Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2020
Chop etish
Buyuklar haqida…

Lutfiy (Lutfiyi Shoshiy)

LUTFIY (1366–1465), Mavlono Lutfiy – o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir.

O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Dehikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi.

Lutfiyning hayot yo‘li singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi o‘qish, o‘rganish va badiiy ijod mehnati bilan o‘tgan. Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida ma’lumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida «oftob» radifli she’r yozgan, o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tatabbu’ qilganlar.

Lutfiy zohiriy-dunyoviy, diniy-tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan. Navoiy so‘zi bilan aytganda, u «forsiy va turkiyda naziri yo‘q» shoir bo‘lgan. Lutfiy garchi o‘z ona tili – turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mash­hurlikka yetishgan bo‘lsa-da, forsiyda ham o‘zining shoirlik iqtidori va mahoratiga ko‘pchilikni iqror eta olgan. Lutfiy she’riyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uyg‘unlashtirgan. Ammo u so‘nggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, o‘zbek she’riyati xazinasini bir-biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechog‘lik «ma’ruf va mashhur» bo‘lmasin, «darveshlik tariqini dag‘i ilikdan» (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat o‘z zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega ko‘tarilishiga asos bo‘lgan.

Lutfiyning she’riyati – xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin she’riyat. Bizgacha shoirning 16–20-asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy devonining 33 qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanbe, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.


Ulashish:
1 373
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...