Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Komil inson tarbiyasida musiqa orqali tarbiyalashning ahamiyati.

JDPU Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchi Kukanova Charos Ne’matovna. qoqonovacharos89@gmail.com Respublikamiz taraqqiyoti va o’zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama komol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli, o’z mustaqil Vatanimizdan  fahrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko’lamli muammolardan biridir. Tarbiyalash deganda har tomonlama yetuk, o’zida ahloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamonlikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o’rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa  san’atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda  musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. U bolani ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yo’lida asosiy poydevor bo’lib hizmat qiladi. Shunday ekan umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida dastlabki musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi – o’quvchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang’ich sinflarda musiqa madaniyati darslari umumiy ta’limning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo’lib hisoblanadi. Shunga ko’ra 1-sinfdan boshlab darslarni izchil, tizimli va ilmiy asosda tashkil etilishi o’quvchi-yoshlarni ta’limning keyingi bo’g’inlariga ma’lum tayyorgarlik bilan borishlarini ta’minlaydi. Darslarni to’g’ri tashkil etishning pedagogik, metodik jihatlarini unutmagan holda quyi sinflarda musiqa ta’limi va tarbiyasini  tashkil etilishida o’quvchilarning yosh xususiyatlari bilan bog’liq psixologik va fiziologik imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olib ish tutish lozim bo’ladi. O’quvchilarni avvalo musiqa san’atiga, musiqa darslariga qiziqtira olish, qiziqishlarini shakllantira olishga asosiy diqqat-e’tibor qaratiladi. Bu o’rinda kichik yoshdagi, shu jumladan bizning tadqiqotimiz obyekti bo’lmish ikkinchi sinf o’quvchilarining diqqatini turg’un bo’lmasligi, ya’ni o’quvchilar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez o’tuvchi, o’zgaruvchan bo’lishligini hisobga olish kerak. Shuningdek bolalarni musiqiy dunyoqarashi, musiqiy idroki, ularning ovoz imkoniyatlari, ovoz kuchi, diapazoni kabilar bevosita fiziologik rivojlanish bilan bog’liq murakkab jarayonga asoslanishini unutmaslik kerak. O’quvchilarga jamoa bo’lib qo’shiq kuylash chog’ida vokal-xor malaklari ustida ish olib borganda bu jihatlarni  doimiy ravishda e’tiborda tutish shartdir. O’quvchilarni xotirasi yaxshi rivojlanmagan, ovoz apparatlari to’la shakllanmaganligi sababli ovoz pardalari nozik, kuchsiz bo’ladi. Shu bilan birga ular serharakat, o’yinga moyil, taqlidchan bo’ladilar. O’quvchilar o’rganishi, tinglashi uchun repertuar tanlashda musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarni nazarga olgan holda mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil bo’lmog’i lozim. Bu o’rinda musiqa o’qituvchisi har bir darsga puxta tayyorgarlik ko’rmog’i, ijodiy yondashmog’i shart.          Boshlang’ich sinflarda musiqa ta’lim va tarbiyaisni muvaffaqiyatli tashkil etlishi ko’proq dars faoliyatlarini o’z o’rnida tez-tez almashtirishni taqazo etadi. Chunki, musiqa darslarning besh asosiy faoliyat turlaridan musiqaga mos harakatlar bajarish va bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish kabi faoliyatlar darslarni qiziqarli va mazmunli o’tishini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni kuylash, tinglash va musiqani idrok etish malakalarini rivojlanib borishi fiziologik o’sish bilan birga mutanosib tarzda kechadi. Bunda ovoz kuchi, diapozoni tembri o’zgarib borishi o’qituvchining doimiy e’tiborida bo’lishi, darslarni pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilishga olib keladi. Bu jarayonda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalarni ahamiyati nihoyatda katta bo’lishini unutmaslik darkor. Boshlang’ich sinfda musiqa darslarining kulminasion nuqtasi bolalarni darsga qiziqtirish va uyushtirishdan iborat bo’ladi. O’qituvchi imkon qadar darsni qiziqarli qilib tashkil etishga harakat qilishi kerak bo’ladi. Bolalar musiqani chuqur idrok etishlari uchun beshta faoliyatlardan unumli foydalaniladi. Qo’shiq kuylash faoliyatida o’quvchilarga muttasil ravishda  “diqqat”, “auftakt”, ijroni boshlash, tugallash, dinamikani his etish, og’izni ochish, tovush chiqarish, nafas olish va uni sarflash kabilar ustida ish olib boriladi. boshlang’ich sinflarda musiqa savodidan quyidagi bilim va malaklar shakllanib borib, amalda bajarilishi zarur.
  1. Kuylarning ritmik sxemalarini so’zlar bilan kuylash (Da,de,di,do,du,ma, me,mi,mo,mu.).
  2. Kuchli va kuchsiz hissalarni aniqlash va ularni his etib kuylash;
  3. Chapak va cholg’u asboblarida chalib, kuyga ritmik jo’r bo’lish;
  4. Marsh va raqsni farqlash, ularga mos harakatlarni bajarish;
  5. Musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay olish;
boshlang’ich sinfda o’quvchilarni ovoziga jiddiy diqqat qilib borish zarur. Musiqa tinglash boshlang’ich sinflarda asosan o’quvchilarni kuyga tavsif berish, kuyni kim yaratadi-kompozitor, kim ijro qiladi-cholg’uchi, xonanda, kim tinglaydi kabi savollarga javob berishlari, eng oddiy musiqiy ma’lumotlar bilan tanishtirib borishga e’tibor qaratiladi. Musiqa darsini qaysi bir faoliyati bo’lmasin, unda avval musiqa tinglanadi, uning yangrashi , harakteri, mazmuni idrok etiladi. Shu orqali o’quvchilar ruhiyatida badiiy his-tuyg’ular ta’sirlanadi. Darsda tinglanadigan har bir asar, badiiy-g’oyaviy jihatdan yil va chorak mazmuniga bog’liq bo’ladi, ilmiylik, davomiylik, izchillik tamoyillariga amal qiladi. Musiqa tinglash quyidagicha bosqichlarda amalga oshiriladi.
  1. O’qituvchining o’quvchilar e`tiborini musiqiy asarga jalb qilish, kirish so’zi;
  2. O’qituvchi ijrosida yoki texnik vosita orqali asarni tinglash;
  3. Musiqa asarini suhbat yo’li bilan musiqaviy-g’oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish;
  4. Asarni yana bir bor yaxlit holda tinglash va asar haqida o’quvchilarning umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o’tkazish.
Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish faoliyati ikkinchi sinfda eng qiziqarli mashg’ulotdir. Chunki, bolalar cholg’u asboblari jonli, tovushli o’yinchoqlar sifatida har bir o’quvchini o’ziga jalb qiladi. Bolalar cholg’u asboblari birinchi navbatda o’quvchilarda ijrochilik elementlari orqali ijodkorlik, musiqiy eshitish, idrok etish, musiqiy o’quv qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg’u asboblaridan foydalanish yaxshi natijalar berishi bilan birga o’quvchilarni darsga intiluvchanligini, qiziqishini, musiqiy qobiliyatlarini shakllanishini kuchaytiradi. Boshlang’ich sinflarga xos bo’lgan musiqaga mos harakatlar bajarish faoliyati ham eng qiziqarli faoliyatlardan hisoblanadi. Bu faoliyatda musiqaga mos ritmik harakatlarni bajarish, ularni jismoniy rivojlanishiga ham muhim ta’sir ko’rsatadi. Musiqaga mos raqs, o’yin harakatlarini bajarish, o’quvchilarning diqqatini jamlashda, xotirasini mustahkamlashda va jismonan o’sishda yordam beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Marsh musiqalariga qadam tashlash; Raqs elementlarini bajarish; Mustaqil o’yinlar o’tkazish; Turli harakatlarini bajarish. Ma’lumki, milliy musqiy san’atimizda raqs muhim o’rin tutadi va har bir bola unga qiziqadi. Raqs harakatlari musiqa darsida o’quvchilar faolligini oshiradi. Eng muhimi raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarni musiqiy iqtidori, ritm tuyg’usi faol rivojlanadi. Har bir harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avvalo ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so’ngra harakatlarni bajarish yaxshi natija beradi. Boshlang’ich sinfda barcha faoliyatlarni faol qo’llanishi o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Musiqadan badiiy ozuqa olish, uni his etish, quvnoq kayfiyat hosil bo’lishida o’quvchilarning musiqiy obrazlarni idrok etishlari, tasavvur etishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o’qituvchi boshlang’ich sinfda o’quvchilarni dars mashg’ulotlari jarayonida  ishonchli vositalar: – ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari, test kartochkalari, didaktik o’yinlar noan’anaviy darslar yordamida o’tishini talab qiladi. Bu jarayonni samarali amalga oshirishda tafakkur, xotira, diqqat va emosionallik yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Pedagogika va psixologiya fanlari shuni ta’kidlaydiki, bolalarni musiqa qobiliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda bolalarda yosh, individual, fiziologik, psixologik xususiyatlarini e’tiborga olmasdan bo’lmaydi.shunga muvofiq tanlangan vazifalar, pedagogik talablar ta’lim jarayonini muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi.   Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.  
  1. SH.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent. O’zbekiston-2016- yil.
  2. SH.M.Mirziyoyev. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko’taramiz”. Toshkent.2007-yil
  3. I. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – T; – O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. -2000 yil.
  4. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – T;- Ma’naviyat. – 2008 yil.
  5. 5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – 1997 yil.
  6. Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi. – T; – Ta’lim taraqqiyoti, maxsus 6-7-sonlar-1999 yil.
  7. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. – T; XTV, 1995 yil.
  8. 8. Musiqa o’qitish metodikasi. Tuzuvchi G. Sharipova. – T; TDPU- 2000 yil.