Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

OILADA OTA-ONA HAMDA FARZANDLAR O’RTASIDAGI NIZOLAR VA ULARNING YECHIMLARI.

Toshnazarova Uzukoy Azizberdi qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi Oila–jamiyatning kichik bo’g’ini. Oilaning tinchligi, farovonligi   yurtning porloq kelajagining poydevoridir. Yurtimizda oilaning mustahkamligiga uning osoyishtaligiga katta e’tibor berilmoqda. Oila jamiyatning kichik ammo juda muhim yacheykasi bo’lib, uning tinchligini taminlash to’g’risida yurtimizda qator chora tadbirlar ko’rilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida oila to’g’risida quyidagi fikirlarni bildiradi: “bolaning tarbiyasi va uning yetuk shaxs   sifatida shakillanishida oilaning roli nihoyatda kattadir. Oilada bolaning  aqliy  faoliyati  kamol  topadi,dunyoqarashi, tafakkuri  shakillanadi, kishilarga  nisbatan mehr–oqibat  hissi tarbiyalanadi.bolaning  bilimi,  qobilyati  va  malakalarining  shakillanishi  aynan  oila ava oilaviy  tarbiyaga  bog’liqdir”. Ushbu fikirlar jamiyatimizda farzand tarbiyasida oilaning o’rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Darhaqiqat bola tarbiyasida, uning yetuk bo’lib kamol topishida oilaning, ota-onaning o’rni benihoyat kattadir. Oila va farzand tarbiyasi va oilaviy munosabatlar to’g’risida ko’plab buyuk allomalarimiz o’z fifkirlarini bildirib o’tishgan. Abu Nasr Farobiy o’z asarlarida keltirilishicha, oila a’zolarining bir-biriga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Darhaqiqat oilaviy munosabatlarda ayniqsa ota-ona va farzand o’rtasida samimiy munossabatlarning shakillanmaganligi, ular o’rtasida turli tushunmovchiliklar, va ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa o’smir yoshidagi bolalar ota–onasi bilan tez-tez ziddiyatga borishi va ulardan norozi kayfiyatda yurushi kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda ota–ona iloji boricha farzandi bilan ochiq va samimiy munosabatlarni yo’lga qo’yishi, ko’plab muammolarning yechimi hisoblanadi. Buyuk mutafakkir bobomiz, yuksak qalam sohibi Alisher Navoiy o’zining ko’plab asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida o’zining ko’plab qarashlarini bayon qilgan. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. Aksariyat ota-onalar farzandlariga dakki berish orqali xatolarini anglatmoqchi, tarbiyalamoqchi bo’ladi. Bu usul ko’pincha bolalarda ota–onaga nisbatan norozilik hissining paydo bo’lishiga olib keladi. Ota–ona va farzand o’rtasida munosabatlarning to’g’ri yo’lga qo’yilmasligi, farzandning ota-onasini aldashiga, uzoqlashishiga oilb kelishi mumkin. Ular o’rtasidagi munosabatlarning iliq va samimiyligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ota-ona va farzand o’rtasidagi nizolarning aksariyati ularning xohish–istaklarining mos tushmasligidan kelib chiqishi mumkin. Ota-onaning bola bilan ko’proq suhbatashishi va fikir almashishi, tinglashi ular o’rtasidagi ko’pgina konflektlarning kelib chiqishining oldini oladi. Psixolog olim V.I.Selivanov  oilada shaxsni shakillantrish jarayonini o’rganib, baxtli bolalik-bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni  hamda ota-onalarning  bolalariga  g’amxo’rligining  samarasidir  degan xulosaga keladi. Oiladagi munosabatlarning buzulishi, bolaning psixalogik rivojlanishiga o’z tasirini o’tkazadi. Bolaning sog’lom oila muhitda ulg’ayishi va munodsabatlardagi erkinlik uning kelajakda jamiyatga tezroq ishtimoiylashishiga va yaxshi moslashishiga yordam beradi. Shu o’rinda takidlash joizki oilaviy sog’lom muhitni shakillantirish, oilaviy iliq munosabatlarni yaratishda ayol kishining o’rni katta hisoblanadi. G’arb mamlakatlarida o’tkazilgan tadqiqotlarda ko’pchilik ayollarda onalik ustanovkasining yo’qligi, oilaviy munosabatlarning buzulishiga, bola tarbiyasinig og’ishishiga va ajrimlarga sabab sifatida ko’rsatilgan. Ota-ona farzandini yaxshi tarbiyalash uchun avvalo o’zlari tarbiyalangan bo’lishi lozim. Ushbu xulosalarga asoslanib quyidagi tavfsiyalarni ishlab chiqdik: -eng avvalo ota-ona farzandlari bilan samimiy va ochiq munosabatni shakillantirishi lozim. -farzandlari bilan doimiy muloqot olib borish va hamfikir bo’lish,ota-ona  va farzand o’rtasida tushunmovchiliklarning yuzaga kelishining oldini oladi. -tabiat qo’yniga tez-tez oilaviy sayohatlarning tashkil qilinishi,oilaviy salomatlikni saqlash va munosabatlarning yaqinlashishiga oilb keladi. -oila a’zolarining birga bir dasturxon atrofida yig’ilishi, oilaviy birdamlikni va hamjixatlik ruhini shakillantiradi. -oilada bolaning fikri va qiziqishlarini tinglash va maslahatgo’y bo’lish, bolada ota-onaga nisbatan norozi kayfiyatning paydo bo’lishining oldini oladi. -oilaviy muammolar yechimi oiladagi sog’lom psixologik muxit yaratilishiga bog’liq. -bolaning vaqtini to’g’ri taqsimlash va kitobga oshno qilish,bola dunyoqarashini o’stiradi Ushbu tavsiyalar oilaviy munosabatlarni yaxshilaydi va mustaxkamligini ta’minlaydi. Zero, oila tinchligi va osoyishtaligi jamiyat taraqqiyotining birlamchi omili hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR   RO’YXATI
  1. I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz.-T.: “O’zbekiston”nashriyoti,2000,8-tom,440-441-betlar.
  2. I.A.Karimov. “Yuksak manaviyat yengilmas kuch”. Toshkent. 2008.
  3. Karimov V.M. “Oilaviy hayot psixalogiyasi”. Toshkent. 2006 yil.137b.
  4. SHoumarov G’.B. tahriri ostida. “Oila psixalogiyasi”. T:sharq. 2000.