Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Buxgalteriya

 
Buxgalteriya bo’limi bosh hisobchisi

Djuraboyev Komiljon Mamatqulovich

Telefon: +(99872) 226 56 10

Elektron manzil: rutra-2017@mail.ru

Ish vaqti: 8.30 – 16.30

Hisobxona bo’limi tarkibi:

Bosh hisobchi o’rinbosari:Isaev Inom Komiljonovich
1-toifali hisobchilar: Azimov Zoxid Bahriddinovich, Xazratkulova Dilnoza Melievna, Shodiqulova Matluba Xoshimovna, Tursunboev Alisher Tillabek o’g’li Akramova Shaxnoza Samadovna, Qarshiboeva Mohira Qo’chqorovna, Rustamov Otabek Ozod o’g’li, G’oziev Boyazidxon Siroj o’g’li, Maxmudov Ulug’bek Dilmurod o’g’li, Saidbaxramov Saidaxmad Rustam o’g’li, Abdullaeva Madina Baxriddinovna, Omonliqov Shoxrux Oybek o’g’li
Kassir: Boymurodov Shahob Tolliboevich

Telefonlar:

To’lov shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobga olish:
+(99872) 226 62 40
Talabalar stipendiyalarini hisoblash bo’yicha hisobchi:
+(99872) 226 30 60
Ish haqi hisoblash bo’yicha hisobchilar:
+(99872) 226 09 15

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrdagi 2169-son bilan ruyxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bo’yrug’i bilan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida» gi yo’riqnoma talablaridan kelib chiqib, Jizzax davlat pedagogika instituti buxgalteriya xodimlarining ish taqsimotlari, vazifalari, ularning majburiyatlari va javobgarligi to’g’risida ishlab chiqildi.

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini mazkur yo’riqnoma va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
  • buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
  • byudjet mablag’larini, shuningdek budjetdan tashqari mablag’larini xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qiymatlarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
  • tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tegishtirilgan to’lovlarini, shuningdek ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqishni nazorat qilish;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
  • pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qiymatlar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qiymatlarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
  • moddiy qiymatlarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qiymatlarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
  • bosh hisobchi tashkilotni tegishli bo’linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi shart;
  • tovar-moddiy qiymatlarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
  • mehnatga haq to’lash jamg’armasini to’g’ri sarflanishi, mansab maoshlarining to’g’ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishi;
  • pul mablag’lari, tovar-moddiy qiymatlar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitob va to’lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
  • belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishini va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo’yicha tegishli chora – tadbirlarni ko’rilishini, to’lov intizomiga muntazam rioya etishni;

Tashkilotlarning barcha bo’limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo’ladigan barcha zaruriy hujjatlarni(buyruq va farmoyishlarning ko’chirmalarini, shuningdek turli xil shartnoma, to’lov hujjatlari va boshqalarni) o’z vaqtida taqdim qilishlari shart. Bosh hisobchi buxgalteriya hisobini kiritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o’z vaqtida bajarishga tashkilotning xodimlari majbur. Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni tuzadilar va topshiradilar.

Bosh hisobchi o’rinbosarining asosiy vazifalari:

