Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/11/2023
Chop etish
11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari

Jizzax davlat pedagogika universitetida  11- noyabr  Kasaba uyushmalari” kuni  ko‘tarinki, yuksak saviyada nishonlash uchun keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan  universitetda  turli ko‘rinishdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, davra suhbatlari va  sport musobaqalari  o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Shunday tadbirlardan biri davra suhbati tarzida tashkil etildi. “Yangi O‘zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida, kasaba uyushmalarining  faoliyati, uning bugungi kundagi tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  

Davra suhbatida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J.Majidov, Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori G.Qo‘shoqova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori R.Yarmatov, o‘qituvchi G.Xudoynazarovlar  davra suhbati mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Tadbir qiziqarli va samarali o‘tdi, ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbatda barcha ishtirokchilar faol bo‘lishdi


Ulashish:
1 032
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.