Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2022
Chop etish
Yevroosiyo xalqlari madaniy merosi: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari.

JDPU da bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ana shunday nomlandi..

 Keyingi yillarda Yevroosiyo xalqlari madaniy merosi, davlatchiligi, qadimgi shahar madaniyati, hamda o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlar qadimiyati masalalarini arxeologiya, etnografiya, tarixshunoslik va manbashunoslik yondoshuvlari asosida o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda.

Jizzax Davlat pedagogika universiteti professor – o‘qituvchilarining dunyodagi yetakchi ilmiy tadqiqot va ta’lim markazlaridan biri bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti huzuridagi Gumanitar instituti olimlari bilan amalga oshirayotgan ta’lim sohasi, malakali kadrlar yetishtirish masalalari va ilmiy tadqiqotlar borasidagi  hamkorlik aloqalari ham ana shular jumlasidandir. Ushbu xalqaro konferensiyada ko‘tarilgan masalalarning Novosibirsk davlat universiteti va Jizzax davlat pedagogika universiteti olimlari birgalikda amalga oshirayotgan “Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi” ilmiy  loyihasi doirasida tashkil etilganligi ham mavzuning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.

 

Tarixchi olimlarimiz tomonidan tashkil etilgan va bugun an’anaviy ko‘rinish kasb etayotgan ushbu xalqaro konferensiyada nafaqat respublikamizda balki, horijda ham mashhur bo‘lgan akademiklar, professorlar, o‘z sohasining bilimdoni, yetakchi tarixchi olimlar va iste’dodli yosh mutaxassislar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamidan joy olgan tarix, arxeologiya, etnologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik masalalariga bag‘ishlangan maqolalar va ularda yoritilgan ilmiy fikrlar bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi uchun nihoyatda ahamiyatli jesak xato qilmagan bo‘lamiz. Rus va o‘zbek tillarida  bo‘lib o‘tgan anjumanda Novosibirsk davlat universitetidan tashrif buyurgan olimlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Konferensiya tushdan so‘ng o‘zi ishini Tarxini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, manbashunoslik masalalari, O‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, Yevroosiyo xalqlari tarixining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi, muammo va o‘rganish usullari mavzularidaga sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

 Ta’kidlash joiz ushbu anjumanda ko‘tarilgan masalalar respublikamizda olib borilayotgan tarixiy tadqiqotlar, jumladan, har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qiladi


Ulashish:
1 257
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.