Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KIMYO DARSLARIDA ISHQORIY METALLAR  MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

Sidiqova Xulkar G’ulomovna-Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD. Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O’zbekiston.    Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo darsida ishqoriy metallar mavzusini interfaol ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish metodikasi yoritilgan.      Kalit so`zlar: Pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalar, ishqoriy metallar nazariyasi, eng muhim birikmalar, biologik ahamiyati, soda ishlab chiqarish, keys. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar o’quvchilar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan.    O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida o’quvchilar asosiy figuraga aylanadi. Zamonaviy sharoitda o`quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega talim shakllaridan to’g’ri foydalanish har bir yetuk pedagog uchun maqsadga muvofiqdir.  Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar o’z sohalari bo’yicha olib borayotgan mashg’ulotlarida zamonaviy interfaol ta`lim texnologiyalarni o’z  o`rnida qo`llashni bilishlari zarur. Ishqoriy metallar mavzusini o’qitishda quyidagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mumkin [1-2]. Kichik guruhlarda ishlash metodikasi. Kichik guruhlarda ishlash barcha o’quvchilarga (hatto eng uyatchanglarga ham) shaxslararo munosabatlar va hamkorlik ko’nikmalarini mashq qilishga imkon beradi. Xususan, bu yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklarni tinglash va hal qilish qobiliyatini shakillantiradi. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Sinfdagi o’quvchilar bir necha guruhlarga bo’linadi va  har biriga alohida – alohida savollar beriladi. Savollar o’quvchilarning bilim doirasini hisobga olgan holda beriladi.  
  1. Rashidova, K. X., & Toshpo’latova, D. (2021). Kimyo fanini interfaol metodlar asosida o’qitish. Журнал естественных наук1(4).
  2. Muradova, D. (2020). УДК 174 Atrof-muhitning ifloslanishi, uning turlari va ekologik xavfxatar mavzusini o’qitishda interfaol metodlarning qo’llanilishi. Архив Научных Публикаций JSPI.
  Guruhlarga topshiriq: 1-guruhga: Ishqoriy metallar va ularni atom tuzilishi haqida ma’lumot berish. 2-guruhga: Natriyning inson organizmida uchrashi va biologik ahamiyati haqida ma’lumot berish. 3-guruhga: Kaliyning inson organizmida uchrashi va biologik ahamiyati. Qanday oziq-ovqat mahsulotlarida kaliy elementi uchraydi? 4-guruhga: Sodaning ishlatiladigan sohalarini ayting. Uy-ro’zg’orda  soda nima maqsadlarda ishlatilishini bilasizmi? Topshiriq yechimi: 1-guruh javobi:  Mendeleyev davriy sistemasining I-guruhi asosiy guruhchasini tashkil etadigan elementlarlitiynatriykaliyrubidiyseziy va fransiy. Ular S-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog’onachasida  bittadan elektron boʻladi. Kimyoviy birikmalarda oksidlanish darajasi +1 ga teng . Barcha  ishqoriy metallar — asl metallar, kuchli qaytaruvchilar. Ular kimyoviy jihatdan faol bo’lib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Birikmalarda  asosan  ionli bog’lanish hosil boʻladi. Tartib raqamining ortishi va ionlanish energiyasining kamayib borishi bilan ning metallik xossalari maʼlum qonuniyat asosida kuchayadi. Davriy sistemaning har qaysi davri (birinchidan tashkari) shu elementlardan boshlanadi. Bu elementlar kislorod bilan birikib, R2oksidlarni hosil qiladi. Oksidlari suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, ROH ishqorlarni hosil qiladi. Ishqoriy metallar ning vodorodli birikmalari gidridlar boʻlib, RH formulaga muvofiq keladi. 2-guruh javobi:   Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Masalan, natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan natriy o’rnini to’ldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. Zaharli emas. Inson organizmida o’rtacha 70 g miqdorda bo’ladi. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma’lum va tirik organism uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. 3-guruh javobi:   Kaliy muskul to’qimasida  1.6%,  ilikda 0.21%, qonda 1620 mg/l miqdorda bo’ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1.4- 3.4 g bo’lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida o’rtacha 250 g miqdorda bo’ladi. Kaliy elementi muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak muskullarining ishini me’yorlashtirish) uchun zaruriy jarayonlarda ishtirok etadi. 4-guruh javobi:    Sanoatning ko’p tarmoqlaridan sodadan foydalaniladi, xususan, shisha ishlab chiqarishda , sellulozadan qog’oz tayyorlashda, to’qima materiallar tayyorlashda, yog’- moylardan sovun olishda, neft qazib olishda burg’ulash ishlarini yengillashtirishda, natriyning boshqa tuzlarini sintez qilishda ishlatiladi. Uy-ro’zg’orda soda Na2CO3*10H2O holatda kristalagidrat tuzi bo’lib, bevosita “kir sodasi” nomi bilan yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. NaHCO3 holida esa ichimlik sodasi deb ataladi, kundalik turmushda turli maqsadlarda ishlatiladi. “Besh daqiqali esse”- metodi. Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’uloti oxirida 5 daqiqa oralig’ida o’tkaziladi.  Yozma topshiriqning ushbu turi o’quvchilarning mavzuga doir o’z mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o’qituvchiga o’quvchilari o’quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlarga ko’proq  e’tibor  berishlari xususida fikrlash imkonini beradi [3-4]. Ushbu yozma topshiriq turida o’quvchilarga ikkita topshiriq bajarish : mazkur o’tilgan mavzu bo’yicha nimalarni o’rganganligi va ular baribir javobini ololmagan bitta savolni berishi so’raladi. Vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi 4-5 ta esseni tanlab tekshirishi mumkin, o’quvchilar yozgan tushunchalarini ovoz chiqargan holda sharhlashadi, qolgan o’quvchilar bilan muhokama qilinadi va umumiy xulosaga kelinadi.        “Muammoli vaziyat”  metodi – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga   olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar. Biz maktabda  “Ishqoriy metallar” mavzusini o’qitish jarayonida mavzuga oid quyidagi muammoli vaziyatlardan foydalandik:
