Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ARDUINO PLATASI YORDAMIDA SVITADIODLARNI DASTUR YORDAMIDA BOSHQARISHNI TALABALARGA O’RGATISH ORQALI TEXNIK TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH

M.Q.Yo’ldoshev, X.E.Majidova  – Jizzax Davlat pedagogika universiteti Texnologik talim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi o‘qituvchilari  +99 888-328-68-98 e-mail: mirjalolyoldoshev1992@gmail.com   Annotatsiya Ushbu maqolada Texnolik ta`lim yo’nalishi talabalariga Arduino platasi orqali  svitadiodlarni dastur yordamida boshqarish haqida fikrlar bayon qilingan. Kalit so’zlar: arduino, svitadiod,  maketniy plata, pap-papa sim, USB kabel.   Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar asosida, oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimni takomillashtirish, xususan, o‘quv jarayonida rabototexnik vositalardan foydalanishni keng joriy etish orqali texnologik ta’lim yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga so‘ngi yillarda alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish maqsadida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish”1. “Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohatlar talablariga to’la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o’zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo’yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurutuvchi shaxsni shakllantirish dolzarb muommo hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim Davlat ta`lim standartlarining texnologik ta`lim o’qituvchilariga qo’yiladigan yangi, yanada yuqori talablari bilan bir qatorda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari,  mexanizmi, metodlari hamda texnologiyalarini ishlab chiqishga ham alohida etibor qaratilmoqda”2. Bu borada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda, rabototexnik vositalardan foydalanib,  texnik tafakkurini shakllantirib uni yanada takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Rabototexnika vositalari asosida dastlab  sodda dasturlar yordamida boshqariladigan qismlarni, so’ngra murakkab dasturlar tuzish orqali butun bir mezanizmni boshqarishni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ko’chalarda avtomabillar harakatini tartibga soluvchi svetaforlarning ishlash tamoyilini ko’rib chiqamiz. Svetaforni yasashdan oldin, dastlab oddiy bitta svitadiodni, so’ngra ikkita va undan ortiq svitadiodlarni turli vaqt rejimlariga bog’lagan holda boshqarishni ko’rib o’tamiz. Svitadiodlarni dastur yordamida boshqarish uchun kerak bo’ladigan qismlar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Bunda bizga arduino plata, svitadiodlar, papa-papa similar, USB kabel hamda marketing plata kerak bo’ladi. 1-rasm Arduino plata Arduino – bu unchalik katta bo’lmagan plata bo’lib o’zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo’lgan qurilma hisoblanadi3 (1-rasm). Svetodiod (yorug‘lik diodi) arsenit – fosfid – galiy asosida yasaladi. Svetodiod orqali tok o‘tganda u o‘zidan yorug‘lik chiqaradi (2-rasm). 2-rasm. Svitadiodni tuzilishi USB – arduino platasi bilan kompyuterni bog’lovchi qurilma3 (3-rasm). 3-rasm. USB kabel   Papa-papa simlar – arduinodan maketniy pla-taga signalni o’tkazish uchun xizmat qiladi3(4-rasm).   4-rasm. Ulagich simlar.   Maketniy  plata – qurilmalarni ulash  doskasi hisoblanadi3 (5-rasm). 5-rasm. Maketniy plata.   Bitta svitadiodni arduinoning 7 oyoqchasiga bog’lagan holda dastur yordamida boshqarishni ko’rib o’tamiz. Dasturiy qismi quydagicha: void setup()            { pinMode(7, OUTPUT);  } void loop()             { digitalWrite(7, 1); delay(1000); digitalWrite(7, 0); delay(1000);  } Bu yerda void setup bandi bog’lovchi qism hisoblanib, unda pinMode – Oyoqcha usulida arduinoning qaysi oyoqchadan signalolinayotganligini ifoddalab beradi.  OUTPUT – arduinoning oyoqchasidan signal olishni ifodalab beradi. 7 – arduinoning foydallanilayotgan oyoqcha raqami. void loop bandi esa buyruq beruchi qismi hisoblanadi. digitalWrite – (raqamli yozuv) ya’ni svitadiodlarni yoqish va o’chirishni ifodalovchi buyruq. Buyruq 2 lik sanoq sistemasida (1 – yoqish, 0 o’chirish) kiritiladi, delaybuyrug’i vaqtni ifodalaydi, 1000  esa 1-soniyani  ifodalaydi. Qismlarni bir-biriga  bog’lash sxemasi (6-rasm). 6-rasm. Ulanish sxemasi 6-rasmda svitadiodning musbat zaryad qabul qiluvchi uzun oyoqchasi arduinoning signal chiqaruvchi raqamlardan iborat bo’lgan qismiga qizil simcha orqali (Anod), kichik oyoqchasi minus signal qabul qiluvchi GNDga ko’k simcha orqali (Katod) bog’lash yo’li orqali boshqariladi. Svetaforning ishlashi uchun kerak bo’ladigan elektronik vositalar bilan tanishib chiqdik. Biz birinchi navbatda aurduino uno platasini o’rnatamiz. Unga mos holatda maketniy platani joylab, kerakli svetodiodlarni ham tanlab olamiz. So’ngra arduino platasiga maketniy plata hamda svetodiotlarni papa-papa simlar yordamida bog’laymiz. Tayyor bo’lgan sxemani dasturlab chiqamiz. (7-rasm) void setup()   { pinMode(2, OUTPUT);   pinMode(3, OUTPUT); pinMode(4, OUTPUT); } void loop() {digitalWrite(2,1);  delay(1000);  digitalWrite(2,0);   delay(1000); digitalWrite(3,1);  delay(1000); digitalWrite(3,0);    delay (1000); digitalWrite(4,1);  delay (1000);  digitalWrite(4,0);   delay (1000);      }
7-rasm: Svitaforning dasturiy qismi. Agar ekranda dastur arduino platasiga yuklangandan so’ng strelka bilan ko’rsatilgan tartibdagi yozuv paydo bo’lsa, tuzilgan dastur kamchilliksiz to’g’ri tuzilganligidan dalolat beradi. Quydagi rasmdan qurilma to’g’ri ishlashini ko’rish  mumkin (8-rasm).   8-rasm. Svitaforning ishlash holati Undan tashqari audino platasi yordamida yana ko’klab dasturlar  tuzib, o’quvchilarning texnik tafakkurini shakllantirtishda texnik vosita sifatida foydalanish mumkin. Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki, Texnologik ta`lim yo’nalishi talabalariga STEAM ta’limi yondashuvi asosida aurduino orqali dasturlashni, avtomatlashtirilgan texnik tizimlar yaratishni o’rgatib borish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar   [1]. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.  (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son) https://lex.uz/docs/-5013007
  1. N.Muslimov, O.Qo’ysinnov Bo`lajak o`qituvchilarning pedagogik kompetentligini shakllantirish nazariyasi. Toshkent 2014 8-bet.
3.Yo’ldoshev M. Talabalarida  robototexnikaga oid bilimlarni shakllantirish // Физико-технологического образование. – 2021. – Т. 4. – №. 4.