Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’limi

Bo’lim boshlig’i:

Yaxshiliqov Sanjar To’yli o’g’li

Telefon: +(99895) 095 53 30

Elektron manzil: yakhshilikov@jdpu.uz

Qabul kunlari: dushanba — shanba 08:30-17:30

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’limi vazifalari:

  • Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education (THE), Round University Ranking (RUR) va boshqa bir qator nufuzli xalqaro rayting agentliklari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish.
  • Nufuzli xalqaro reytinglar agentliklarining qanday yo’nalish asosida ish olib borishini o’rganish. JDPU ga yo’nalish jihatidan mos keladigan agentliklar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda shu reytinglarda yaxshi natijaga erishish uchun universitetning “Yo’l xaritasini” ishlab chiqish.
  • Universitetni nufuzli xalqaro reytinglar ro’yxatiga kiritishga tayyorlash uchun chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish
  • Nufuzli xalqaro reyting web sahifalarida universitet rasmiy profillarini ochish.
  • Xalqaro reyting kompaniyalari uchun universitet ma’lumotlarini to’plash, tahlil qilish va talab qilingan ma’lumotlarni taqdim qilish. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun takliflar berish va tashabbus ko’rsatish.
  • Taqdim qilingan ma’lumotlarni doimiy yangilab turish hamda reyting kompaniyalaridagi ma’lumotlarga solishtirish va zaruriy hollarda yangilangan ma’lumotlarni reyting agentliklariga taqdim qilish.
  • Nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan tan olingan jurnallar bilan aloqalar o’rnatish.
  • Universitet ilmiy xodimlari tomonidan xalqaro tan olingan jurnallarda chop etilgan maqolalar statistikasini o’rganish, tahlil qilish va xalqaro reyting kompaniyalariga taqdim qilish.
  • Universitet fakultet va kafedralariga Xalqaro reyting agentligi haqida ma’lumot yetkazish va bu orqali reytingda yuqorilash uchun ularning faolliklaridan foydalanish.
  • Universitet reytingida fakultet va kafedralarining tutgan o’rnini aniqlash.
  • Xalqaro reyting agentliklari tomonidan tashkil qilingan turli xil webinar, seminar va konferensiyalarda faol qatnashish.
Xalqaro reytinglardagi natijalar