Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Munosiblar taqdirlandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti  Kengashining 3-sonli majlis odatdagidek  taqdirlash qismi bilan  boshlandi. Dastavval institut rektori Sh.Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan  ilmiy unvon  va ilmiy daraja bo‘yicha berilgan diplomlarni  o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Tantanali tabrik qismi  “JDPI rektorining stipendiyasi» sovrindorlarining taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Unda institut qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyining 8 nafar talabasi  taqdirlandi. Ta’kidlash joyi oliygoh rektori Sh.Sharipov tomonidan ta’sis etilgan stipendiyaga  40 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar da’vogar bo‘lgan edi. “ JDPI rektorining stipendiyasi” ga sazovor bo‘lganlar  orasida xalqaro olimpiada sovrindorlari, sport musobaqalarining respublika g‘oliblari, shuningdek”Eng yaxshi kitobxon” tanlovida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar borligi juda quvonarli.