darslar 2021-2022
darslar 2021-2022
|
20/05/2022
Chop etish
“Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi jihatidan tavsiflanishi” ochiq dars mavzusini ana shunday nomlandi.

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Shohida Siddiqova Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-bosqich talabalariga ona tili fanidan “Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi jihatidan tavsiflanishi” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tdi. O‘qituvchi darsni uslubiy-texnik jihatdan o‘ziga xos tashkillashtirdi. Xususan, axborot ko‘lami ko‘p qirrali ekanligi, darsga ijodiy yondasha olganligi, mavzuning maqsadi va vazifalarini talabalar ongiga izchillik bilan uzviy bog‘liqlikda yetkaza olganligi diqqatga sazovor. Jumladan, evristik – yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan talabalarda topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o‘quv-izlanish ta’lim metodini optimallashgan (bir necha variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig‘ini tanlash) tafakkurni rivojlantirish maqsadida tanqidiy (tahliliy) fikrlar muhokamasiga keng o‘rin berildi.

Buning ahamiyati shundaki, ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi: 1. O‘qituvchi (pedagog) o‘quvchi-talaba o‘rtasida o‘zaro hurmatni tarbiyalaydi. 2. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-talaba tajribasidan foydalaniladi. 3. O‘quv mazmuni o‘quvchi-talabaning talablariga mos va aniq belgilanadi. 4. Muammoni hal qilishda nazariy o‘quv materiallaridan foydalaniladi. 5. Har xil buyum va qarashlar integrasiyalashadi. 6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi. 7. Ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba, o‘quvchi-talabani o‘zaro munosabati orqali berib boriladi.

 


Ulashish:
14 672
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...