O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi №78-F sonli Farmoyishiga bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilda respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida 23 aprel kuni institutda “Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishini institut rektori, professor Sh.S.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisida ZOOM tizimi orqali Rossiya davlati, Stavropol davlat pedagogika instituti Jeleznovodsk filialidan pedagogika fanlari nomzodi Nazarenko Natalya Nikolaevna, sotsiologiya fanlari nomzodi Perepyolkina Nataliya Aleksandrovna, pedagogika fanlari nomzodlari Burakova I.S., Serebrennikova A., iqtisod fanlari nomzodi Xubulova Veronika Vasilevna, Fransiya davlatidan, Fransiyaning Nim shahridagi Nemis ta’lim savdo instituti sotsiologiya fanlari doktori GLENAT Jan-Mark, akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti “Ijtimoiy – gumanitar fanlarni ӯqitishda zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsentlari Homidov Abdurasul Abduqodirovich, Abdukarimov Jamoliddin Ahmadalievich, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Raqamli iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i, akademik, professor, iqtisod fanlari doktori G‘ulomov Saidaxror Saidahmedovich, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali “Raqamli iqtisodiyot va matematik fanlar” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Shermuhamedov Abbos Tairovich, Jizzax davlat pedagogika instituti ta’limda axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti S.Usmonovlar o‘z ma’ruzalari tinglandi.
Shu’ba yig‘ilishlari “Kredit modul tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish”, “Ta’limda raqamli dunyo imkoniyatlari”, “Sun’iy intellekt va robototexnika”, “Xorijiy tillarni o‘rganishda axborot texnologiyalarining o‘rni”, “Dasturlash asoslarini o‘qitish, muammolar va yechimlar”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish” kabi mavzularida olib borildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya kun tartibida belgilangan ilmiy yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga, fan va ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini uzluksiz ravishda rivojlantirib borishga va komil shaxsni shakllantirishga o‘z xissasini qo‘shadi.