Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil…

1-Oktyabr “ O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilanUstozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil… “ ruknining navbatdagi sonida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti “ O‘zbek adabiyoti o‘qtish metodikasi “ kafedra mudiri Usmonjon Qosimov o‘z fikrlari bilan qatnashadi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
O‘qituvchilik sharafli kasb… O‘qituvchi qanday inson ?Aslida u qanday bo‘lishi kerak? Bu savollarga A. Navoiy hikmatlari va saboqlari eng to‘g‘ri va ibratli javob bo‘ladi deb o‘ylayman. Navoiyning mashhur starlarida ifodalangan shart va talablar ham e’tiborli: Haq yo‘lida, ya’ni Olloh yo‘lida beg‘araz, beta’ma saboq berish kerakligini uqdirgan, ikkinchidan esa, Ustozning dars-sabog‘i talablarni haqiqat, to‘g‘rilik va ezgulikka boshlashi lozim. Ya’ni, o‘zgalarga saboq berish uchun ustozbir umr o‘qitish-o‘rgatish mashaqqaktini, ranj-zahmatini chekishi talab etiladi. Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Barchamiz uchun birinchi ustoz ota-onamiz bo‘ladi. Yaxshi ota-onalar farzandlariga , yaqinlariga, qo‘ni qo‘shni va mahallasidagilariga ham so‘zi, ishi va to‘g‘ri maslahati bilan ta’sir o‘tkaza oladi. O‘qituvchi-ustozlar esa yuzlab minglab yoshlarga saboq berishi va ularning ongu –tafakkuriga , qalbiga ta’sir o‘tkaza olishi mumkin. O‘qituvchi-murabbiylarning hayotda va jamiyatda tutgan yuksak mavqe-martabasining qadri ha zimmasidagi vazifasining muhim va sharafli ekanligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Shu boisdan ham shoiru mutafakkirlar: Ustoz –muallimsiz qolsa bir zamon, Faro bo‘lur edi btun jahon.. deya, o‘qituvchilik kasbi qanchalar ulug‘ligini ta’kidlashgan, ayni paytda uning jamiyat va halq oldidagi burch –ma’suliyati nechog‘liq yuksak va sharafli ekanligidan ham ogoh etganlar. Chinakam o‘qituvchilik darajasiga yetishish uchun umrbod izlanish va hayotni mutassil o‘rganish, teran mushohada qilish qobiliyati kerak bo‘ladi .O‘quvchilarga saboq berish uchun, o‘qituvchi ulardan o‘n , balki yuz karra ko‘p o‘qigan, uqqan va anglab yetgan bo‘lishi ana shu yuksak talablarning biridir. Maktabga 1-sinfga borgan kunlarimni tez-tez eslayman.Yoshim kichkina bo‘lsa ham aklarimga va qo‘shni bollarga ergashib borganman. Ayniqsa Sarmish qishlog‘idan birinchi muallimimiz To‘raqul Ostonaqulov, Turg‘unboy Anorqulov, Jo‘raboy Shodmonquov kabi fidoiy ustozlarimiz har bir o‘quvchiga e’tiborli bo‘lgani xotiramizda qolgan. Ular meni rag‘batlantirgan”Qosim boboning kichkina o‘g‘li hozirdan kitobni sharillatib o‘qiydi.Hali ko‘rasizlar, u Aspiranturada o‘qiydi, olim bo‘ladi “ , deb maqtanishgani akalarimm va qo‘shnilarimiz ota-onamizga aytgan.Shu qishloq muallimlarining bolalardagi qiziqish va qobiliyatni juda erta payqaganlari va 15-20 yil oldin ularning kelajagini ham bashorat qila olganligidan hayratlanamiz.   Kasbingizdan topganlaringiz Talabalak davrimizda ham shunday yetuk ustozlardan ta’lim-tiarbiya olganimizni hayotning tuhfasi , taqdirning katta bir mukofoti deb bilaman. Otamning o‘qishga, ilm va ijod ahligi munosabati ibratli bo‘lgan. “Mehnatning og‘iri o‘qish, ilm olish “,- der edi otam. 1966 yil otam meni Namanganga io‘qishga oq fotiha berib yo‘llagan. Omadim kelib , Namangan davlat pedagogika instituti,( hozirgi universtitet)ga o‘qishga kirganimda, otam behad suyungan. Lekin sezishimcha, otam meni oliy dargoxda tahsil olayotganimdan va hatto “ a’lo “ baholarimdan ko‘ra ham devonai Mashrabning tabarruk zaminida o‘qayotganimdan behad suyunardi. Mashrab haqidagi ko‘plab hayratangiz hikoyatlarni so‘zlab berardi. Kirish imtihonlarida yuzdan ortiq abuturientlari ichida mening inshom a’lo baholangan ekan. Og‘zaki imtihon olayotgan domlalar meni to‘xtatib, “ Inshodan besh olagn sizmisiz . Agar o‘qishni Toshkentga ko‘chirib ketmasangiz, sizni institutimizga ishga olamiz “- deyishgandi. Darhaqiqat, meni 3- kursdan laborant qilib ishga olishdi. Darslarni xuddi she’r kabi maroqli o‘tadigan, yuz – ko‘zlaridan nur yog‘ilib turadigan fors tili o‘qituvchimiz dotsent Dadaxon Eshondadaev bir gal bizdan beto‘xtov va to‘xtovsiz so‘zlarining ma’no farqlarini so‘rab qoldi. Da’fatan javob berishga o‘ylanib qoldik. O‘qituvchimiz esa o‘zining yuksak sharqona madaniyati bilan bizni xijolatga qo‘ymasdan, bu so‘zlar ma’lum darajada farqlanishini