Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Islohatlar – davr talabi

Bugungi kunda ta’lim tizimini isloh qilish, horijiy tajribadan kelib chiqqan holda respublika oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatini halqaro standarlar asosida tashkil etish muhim stretigik vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarda kelib chiqqan holda mamlakatimizda ta’lim tizimi izchillik bilan modernizatsiya qilindi. Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash va halqaro reytingga kirish bo‘yicha milliy tizim ishlab chiqildi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyaga kirishish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari qo‘shma dasturlari qo‘lga qo‘yildi, barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim jarayonlarini boshqarishning axborot tizimi HEMIS platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari ichida 35  ta oliy ta’lim mussasasi o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021-2022 o‘quv yilidan respublika bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalari o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Respublika oliy ta’lim muasssalari kredit –modul tizimiga o‘tishi ko‘plab me’yoriy jarayonlarning o‘zgarishini hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta’limga bo‘lgan munosabatida yangicha yondoshuvni talab etadi. Mamlakatimizda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarning qabul qilinishi oliy ta’lim tizimida yangi islohatlar davrini boshlab berdi. Prezident qaroriga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining xususiy va xorijiy OTM filiallari bilan raqobatga kirishishi va mustaqil qaror qabul qilishi uchun ham moliyaviy, ham akademik jihatdan imkoniyat berildi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv  rejasi, o‘quv dasturi, hatto bakalavriat, magistraturada o‘qish muddatini ham OTMning o‘zi belgilash huquqi berildi. Mamlakatimizada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonida ham izchillik bilan o‘quv jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda. Joriy yilning 5-22 yanvar kunlari oralig‘ida Jizzax davlat pedagogika institutida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan strategik vazifalardan kelib chiqqan holda institut professor-o‘qituvchilarining har tomonlama bilim va ko‘nikmasini oshirish, respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va horijiy oliy ta’lim muasssalarining tajribalari bilan tanishtirish maqsadida “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda. Seminar-treningda Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etilishi, Akademik  va  moliyaviy  mustaqillik imkoniyatlari va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Seminar-treningda Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vesministr universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Buyuk Britaniyaning Portsmud universiteti tajribalari bilan tanishtirildi. Seminar-trening yakunida professor-o‘qituvchilarning takliflaridan va tajribadan kelib chiqqan holda amaldagi me’yoriy jarayonlarni takomillashtirish hamda o‘quv jarayonida sifatli ta’lim hizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli  me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish belgilangan. Kredit tizimini boshqarish sektori mutaxassisi                                               Farux Jumanov