  1. Diqqat qiling: Oddiy suvni qizdirib, “malina suvi” hosil qilish.
Og’zi berk, ichiga tuz solingan kolba shtativga o’rnatilib, kolba og’zi ochiladi va 5-6 tomchi suyuqlik tomizilib, asta sekin gaz gorelkasida qizdiriladi. Birozdan so’ng modda malina rangiga kiradi. Sovutilganda yana rangsizlanadi.  
  1. J.Ishmuхаmmеdоv «Innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаr yordаmidа tа’lim sаmаrаdоrligini оshirish yo‘llаri». T.TDPU. 2004 y.
  2. Toshpulatova Dilnoza, Sidiqova Xulkar., D.I.Mendeleeyning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonunini zamonaviy texnalogiyalar asosida o’qitish. Архив Научных Публикаций JSPI.
      Savollar:
  1. Kolbadagi tuzning nomi nima? Suyuqlikni-chi?
  2. Nima uchun sovutilganda modda rangsizlanayapti?
  3. Muammo yechimiga qanday takliflar bor
Manba: Organik kimyoga oid manbalar Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar:
  1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
  2. Muammoning yechimini  topishga  xizmat  qiluvchi  omillarni aniqlang.
  3. Aniqlangan omillar  orasidan  muammoga  barchasidan  ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
  4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
  5. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
  1. Tinglovchilar keys  mohiyatini  u  bilan  tanishish  orqali  kichik guruhda muhokama qiladi.
  2. Tinglovchi kichik  guruh  a’zolari  bilan  hamkorlikda  muammoni  hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
  3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
  4. Kichik guruh  a’zolari  umumiy  fikr  asosida  eng  muhim  omillarni bayon etadi.
  5. Kichik guruhlarning  fikrlari  tahlil  etiladi  va  umumiy  xulosa yasaladi.
O’qituvchining yechimi: Kolbaga natriy atsetat tuzi solinib, ustiga 5-6 tomchi fenolftalien eritmasi tomiziladi. Qizdirilganda natriy atsetat tuzi parchalanib, hosil bo’lgan natriy ishqori hisobiga malina rangiga kiradi. Sovuganda esa natriy atsetat tuziga aylanadi va eritma rangsizlanadi.
  1. Diqqat qiling: Shamlar nega o’chdi?
Husniya uzunchoq stakan olib unga 100 ml chamasi suyuqlik quydi.So’ngra tunukadan yasalgan zinapoyaning har pog’onasiga bittadan sham o’rnatib yondirgan holda stakanga tushurdi. Barcha shamlar yonib turaverdi. Husniya qo’liga 2-3 ta mayda tosh olib sekin stakanga tashladi. Shu ondayoq stakandagi suyuqlik qaynay boshladi. Shundan bir necha sekund o’tgach eng pastki zinapoyadagi sham o’z-o’zidan o’chib qoldi. Bir necha daqiqa o’tar-o’tmas stakan ichidagi shamlar pastdan yuqoriga tomon birin-ketin hammasi o’chdi. Savollar: 1.Stakanga solingan suyuqlik nima edi? 2.Husniya suyuqlikka qanaqa tosh soldi? 3.Nima uchun shamlar pastdan yuqoriga tomon o’chib bordi? 4.Muammo yechimiga qanday takliflar bor Manba: Anorganik kimyoga oid manbalar Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar:
  1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
  2. Muammoning yechimini  topishga  xizmat  qiluvchi  omillarni aniqlang.
  3. Aniqlangan omillar  orasidan  muammoga  barchasidan  ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
  4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
  5. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
  1. Tinglovchilar keys  mohiyatini  u  bilan  tanishish  orqali  kichik guruhda muhokama qiladi.
  2. Tinglovchi kichik  guruh  a’zolari  bilan  hamkorlikda  muammoni  hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
  3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
  4. Kichik guruh  a’zolari  umumiy  fikr  asosida  eng  muhim  omillarni bayon etadi.
  5. Kichik guruhlarning  fikrlari  tahlil  etiladi  va  umumiy  xulosa yasaladi.
O’qituvchining yechimi: Stakanga solingan suyuqlik suyultirilgan xlorid kislota (HCl) eritmasi, stakanga solingan tosh esa natriy karbonat (Na2 CO3)  zdi. Ikkala modda o’zaro reaktsiyaga kirishishi natijasi hosil bo’lgan karbonat angidrid (CO2)  gazi yonib turgan shamchalarni pastdan yuqoriga qarab o’chirib keladi. HCl + Na2CO3 = NaCl + H2O + CO2 Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan metodlar o’quvchilarga “Ishqoriy metallar” mavzusini o’qitishda mavzu bo’yicha olgan nazariy bilimlarini tahlil qilishga, amaliyot bilan bo’glashga, shuningdek, o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmalarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. “Ishqoriy metallar” mavzusini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanilganda ta’lim samaradorligi oshadi, o‘quvchilarning fan asoslarini o‘zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi. Interfaol texnologiyalar yordamida  ishqoriy metallar nazariyasi, eng muhim birikmalari, biologik ahamiyati, soda ishlab chiqarish haqida kerakli ma’lumotlar berish o’quvchilarning mavzuni a’lo darajada  o’zlashtirishiga va ta’lim samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.