aytib , qisqagina tushuntirishdan so‘ng bizga bunga ishonch hosil qilish uchun Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasini diqqat bilan qayta o‘qishni maslahat berdi. Yillar o‘tib, badiiy adabiyot va uning tilidagi tag ma’nolarga ham jiddiyroq ahamiyat beradigan bo‘ldik. Endi bilsak har bir darsning hayotiy mazmundorligi va tarbiyaviy–estetik ahamiyatiga alohida e’tibor beradigan ustozimiz bizni ko‘proq mustaqil fikrlashga va mavzuga ijodiy yondoshishga ham o‘rgatib borgan ekan. Ustozlaringiz haqida ikki og‘iz so‘z.. O‘tgan yillardagi jo‘shqin hayotimizni, “ yeldek yugurik” (Navoiy) umrimizni sarhisob qilsak, nurli xotiralar bilan birga, oltinga teng talabalik davrimizning necha oy –kunlari besamar ketganligidan ko‘nglimizda o‘kinch va armonlar ham seziladi.Ya’ni buyuk ajdodlarimiz tarixi va merosini, yuksak umuminsoniy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan mumtoz adabiyotimiz durdonalari va unutilayozgan milliy qadriyatlarimizni mehr bilan o‘rganishga hozirgidek keng imkoniyat uyoqda tursin, aksincha, ularni o‘qish ham ta’qiqlab qo‘yilgan edi. Ularning o‘rniga “marksizm-leninizm ta’limoti ”, “ ilmiy kommunizm” va “ ilmiy ateizm asoslari “ kabi hukmron mafkuraning biryoqlama va “ sovuq” siyosiy fanlarini majburan o‘qishga zo‘r berib, bilim saviyamiz, ruhiyatimiz va tafakkur-dunyoqarashimizni cheklab, ma’naviyatimizni kemtik va qashshoq qilib qo‘yganligimiz-achchiq haqiqat. Mehnatdan qochmaganimiz, sport va sa’natga ham astoyidil qiziqqanmiz. Ammo takrorlanmas yosh umrimizning ancha yillari g‘o‘za chopig‘i , paxta terimi-yu sholi o‘rimilarida o‘tib ketganiga o‘kinamiz. Bugungi yoshlarga havasimiz keladi. Ulardan umidimiz katta. Bugun o‘qituvchi qanday maqomda ? unga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar yetarli deb o‘ylaysizmi ? Talabalik davrimiz o‘zining tashvish-quvonchlari bilan6 har birimizning hayotimizda chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, o‘zlarining keng bilimi va unitilmas hayotiy saboqlari bilan ong-shuurimizni va qalblarimizni boyitgan, bizni mudom ezgulikka boshlagan fidoiy ustozlarimiz Nuriddin Boboxo‘jaev, Salohiddin Jamolov, Dadaxon Eshondadaev, Odiljon Nosirov, Tojiddin Akramov, Muhammadjon Ziyoviddinov, Oliyaxon G‘afforova , Soyibjon To‘lakov, Adham Abdullaevlarning nomlarini hamisha minnatdorlik bilan yodga olamiz. 17-18 yoshli o‘spirin bo‘lgan biz kabi g‘o‘r va tajribasiz shogirdlariga shuncha yillar sabot bilan beminnat saboq berib , otalarcha mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, lekin evaziga bizdan bir piyola choy ham ta’ma qilmaganlar…Mana shu fazilatlari uchun ham ularga hamisha qalban ta’zim qilamiz. Vodarig‘ki, ularning ko‘pchiligi endilikda olamdan o‘tishgan va qadrdon kursdoshlarimizdan ham bir nechalari bugun qatorimizda emasligi – biz uchun og‘ir yo‘qotish. Bugungi kunda o‘qituvchi kasbining naqadar ulug‘lanib, ularga ko‘rsatilayotgan chekschiz e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetgudek quvonamiz.40-50 yillik hayotiy va pedagogik tajribamiz bilan yosh avlodni tarbiyalashdek ezgu ishlarga kamarbasta bo‘lib kelayotganimizdan o‘zimizni baxtli his etamiz. Aslida insonlarga xos kamtarona bir umrguzaronlik-yashash shu bo‘lsa kerak. JDPI dagi yutuq va kamchiliklar … Jizzax davlat pedagogika institutida ham oliy o‘quv yurtlaridagi professor –o‘qituvchilardan qolishmaydigan ko‘plab bilan bir qatorda yosh salohiyatli, o‘zlarining zamonaviy tafakkuri va innvatsion g‘oyalari bilan oliygox ilmiy salohiyatini oshirishi yo‘lida boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan ustoz va talabalarimiz bor. Afsuski, ko‘p sonli professor-o‘qituvchilar orasida necha yillardan buyon o‘z ustida ishlamayotgan va halqimizning ishonchi va g‘amxo‘rligini qadrlamayotgan, faqat kun o‘tsa bo‘ldi deya o‘zini ham, jamoani ham orqaga tortayotgan ma’suliyatsiz dardisar hamkasblarimiz ham yo‘q emas. Mana shunday layoqatsiz, g‘ayrati va hamiyati sust pedagoglar hisobiga institutimiz respublikamizdagi OTM orasida past o‘ringa tushib qolayotganligi barchamizni tashvishlantirishi lozim. Tilaklaringiz… Bayram arafasida barcha hamkasblarimizga O‘qituvchi degan sharafli nomga munosib bo‘la olishdek yuksak ma’suliyat va baxt tilayman. Shunda bizdan yoshlarimiz ham , halqimiz ham rozi bo‘ladi…
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati