Uchrashuvlar
Uchrashuvlar
|
03/04/2019
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti rektori o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

Joriy yilning 19 martida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish qatorida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Book challenge” loyihasi davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kitob ham ta’lim, ham tarbiya kaliti. U, birinchi navbatda, kishining irodasini mustahkamlaydi, fikrlashga, fikrlarini jonlantirib, tasavvur qilishga o‘rgatadi. Eng muhimi, kitob insonning ichki dunyosiga nur olib kiradi. Mutolaaga mehr qo‘ygan, kitob bilan oshno tutingan insonning ko‘ngliga xotirjamlik, ma’naviy olamiga esa, go‘zallik oshufta bo‘ladi. Shu ma’noda, aholi o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish koni foyda hisoblanadi.

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Abdug‘ani Xolbekov ham mazkur loyiha doirasida o‘zi tahsil olgan Zomin tumanidagi 12-umumta’lim maktabi kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalaridan iborat 50 dan ortiq kitob jamlanmasini sovg‘a qildi. U umumta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan suhbatlashar ekan, o‘zi ta’lim olgan vaqtlardagi qiziqarli, esda qolarli xotiralarini so‘zlab berdi. O‘quvchilarga kelgusida yuksak marralarga erishishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.


Ulashish:
2 880
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.