Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Magistratura

magistratura

Bo’limda 20 ta mutaxassizliklar mavjud:

70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika)

70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari

70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo)

70110901 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya)

70111001 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)

70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi

70110401 – Maxsus pedagogika, defektologiya (Mutaxassisliklar bo’yicha)

70110201 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)

70111101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix)

70110501 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim)

70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha)

70112101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)

70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo’yicha)

70111501 – Ona tili va adabiyoti (Tillar bo’yicha)

70111401 – O’zbek tili va adabiyoti

70111301 – Musiqa ta’limi va san’at

70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi

70112301 – Тa’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnalogik ta’lim)

70110102 – Pedagogika va psixologiya

70110701 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)

Magistratura bo’limi boshlig’i

Yarmatov Raximboy Baxromovich

Faoliyati: 2020-yil avgustdan

Telefon: +(99894) 340 00 06

Email: r.b.yarmatov@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Jizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004 o’quv yilidan boshlab Magistratura bo’limi ish boshladi va 5 ta yo’nalish bo’yicha magistrantlar qabul qilingan.

5 A 140201 – Fizika

5 A 140301 – Kimyo

5 A 140401 – Biologiya

5 A 140601 – Tarix

5 A 141101 – O’zbek tili

Ma’lumki, keyingi 3 yil davomida Jizzax DPIga dastlab 2017-2018 o’quv yili uchun 4 ta magistratura mutaxassislikga (aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika, biologiya) – 8 nafar, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha) – 4 ta, Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi – 4 ta, jami 16 nafar, 2018-2019 o’quv yili uchun 13 ta mutaxassislikga 82 nafar magistrant, 2019-2020 o’quv yili uchun 18 ta mutaxassislikga 209 nafar magistrant, 2020-2021 o’quv yili uchun 18 ta mutaxassislikga 350 nafar magistrant, 2021-2022 o’quv yili uchun 20 ta mutaxassislikga 921 nafar magistrant o’qishga qabul qilingan. Bugungi kunda 20 ta magistratura mutaxassislikga 1-2-kurs kesimida jami 1270 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Ushbu magistratura mutaxassisliklarida 25 ta mutaxassislik kafedralari rahbarligida magistrantlarning o’quv va ilmiy tadqiqot faoliyati olib bormoqda. Xozirgi kunda Magistratura bo’limida mutaxassisliklarida dars beruvchi professor o’qituvchilarning barchasi ilmiy darajali, ilmiy unvonga ega bo’lgan malakali o’qituvchilar.
O’ralov Аnvar Аbdumalikovich

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Telefon: +(99894) 577 65 14

Dushaboev Husniddin Аchilovich

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Telefon: +(99894) 579 69 05

Qurbonov Islom Аvaz o’g’li

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Telefon: +(99897) 295 95 65

Qabulov Sahob Adbuqahharovich

Ish yurutuvchi (uslubchi)

Telefon: +(99894) 573 83 02

Ismoilov Jonibek

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Telefon: +(99899) 212 29 88

Shertaylaqova Gulnoza Bazarovna

Ish yurutuvchi (uslubchi)

Telefon: +(99899) 181 75 77

Magistrlik dissertatsiyalarini bajarish davomida magistrantlarga ikkita ilmiy maqola, respublika yoki halqaro miqyosida o’tkaziladigan  ilmiy konferensiyalarda ikkita tezis chop etish hamda ilmiy seminarlarda ishtirok etish bo’yicha talablar qo’yilgan.Mutaxassislik kafedralar tomonidan magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalari doimiy nazoratga olingan. Hozirgi kunda bitiruvchi magistrantlarimiz tomonidan ushbu talablar asosida magistrlik dissertatsiyasining 65% bajarilganligini kuzatishimiz mumkin.
Jumladan, maxsus pedagogika, defektologiya:logopediya mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Yunusov Mirsaid (2020 yil 7-13 avgust), Haqberdiev Jamoliddin (2020 yil 7-13 may), Rizaeva Shalolalarning (2020 yil 7-13 aprel, iyun, avgust) AKADEMICA: Impak factor jurnalida maqolalari chop etildi. -aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) yo’nalishi 2 kurs magistranti Jo’raxujaev Davronxo’ja “Kichik hududlarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda dehqonchilikni tashkil etish” (Oqdaryo tumani misolida) mavzusida (International Scientific Journal «Global Science And Innovations 2020: Central Asia» Nur-Sultan, Kazakhstan, Feb-March 2020); – ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Tugalov Bobur hamda Bazarbaev Sanjarlar “Rossiya mustamlakachiligi davrida Ustrushonadagi tarixiy yodgorliklarni o’rganishning boshlanishi” mavzusida, (“Studentskiy vestnik” jurnali 12.11.2020 y);
– ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi 2 kurs magistranti Fotima Jumanazarova hamda professor F.A.Axmedshina muallifligida “Umumta’lim maktablarida “Iqtidor –shou” intellektual o’yindan foydalanish” (Tarix fani misolida) o’quv qo’llanmasi chop etildi. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligi 2 kurs talabasi Oslanova Kamola, profesor X.A.To’raqulov hamda I.X.To’raqulovalar hammuallifligida “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyatini yuksaltirishning innovatsion texnologiyalari” nomli monografiya nashr qilindi (2020 y). Shuningdek, musiqiy ta’lim va san’at mutaxassisligi 2 kurs magistranti Zulxumor Mamarasulzoda “Shuhrat” medali bilan, Sa’dullaeva Farangiz – 2020 yil 5 martda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi 2 kurs magistranti Nomozov Begzod O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “Mehr saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxasisligi 2 kurs magistranti Hazratqulov Sardor murabbiyligida institut “So’g’diyona” qizlar jamoasi basketbol sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionatida 2-turni 100% natija bilan muvaffaqiyatli yakunladi. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi 2 kurs magistranti Ilxomova Moxinur Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tarbiyachisi” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi, hamda o’z tashabbusi bilan barpo etilgan Jizzax shahrida joylashgan “LEGO SAD” maktabgacha ta’lim tashkilotida magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Magistatura bo’limi tomonidan yuqoridagi amalga oshirilgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan institut raxbariyati hamda mutaxasislik kafedralar bilan hamkorlikda reja asosida ishlar davom ettirilmoqda.