Qatagʼon qurbonlari xotirasi muzeyi
Ergasheva Baxtigul Sarimsoqovna
Telefon: +998 97 295 97 25
Ish vaqti: 8.30 – 17.00
Elektron manzil: ergashevabaxtigul15.05.1995@gmail.com
Fond nazoratchisi
Telefon: +998 90 265 61 62
Lektor-ekskursovod
Telefon: +998 90 265 27 87
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil «Shahidlar xotirasi» xiyoboni va «Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi» ga tashriflari chog’ida: «Bu muzey – muzeylarning muzeyi bo’lishi kerak!», «Bu kabi muzeylar har bir viloyat markazlarida, hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida bo’lishi lozim», degan topshiriqlari ijrosi natijasida El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko’p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to’laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag’onlar tufayli qurbon bo’lgan, insoniylik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 936-sonli qarori asosida 2018 yil 31 avgust kuni Jizzax davlat pedagogika instituti tuzilmasida Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil qilindi.
Muzey ekspozitsiyasi 8 bo’limdan iborat:
- Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mahalliy xalqning bunga qarshi kurashi;
- Milliy uyg’onish harakati, uning namoyon bo’lishi va amaliy yo’nalishlari;
- Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi va sovet davlati qatag’onlik siyosatining boshlanishi (1917-1924-yy.);
- O’rta Osiyo mintaqasida zulm va bosqinchilikka nisbatan qarshilik harakati (1918-1924 yy.);
- Sovet hokimiyatining “kollektivlashtirish” va “quloqlashtiish” siyosati, uning fojiali oqibatlari (1930-1936 yy.);
- 1937-1938 yillardagi siyosiy qatag’onlar;
- 1980 – yillardagi «Paxta ishi» kampaniyasi;
- Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag’on qurbonlari xotirasining badiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo’lida amalga oshirigan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr).
Muzey zalida 2020-yil 9-mayda Toshkentda ochilgan “Shon-sharaf” muzeyi uchun Jizzax viloyatidan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan shaxslar to’g’risida Viloyat hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Viloyat tarixi va madaniyati muzeyi, Viloyat davlat arxivi bilan hamkorlikda urush ishtirokchilari to’g’risida ma’lumotlar, rasmlar, tarixiy hujjatlar, kiyim va buyumlar, orden va medallar to’plandi. To’plangan materiallar asosida 2020 yil aprel oyida ko’rgazma tashkil etildi va albom tayyorlandi. Respublikada albom 1-o’rinni egalladi. Yig’ilgan eksponatlar “Shon-sharaf” muzeyiga olib ketildi, 102 ta hujjat (jang maydonida bedarak yo’qolgan shaxslar to’g’risidagi xabarnomalar, qahramonlarcha vafot etgan askarlar to’g’risidagi qora xatlar), 6 ta rasm, 2 ta buyum (sumka, radio priyomnik), 46 ta orden va medal muzey ko’rgazmasiga esdalik sifatida qoldirildi. Muzey xodimlari tomonidan “Ayollar milliy kiyimlari” ko’rgazmasi ham tashkil etilib, Baxmal, Zomin, G’allaorol tumanlari qishloqlarida ayollarimiz tomonidan foydalanilgan 20 ga yaqin kiyimlar: minsak (chopon), delagay, paranji, ro’mol, jelak bosh, janoza marosimlarida foydalanilgan belbog’, chimildiq, kashta namunalari o’rin egallagan. 2021yil 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar» kuni munosabati bilan “Ustozlar yodi-doim barhayot” mavzusida ko’rgazma tashkil etilib, institut tarixiga bag’ishlangan ma’lumotlar, rasm-al’bomlar, vinetkalar bilan boyitildi. Muzey tomonidan Jizzax viloyatini «Xotira» kitobi uchun materiallar Viloyat davlat arxivida joriy yilning mart oyida muzey direktori B.Ergasheva, fond nazoratchisi A.Yunusova, lektor-ekskursovod H.Bo’riyeva hamda Viloyat Jinoyat ishlari bo’yicha sudi sudyasi Sh.Xudoyarov va sud xodimlari bilan hamkorlikda arxivda saqlanayotgan “Paxta ishi” bo’yicha Jizzax viloyatidan 75 nafar shaxsning hujjatlari ko’rib chiqildi. Shuningdek, Jizzax viloyati Jinoyat ishlari bo’yicha sudi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon tumanidan “Paxta ishi” bo’yicha tergov jarayonlari olib borilgan. Arxivda mavjud 23 nafar shaxsga tegishli hujjatlar ham ko’rib chiqildi. Hujjatlardan 78 varaq hujjat nusxasi muzey fondiga olindi. Muzey direktori B.Ergasheva yanvar, fevral oylarida Zomin (475 nafar shaxsni ism-familiyasi), G’allaorol (100 nafar), Forish (150 nafar) tumanlar davlat arxivlarida 1931-1933 yillarda quloq qilingan shaxslarning hujjatlarini o’rgandi va hujjatlardan 175 varaq hujjat nusxasi muzey fondiga olindi.
2021-yil davomida muzeyga tashrifchilar 10628 nafarni tashkil etdi. Muzeyda hozirgi kunda 1550 ta eksponat mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-sonli «Qatag’on qurbonlarining merosini yanada chuqurroq o’rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoyishning imzolanishi Qatag’on qurbonlari nomlarini tiklash, ularning xotirasini abadiylashtirish va merosini o’rganish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi yo’lida jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini kelgusi avlodga to’liq va mukammal yetkazish maqsadida ko’p jildlik “Qatag’on qurbonlari» (Xotira) kitobini nashrga tayyorlash va chop etish belgilandi. Qatag’on qurbonlari xotira kitobiga Jizzax qo’zg’oloni bo’yicha 251 nafar, 1917-1924 yillar Milliy istiqlol fidoyilari ishtirokchilaridan 8 kishi aniqlangan bo’lsada 2 nafar, 1931-1933 yillar «Quloqlashtirish siyosati» bo’yicha 390 nafar, 1940-1950 yillar bo’yicha ham 5 nafar, «Paxta ishi» bo’yicha 106 nafar shaxsni nomi kiritildi. Muzeyi xodimlari tomonidan 1655 nafar Jizzaxlik qatag’on qurbonlarini nomlari nomma-nom aniqlandi. Qatag’on qurbonlari xotira kitobining talab va me’yorlariga ko’ra 1057 nafar shaxsni nomi kiritildi.
Istiqbolda qatag’on siyosati qurbonlari bo’lgan ota-bobolarimizning nomlarini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish, qatag’onga uchragan davlat va jamoat arboblari namoyondalari haqida ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, tarixchi olimlarning bosh vazifasi hisoblanishi zarur. Chunki, tarixni bilish “Inson-aziz, xotira-muqaddas” shiori asosida yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat, ularning ko’rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ’ib qilish yoshlarni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalarida ta’kidlaganidek: «El yurtimiz ozodligi yo’lida xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy qadriyatlarimizni himoya qilishda, mustamlakachilikga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lgan yurtdoshlarimiz xotirasi, minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi».