazax“ musiqa guruhini tuzib uning dasturiga ashug musiqasini ham kiritadi. Guruh yakkahonlaridan biri fransuz Meluka Obri Mikail Azaflining „Amandi“ qoʻshigʻini ijro etadi. Qoʻshiqlar „Lafibre“ albomiga kiritilgan. Ularning ilk „Foto“ albomiga ozarbayjon va fransuz milliy musiqalarining sintezi kiritilgan. Turkiyaning Sivas shahrida mashhur ashug Rusatning xotira kechasida Naxichevanlik ozarbayjon ashuglari sahnaga chiqadi. Dastur doirasida ashuglar ozarbayjon xalq qoʻshiqlarini ijro etishdi. Xalqaro ashug festivali O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining tarixiy madaniy aloqalari, jozibador Sharq ohanglarining tarovati va ta’sir kuchi hamda o‘zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari bilan mushtarakligini nazarda tutgan holda, qayd etish joizki, Sharq mamlakatlari musiqa madaniyatini anglash, idroklash albatta talabalardan ma’lum darajada tayyorgarlikni talab etadi. Talabalar o‘z milliy musiqa merosini kerakli darajada o‘rganib, muayyan bilimga ega bo‘lishlari lozim. Xorijiy tillarni ham bilishlari ayni muximdir. Zero, bunday hol talabalarga turli tillarda yozilgan manbalar bilan tanishishlari uchun imkon yaratadi. Maqolada, Ozarbayjon xalqlarning kasbiy musiqasi, ya’ni mumtoz kuy va ashugalarga alohida e’tibor qaratilib, ularning madaniyatini musiqa orqali anglash va tasavvurni mustaxkamlashga qaratilgan xarakat o‘z ifodasini topgan.   Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1 Музыкальная эстетика стран Востока. — М., 1967 г. 2 Эолян И. Традиционная музыка арабского Востока. М.; 1990. 3 O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. V jild, 484-488 betlar. T., 2003. 4 Музыкальная энциклопедия. Иранская музыка. II т. с.561-569. М., 1974. 5 Matyoqubov O. Og’zaki an’nanadagi professional musiqa asoslariga kirish. 6-7 b. T., 1983. 6 Барбад: Эпоха и традиции культуры. с. 10-17. Душанбе., 1989. 7 Ғофурбеков Т. Сайланма. 21 б. Т., 2009. 8 Косимова С., Меҳмандарова Л., Захрабов Р., Азербайджанская музыкальная литература, Баку, 1984. 9  Захрабов Р., Азербайджанский тесниф, Баку, 1983. Internet saytlari 10 www.tdpu.uz 12 www.pedagog.uz 13 www.ziyonet.uz 14 www.edu.uz   [1] Косимова С., Меҳмандарова Л., Захрабов Р., Азербайджанская музыкальная литература, Баку, 1984.   [2] O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. I-X jildlar, T., 2005.   [3] Захрабов Р., Азербайджанский тесниф, Баку, 1983. [4] http// wikipedia.org. ru