Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

1 oktyabr-“ O‘qituvchi va murabbiylar ” kuni

Aziz ustozlar va talabalar! 1 oktyabr-“ O‘qituvchi va murabbiylar ” kuni munosabati bilan saytimizda Jizzax davlat pedagogika institutida ko‘p yillar faoliyat yuritgan, o‘z fikriga ega, talabalar mehrini qozongan , bilimi va salohiyati bilan shogirdlar ehtiromiga sazovor ustozlar haqida “ Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil …” rukni ostida maqolalar e’lon qilamiz.

Bugungi sahifamizda Tarix fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedra mudiri , professor Baxti Ochilova bilan qilgan suhbatimizni e’tiboringizga havola qilamiz O‘quv xonasini muqaddas deb bilaman…. Baxti Ochilova haqida xo‘p va ko‘p eshitganman. Ustozning qattiqqo‘lligi va talabchanligini yaxshi bilaman. Shu bois biroz cho‘chidim. “Ustozning umri-mangu shogirdlar umri unga ulanadi ,”-deyishadi. Ha, juda ham to‘g‘ri fikr.Muallim shunday zotki , uning nomi ham , umri ham hamisha boqiydir. Har birimiz kim bo‘lishmizdan qa’ttiy nazar ustozlar haqida gapirganimizda qalbimizda o‘z –o‘zidan iliqlik paydo bo‘ladi. Hayot yo‘llarimizni nurafshon bo‘lishiga hissa qo‘shgan, o‘git va pand- nasihatlari bilan beminnat yordamchi bo‘lgan muallimlar haqida qancha gapirsak , ularning sharafiga tahsinlar aytsak oz. Men qarshimda ana shunday hurmatga loyiq bag‘rikeng, o‘ziga ishongan, bilimi, aqlu zakovati bilan shogirdlar va ustozlar ehtiromiga loyiq bo‘lgan ayol, Ustozni ko‘rdim. Quyida Baxti Ochilovaning fikr mulohazalari bilan tanishasiz. O‘qituvchi qanday inson ? Aslida u qanday bo‘lishi kerak …

O‘qituvchi! Shu so‘zning etimologiyasi va tushuncha sifatidagi mohiyatining analitik tahliliyoq bu kasbning falsafasini aniq ochib beradi.Insoniyat tafakkuri taraqqiyotiga nazar tashlasak, o‘qituvchi ma’naviy omil, ma’naviy ideal, ma’naviy “efir” kabi xususiyatlar bilan tavsiflanib unga akasiologik yondashilgan. Ma’anaviy ideal jamiyatga bir qancha xislatlari, masalan , prinsipial ta’sir ( so‘z va ish birligiga egalik) g‘oyaviy –ahloqiy ta’sir (hayotsevarlik, vatanparvarlik ,millatparvarlik insoniylik, mehnatsevarlik, hushhulqlilik) ilmiy ijodiy ta’siri (yaratuvchilik, malakalilik,tajribalilik,intelektuallik) ijtimoiy faollik (ishga ma’suliyat , burchni sidqidildan ato etish, intizom va faollik ,tashabbuskorlik va daxldorlik) bilan ta’sir ko‘rsatadi. Ma’anaviy ideal asosida jamiyatning ijitmoiy-siyosiy, ma’naviy- madaniy, iqtisodiy muhiti yo‘naltirilib borilgan. Chunki, tafakkuriy ahloqiy va amaliy yetuk shaxs (ma’naviy ideal)ga o‘zgalar ishonadi,unga ergashadi va bunday yetuklikka taqlid qiladi. U ibrat. Ma’naviy “ efir ” fitratida o‘qituvchi insonni o‘z-o‘zini va o‘zligini tanishi, aqliy va ruhiy uyg‘unlikni rivojlantirishi ezgulik, iymon, vijdon e’tiqodlilik va erkinlik , adolat, taraqqiyot, farovonlik tuyg‘ularini shakllantirishi va bunda o‘zi namuna bo‘lishi ifodalangan. O‘qituvchiga ma’naviy omil sifatida qadriyatli munosabatning asosiy jihati uning o‘zi yashayotgan jamiyatni , davlatni yuksalishini ta’minlaydigan va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirgan barkamol shaxsni kamol toptirish vazifasini bajarishi bilan belgilangan. O‘qituvchida shunday xususiyatlar bo‘lmasa yoki qaror topmagan bo‘lsa u to‘laqonli, bir butun va yaxlit shaxsni tarbiyalay olmagan. Demak o‘qituvchi o‘quvchining ongi, ma’naviyatli dunyoqarashi ( ma’rifati) ni korreksiya qiluvchi funksiyani bajaradi va bu bilan kuchli jamiyat rivojida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi Kasbingizdan topganlaringiz… O‘qituvchilik taqdirim, shuning uchun ilmiy pedagogik faoliyatidan tashqari boshqa ishni qabul qila olmayman. O‘quv xonasini muqaddas deb bilaman. O‘quvchilarni ich-ichimdan yaxshi ko‘raman. Ular ishlashimga kuch beradi. Mening faollik manbaim, hayot tomirlarim ular. Chiroyli va zavqli vaqtlarim ular bilan bog‘liq. Shuning uchun bu kasbdan nima topganim xususida o‘ylamaganman va o‘ylamasam ham kerak Ustozlaringiz haqida ikki og‘iz so‘z…. Hayot saboqlari, har hil fe’lli insonlar men uchun ustoz. Muqaddas kitoblar ustozlik qilgan. Salohiyatli so‘zi va ishi bir ziyolilar o‘gitini olganman. Oriyati baland, mag‘rur va bag‘rikeng, saxovatli, yaxshilikni unutmaydigan ota-onam, aziz ustozim. Bugun o‘qituvchi qanday maqomga ega ? O‘qituvchining qanday maqomda bo‘lishi avvalo o‘ziga bog‘liq. ”O‘ziga bog‘liq” degan tushuncha juda ko‘p ma’noni anglatadi. Bir so‘z bilan ifodalasak “Tomga chiqishni hohlagan odam, narvonni ham o‘ylab topadi”. Ramziy ma’noda 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar» kuni sifatida qadr makomiga ega. Shu kun munosabati bilan qadr makomidagi yurtdoshlarga mumtoz hurmat va ko‘z korachig‘iday azizlikni tilayman !

Jizzax davlat pedagogika instituti yutuq va kamchiliklar….

Institutimiz Jizzax davlat… degan so‘zlar bilan boshlanadi. Falsafa fanida olamdagi rivojlanish, munosabat, o‘zaro alokadorlik, bog‘lanish va alohida miqdor, sifat xususiyatini ochuvchi – umumiylik, xususiylik, ayrimlik kategoriyalari bor. Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi, anikroq aytsam ular ayni bir ayrim obektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. O‘qituvchilar intelekti kafedra salohiyatini, kafedralar salohiyati institut reytingini, institut reytingi (salohiyati) esa mamlakat reytingi (yuksalishi) ga tasir ko‘rsatishini tushunish ziyolilarga xos xususiyat. Muammo ongimizdagi illatlarda. Tafakkur o‘zgarmasa jamiyat (jamoa) o‘zgarmaydi. Agar jamiyatning old qatlami, ma’naviy omili, ideali, efiri, o‘qituvchining tafakkuri illatli bo‘lsa, narvondan ko‘tarilishimiz o‘ta sekin va qiyin kechadi. Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati