Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash eng ustuvor vazifadir.
Davlat rahbari tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish orqali oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyati samaradorligini xalqaro talablar darajasiga moslashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim dasturlarini xalqarolashtirish orqali milliy mehnat bozoridagi o‘ziga xos raqobat sifatini ta’minlash hamda xalqaro mehnat bozor uchun ham raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash har bir oliy ta’lim muassasasining strategik vazifasiga aylanishi lozim.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim siyosatidagi hamda ta’lim eksportidagi roli bu pedagogika sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlar sifati xalqaro ta’lim dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi bilan belgilaniladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida xalqaro darajada pedagoglarni tayyorlash orqaligina haqiqiy ta’lim eksportidagi rolini ko‘rsatishi mumkin.
Ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda universitetda hamda Prezident maktablari tajribasi asosida talabalarda xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha ko‘nikmalarlarini shakllantirishga harakat qilinmoqda. Bugungi kunda universitet bitiruvchi kurs talabalardan 13 nafarning malakaviy amaliyotlari Prezident maktabida tashkil qilinmoqda hamda bu talabalar Prezident maktablariga zaxira kadr sifatida tayyorlanmoqda. Prezident maktabi tajribasida bu talabalar xalqaro STEAM fanlarini o‘zlashtirmoqda. Hozirgi vaqtga kelib 4 nafar talaba amaliyot natijasida Prezident maktabiga ishga qabul qilindi.
Prezident maktablari talablari asosida o‘qituvchilar tayyorlash bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarida ham xalqaro dasturlar asosida o‘qitadigan pedagoglarni tayyorlash muhim vazifadir. Yaqin 5-yillikda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajali pedagoglardan ko‘ra xalqaro ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan pedagoglarning qiymati, nufuzi oshib boradi.




Mazkur ustuvor vazifalarni anglagan holda joriy yilning 24-apreli kuni magistratura 1 kurs bosqich talabalariga Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Master STEAM xususiy maktab mas’ullari bilan birgalikda xalqaro toifadagi pedagoglarni tayyorlashga qaratilgan seminar tashkil qilindi. Seminarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari oshirish, xalqaro ta’limdagi imkoniyatlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.