Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

TASVIRIY SAN’AT MAKTABLARDA O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION  USULLARDAN FOYDALANISH

Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna- Baymurzayeva77@gmail.com “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi   Annotatsiya: Maqolada sanat maktablarida tasviriy sanat darslarida innovatsion usullardan  foydalanish orqali o’quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish keltirilgan Kalit so‘zlar: Estetik, istedod, tabaqalashtirish, individual, usul, daraja, ijodiy fikrlash. Аннотация: В статье представлено дальнейшее развитие способностей учащихся за счет использования инновационных методов на уроках изобразительного искусства в художественных школах.      Ключевые слова: Эстетика, талант, дифференциация, личность, метод, уровень, творческое мышление. Annotation: The article presents the further development of students’ abilities through the use of innovative methods in visual art classes in art schools Key words: Aesthetics, talent, differentiation, individual, method, level, creative thinking. “Mustaqillik bilan bog’liq, barcha ijtimoiy – iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga aloxida e’tibor berdi. Zotan, takomil ma’naviy madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyatlarni yanada yuqori bosqichga ko’tarmasdan turib, yang jamiyatni, yangi ijtimoiy – tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpoetish mumkin emasligi ayon bo’ldi», – deb yozadi Prezident I. A. Karimov. Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy ongini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi tashabbus yoshlarning estetik didlarini, ma’naviyatini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-xunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan. Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Maxsus san’at maktablarida tasviriu san’at darslari samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turlaridan biri tabaqallashtirilgan ta’lim texnologiyalari hisoblanadi. O‘quvchilarga tabaqalashtirib mashg‘ulotlar olib borishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish maqsadga muvofiq. 1.Tabaqallashtirilgan ta’limni tashkil etishdan maqsad va uning usullari. 2. Tabaqallashtirilgan ta’lim mazmuni va tabaqallashtirilgan ta’lim metodikasi. 3. O‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab tabaqallashtirilgan ta’limning turlaridan foydalanish. 4. Tabaqallashtirilgan ta’limga doir tashkiliy, uslubiy va moddiy texnik bazaning yetarliligi. Tasviriy san’atga ixtisoslashgan maktablarning tasviriy san’atdan mashg‘ulotlarni tashkil etishda tabaqallashtirilgan ta’lim o‘quvchilarni individual tarzda,  shuningdek, guruhlarga ajratib o‘qitish, ularning mustaqil ishlarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha ularning bilim va malakalarini izchillikda rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, layoqatini hisobga olib, mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali dars samaradorligini oshirishiga erishadi. Ma’lumki, barcha o‘quvchilarning qobiliyatlari va har bir fanga bo‘lgan qiziqishlari, psixo-fiziologik va estetik jihatdan tayyorgarlik xususiyatlari turlichadir. Shu sababli o‘quvchiga berilayotgan bilimlar va shu asosida tashkil etilayotgan metodika hamma o‘quvchilarga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Natijada, ular o‘quv materiallarini bir xil o‘zlashtirmaydilar. Bunda o‘quvchilarga qanday pedagogik ta’sir ko‘rsatilganda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligi muammosi paydo bo‘ladi. Uning samarali yo‘llaridan biri ta’limga tabaqallashtirilgan yondoshuvdir. Ayrim pedagog-olimlarning asarlarida tabaqalashtirilgan ta’limning mohiyati, uning ilmiy asoslari chuqur tahlil qilib berilgan. Ularning asarlarida ilg‘or va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual ishlash bo‘yicha tajriba to‘plaganlar. Pedagogika nazariyasi va mutaxassis pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta’limning ikki turi ishlab chiqilgan: – darajali tabaqalashtirish. – ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish. Darajali tabaqallashtirish ikki turga bo‘linadi. Individual ta’lim. Bunda o‘quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab har bir o‘quvchi bilan alohida-alohida ish olib boriladi. Guruhli ta’lim. Bunda o‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o‘qitiladi. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o‘rgatish, o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bular qatoriga tasviriy san’atni chuqur o‘rgatadigan fakultativlar, to‘garaklar kiradi. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida tasviriy san’atdan tabaqalashtirilgan ta’limning quyidagi turlari mavjud:
  • tabaqallashtirilgan guruhlarda olib boriladigan ta’lim;
  • individuallashtirib o‘qitiladigan guruhlar bilan utkaziladigan ta’lim.
Bu yo‘nalishlar ham darajali, ham ixtisoslashtirilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda pedagogik amaliyotda boshqa fanlar qatori tasviriy san’atdan ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar, fakultativ kurslar ko‘p yillardan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Tabaqallashtirilgan ta’lim haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib o‘qitishning ijobiy jihatlari haqida to‘xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:
  1. Sinfdagi barcha o‘quvchilar dastur materiallarini o‘zlashtirishga erishadilar.
  2. Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o‘sish kuzatiladi va u o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlari oshadi.
  3. Sinfdagi barcha o‘quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o‘zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o‘quvchi yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhiga o‘tishiga harakat qiladi. Yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhidagi o‘quvchilar esa past o‘zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.
  4. O‘quvchilarni qobiliyati va imkonyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular tomonidan o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirishda zo‘riqish hollari ro‘y bermaydi.
  5. Sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlari ham qondiriladi.
  6. Tabaqallashtirilgan ta’lim uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam beradi.
Ko‘pchilik mutaxassislar o‘quvchilarni (past, o‘rta, yuqori) o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar guruhlariga ajratib o‘qitishning ma’qullagan holda, uni yuqori, shuningdek, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faoliyatida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham qayd qilishadi. Xususan, ular yuqori o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarda manmanlik, boshqalardan o‘zlarini ustun qo‘yish yoki ularni mensimaslik, o‘ziga ortiqcha baho berish, boshqalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish kabi xislatlarda kuzatilishini qayd qilishadi. Shu bilan birga bu toifadagi o‘quvchilarda qo‘rquv xissi ham paydo bo‘ladi. Chunki ular topshiriqlarni yuqori darajada bajarmaganliklari oqibatida yuqori guruhdan quyi guruhga tushib qolishlari ham mumkin. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa tabaqalashgan guruhlarda o‘zlarini kamsitilgan, uquvi yo‘q deb hisoblaydilar. Ko‘pincha tengdoshlari, aka-uka, ota-onalari orasida o‘zlarini aqli kalta odamlardek his etadilar. Natijada, ular tushkunlikka tushib, o‘qishga havaslari qaytadi. Guruhlariga qo‘shilmay, ular tengdoshlariga aralashmaydigan odamovi bo‘lib qoladilar. Bora-ora bu toifadagi o‘quvchilarga o‘qituvchi, ota-onalar, kursdoshlari tomonidan bildiriladigan turli tanbeh va dashnomlari ularning ruhiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Natijada bu hol ularni hamma narsaga, har qanday gaplarga befarq bo‘lib qolishlari va rivojlanishdan to‘xtab qolishlariga olib keladi. Tasviriy san’at o‘qituvchisi tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishga kirishar ekan, uning yuqorida qayd qilingan ham ijobiy, ham salbiy jihatlariga to‘g‘ri yondoshib ish olib borishi kerak. Masalaning ana shu nozik jihatlarini hisobga olib, o‘quvchilarni guruhga ajratganda sinfdagi qobiliyatli, qobiliyatsiz, o‘zlashtiruvchi, o‘zlashtirmovchi, yuqori, quyi so‘zlarning o‘rniga oddiygina qilib birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tabaqalashtirish o‘qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qator uning murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o‘qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg‘ulot olib borishi bilan bog‘liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san’atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika vositalari kerak bo‘ladikim, ularsiz mashg‘ulotlarni talablar darajasida tashkil etib bo‘lmaydi. Masalaning qiyin va murakkab jihatlaridan yana biri bu o‘qituvchining o‘quvchilar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishligidir. Ma’lumki, har bir shaxs, o‘zicha bir dunyo, shu qatori tasviriy san’atdan bilim malakalari ham bir-biridan farq qiladi. Buning uchun ustiga o‘quvchilardagi o‘ziga xoslik shunchalik turli-tumanki, ularni aniqlash nihoyatda mushkul. O‘quvchilarni har jihatdan bilish uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar orasida pedagogik va psixologik tashxis o‘tkazishi zarur bo‘ladi. Bu ish bavosita quyidagilar bilan bog‘liq: o‘quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg‘ulotlar uchun bo‘lgan shart-sharoitlari v.b. Yuqorida qayd qilingan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, o‘qituvchi o‘z fanidan o‘quvchining tasviriy san’atga doir bilim va malakalarini bilishi kerak bo‘ladi. Bu borada o‘qituvchi dars jarayonida har bir o‘quvchining ijodiy jihatdan o‘sishni ham bilib turishi zarur.   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Karimov I.A. “Ma’naviy yuksalish yo’lida”. IT. O’z. Nashr.1998
  2. N.Oripov “Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi”.-Toshkent.”Ilm ziyo”.2013.
  3. Hasanov. Maktabda tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasi. T.”FAN”, 2004.