Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda  axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi G’ulomjon Yusupovich Eshmirzayev  Annotatsiya. Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’tch sinf oqituvchilarini ta’lim sifatni oshirishda ta’limi jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga yordam beradigan axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qituvchilarning axborot texnalagiyalarida yaxshiroq ishlashiga olib keladi. Kalit so’zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborotlashtirish, internet, kompetensiyasi, mediasavodxonlik, mediata’lim. Факторы, влияющие на развитие информационно-технологической компетентности в подготовке будущих учителей начальных классов Gulomjon Yusupovich Eshmirzayev преподаватель Джизакского государственного педагогического университета Annotatsiya. В данной статье широкое использование информационных технологий, которые помогают эффективно организовать и управлять учебным процессом будущих учителей начальных классов в повышении качества образования, приводит к более качественной работе учителей информационных технологий.   Ключевые слова: информatsiонно-коммуникatsiонные технологии, информатизatsiя, Интернет, медиаграмотность, медиаобразование. Factors affecting the development of information and technological competence in the training of future primary school teachers. G’ulomjon Yusupovich Eshmirzaye teacher of the Jizzakh State Pedagogical University Abstract. In this article, the wide use of information technologies, which helps to effectively organize and manage the educational process of future elementary school teachers, leads to better work of teachers in information technologies. Key words: information and communication technologies, informatization, Internet, media literacy, media education   Kirish Bugungi globallashuv va axborot asrida uzluksiz ta’limning har bir bosqichida mamlakat taqdiri har jihatdan mukammal bilim va dunyoqarashga ega, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlash ishiga dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliklarini samarali shakllantirish uchun zamonaviy sharoitlarda mazkur jarayonga ko‘proq ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kasbiy kompetentliklarining shakllanishini tahminlovchi pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashda ularni inobatga olish zarurdir.[4] Entsiklopedik lug‘atda omil “biror-bir jarayon rivojiga ta’sir etuvchi sabab, harakatlantiruvchi kuch” sifatida ta’riflanadi.[2] O‘tkazilgan tahlillar psixologik-pedagogik tadqiqotlarda omillarga ko‘proq quyidagilar kiritilishi to‘g‘risidagi xulosaga kelish imkonini beradi:
  • ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, insonning faoliyati kechadigan muhit;
  • mazkur faoliyat turining ahamiyati va zarurati to‘g‘risida sotsiumning fikri;
  • kasbiy faoliyatda zarur bo‘gan insonning biror-bir sifatlarining shakllanishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi uning psixologik xususiyatlari.
Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotlar jarayonida oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ikki guruh omillar aniqlandi: − ijtimoiy-pedagogik omillar (zamonaviy ijtimoiy sharoitlar bilan tavsiflanadi – ijtimoiy aspekt, oliy ta’lim muassasasida tarbiyaviy-ta’limiy jarayonni tashkil etish – pedagogik aspekt); − psixologik-pedagogik omillar (bo‘ajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining sub’ektiv xususiyatlari va shaxsining kasbiy muhim sifatlari bilan tavsiflanadi – psixologik aspekt, uning bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan – pedagogik aspekt).
  1. Ye. Dmitriev va M. R. Levov ta’kidlashlaricha, maktabning dastlabki, boshlang‘ich bosqichi bola shaxsini, uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, uni muloqotga, ona tiliga, o‘qishga, axloqiy, estetik, jismoniy madaniyat asoslarini o‘rgatadi, tizimli mehnat odatini shakllantiradi. Bolalar tabiat, jamiyat, inson va uning mehnati to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni, dunyoqarash asoslarini egallaydilar. Boshlang‘ich maktabda ta’lim oluvchilar o‘qish, yozishning zarur ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, atrofdagi olamni kuzatish, o‘chash va hisoblashga o‘rganadilar, mantiqiy eslab qolish usullarini, nazariy tafakkur elementlarini, nutq va xulq madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallaydilar. Bolalarda dastlabki qadriyatli yo‘nalishlar yuzaga keladi, o‘qish motivi shakllanadi, bilimlar, ma’naviy qadriyatlarga mehr singdiriladi. Har bir o‘qituvchi mazkur sharoitlarda ishlash, bunday vazifalarni bajarishga tayyorlangan bo‘ishi kerak. U shuningdek, zamonaviy bolani, uning ehtiyojlari, qiziqishlarini bilishi, bolalarni va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini o‘rganishning zamonaviy metodlarini egallagan bo‘ishi kerak.
Tahlil natijalari Shunday qilib, bo‘ajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kasbiy kompetentligining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillar guruhidagi ijtimoiy aspekt quyidagi omillarni belgilaydi: − zamonaviy jamiyatda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining mavqei (jamiyat tomonidan har bir inson hayotida ta’limning boshlang‘ich bosqichining ahamiyatining tushunilishi, pedagogga “birinchi ustoz” ijtimoiy rolini belgilash); − jamiyat tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi kasbiga talablar qo‘yilishi; − kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari (pedagogik faoliyatda kasbiy o‘sish, pedagogik faoliyatda professionallikka va uning oliy bosqichi – pedagogik mahoratga erishish). Zamonaviy sharoitlarda kasbiy ta’limda «rivojlantiruvchi ta’lim muhiti» fenomeni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining davlat ta’lim standartida talabalarning axborot texnologiyalari sohasidagi tayyorgarlik darajasida shu yoki qo‘yilgan talablar yo‘q, mazkur o‘quv fani mustaqil tarzda yoki biror bir boshqa predmet doirasida ajratilmagan ham. Axborot texnologiyalari kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘quv fanlari: “Ta’limda axborot texnologiyalar”, “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar”ni o‘rganish nazarda tutilgan bo‘ib, ularning mazmuni juda boy va ATning o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganilishini ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini AT sohasida tayyorlash asosan, milliy-huquqiy komponent doirasida ayrim pedagogika universitetlari va oliy o‘quv yurtlarining imkoniyatlari darajasida olib borishda va ular jiddiy farq qilish mumkin.[6] Britaniyalik psixolog D. Raven, zamonaviy jamiyatda kompetentlik muammosini o‘rganib, kompetentlik va xulq, kompetentlik va qobiliyatlar, kompetentlik va rivojlantiruvchi muhit, kompetentlik va qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligiga e’tibor qaratadi. Muallif kompetentlikni shakllantirish uchun muhit katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi. S.I.Ojegov lug‘atida muhit quyidagicha talqin etiladi: − makonni to‘diruvchi modda, shuningdek nimanidir o‘rab turuvchi jismlar; − insoniyat jamiyati, tashkilotlar faoliyati kechadigan atrof, tabiiy sharoitlar yig‘indisi; Rus tili akademik lug‘atida esa muhit quyidagicha talqin etiladi: − muayyan organizmning hayot faoliyati kechadigan tabiiy va ijtimoiy sharoitlar yig‘indisi; − inson hayoti kechadigan ijtimoiy-maishiy shart-sharoit; Ta’riflar tahlili ko‘rsatishicha, “muhit” tushunchasi inson hayot faoliyati kechadigan makon, atrof, sharoitlar toifalari orqali ochib beriladi. Demak, mohiyatan, inson hayot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.
  1. A. Levinning tadqiqotlarida ta’lim muhiti deganda belgilangan namuna bo‘yicha shaxsning shakllanishiga ta’sirlar va sharoitlar tizimi, shuningdek uni rivojlantirish uchun ijtimoiy va fazoviy-predmetli atrofda mavjud bo‘gan imkoniyatlar tushuniladi.
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turganidek, oliy ta’lim muassasasida ta’lim muhiti – bu bo‘ajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligining shakllanishiga ta’sir etuvchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning ajralmas qismidir. Xulosa Xulosa qilib aytganda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishga psixologik-pedagogik omillarning ta’siri ko‘p jihatdan shaxsning o‘zi, insonning o‘ziga talablari tizimiga bog‘liq hisoblanadi. Bu o‘z kasbini tanlashdan qoniqish, zamonaviy boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi to‘g‘risidagi tasavvurlar va mazkur tasavvurlarga mos bo‘lishga intilish, motivasiyalarda ifodalanadi. Shunday qilib aytadigan bo‘lsak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot texnologiyalaridan foydalanishining asosiy komponentlaridan foydalanish ularning kelajakdagi faoliyatlarida kutilayotgan va talab etilayotgan natijani beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Aripov A.N. va boshqalar. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari izohli lug‘ati. – Toshkent, 2004. – 26 b
  2. Falsafa qomusiy lug‘at. – Toshkent: «Sharq», 2004. – 40 b
  3. Ismatullaevna, M. D., & Yusupovich, E. G. (2019). THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
  4. Eshmirzaev, G. (2021). Talabalar kompetentligini rivojlantirishda innavatsion texnalogiyalardan foydalanish. Jizzax-2021
  5. Eshmirzaev, G. (2021). Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda elektron darsliklarni o‘rni. Innovationsin primary education2(Arxiv№ 4).
  6. Eshmirzaev G‘.Yu. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda axborot-texnologik kompetentligining  o‘rni va roli. Namdu axborotnomasi:  11 son. 2022 yil