  • Bosh hisobchi ayrim sabablar bilan yo’q bo’lganda uni bajaradigan ishlarini amalga oshiradi. Bosh hisobchi o’rinbosari buxgalteriyaning «bosh kitob» ni UzAsbo dasturida to’g’ri yurgizilishini amalga oshiradi, buning uchun buxgalteriyada qo’llaniladigan va amalga oshirilishi kerak bo’lgan memorial-orderlarni to’g’ri tuzilganligini tekshirib qabul qiladi va bosh kitobga yozib sintetik va analitik hisob bilan tekshirib chiqadi.
  • Bosh hisobchi tomonidan va rahbariyat tomonidan beriladigan buxgalteriya ishiga oid masalalarni, kassani to’satdan tekshirish, bajarilishi majburiy bo’lgan kassa qoldiqlarini har oy tekshirib dalolatnoma tuzish, joylarda asosiy vositalar, arzon va tez eskiradigan predmetlar hamda moddiy qiymatlarni ularning saqlanish joylari va foydalaniladigan joylarda butligini nazorat qilish ishlarida (inventarizatsiya o’tkazish) qatnashadi.
  • Oliy ta’lim muassasasida mavjud asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatlar, naqd pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o’tkazish.
  • Institut balansida turuvchi asosiy vositalar. Materiallar, arzon baho va tez eskiradigan buyumlar hisobini olib boradi. 159-hisob «Debitor va Kreditor» bilan olib boriladigan hisob-kitobni olib boradi. Institut bo’yicha yuritiladigan moddiy boyliklarni olish uchun beriladigan «ishonch qog’ozi berish» kitobini yuritadi va uning ustidan qattiq nazorat olib boradi.
  • Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartib qilinadi va, quyidagi: 6 – memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob – kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408- son shakl. 9 – memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakllarning yuritilishini nazorat qilish. 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakllarni yuritilishini nazorat qilish.
  • Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda Subschotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 2169-son yo’riqnomaning 35-bandida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatadi.
  • Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlarning bir guruhi asosida tuzadi. Subschotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boradi.
  • Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolaydi.
  • «Bosh-jurnal kitobi» o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochadi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yozadi.
  • Memorial orderdagi summa dastlab «order bo’yicha summa» qatoriga, keyin esa tegishli subschotlarning debeti va kreditiga yozadi. Barcha Subschotlar bo’yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham «order bo’yicha summa» qatorining jamiga teng bo’lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschot bo’yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqaradi.
  • Har bir daftar tashkilotning nomi daftar ochilgan hisobot yili yozib qo’yiladi. Daftarda unga ochilgan subschotlarning mundarijasi bo’lishi kerak. Yozuvlar daftarning boshqa betiga o’tkazilganda shu subschot bo’yicha yozuvning o’tkazilganligi, yangi betlarning raqami ko’rsatilgan holda belgilab qo’yiladi.
  • Moddiy qiymatlar, pul mablag’lari, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni tuzadi va topshiradilar
  • Har bir hisobot oy tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yiladi.
  • Institut bilan bank o’rtasidagi barcha hisob kitoblarni ya’ni har kunlik bank ko’chirmalarini qayd qilish, kunlik to’lov taqdimnomalarini yuritish va g’aznachilik bilan bog’liq to’lov taqdimnomalarini hisob-kitob qilish 294 shaklni yuritib yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan tovar (mahsulot, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi g’aznachiligiga to’lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi, g’aznachilik ro’yxatiga olingan shartnomalarga to’lov topshiriqnomasini tayyorlaydi, tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi, so’rovnomalar asosida to’lov topshiriqnomalarini tayyorlaydi va bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.

O’qituvchi va ishchi, xizmatchilar bilan ishlash bo’limi

1-toifali hisobchilar (Azimov Zoxid Bahriddinovich, Xazratkulova Dilnoza Melievna) asosiy vazifalari:

  • Institut professor-o’qituvchilari va ishchi-xizmatchilari bilan olib boriladigan hisob kitoblarni amalga oshiradi ish haqqi va unga tegishli vazifalarni, 5-memorial order ish haqqi bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisini tuzib bosh hisobchi va o’rinbosariga topshirish.
  • 5-memorial order-ish haqqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl.
  • Davlat soliq inspeksiyasiga topshiriladigan va hisoblangan oylikdan tegishlik 25% pensiya jamg’armasi ajratmalar va daromad soliq turlari va boshqa turdagi soliq hisobotlarni tuzib mahalliy soliq inspeksiyasiga o’rnatilgan muddatda topshirish.

  • Har oyning 10-sanasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha tuziladigan (F4SFP) chorakli hisobotni tuzib tuman va yuqori kasaba uyushmasi tashkilotiga topshirishni ta’minlaydi.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order-jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yishi va bosh hisobchi bergan boshqa topshiriqlarni amalga oshiradi.

1-toifali hisobchi (Shodiqulova Matluba Xoshimovna) asosiy vazifalari:

  • Institut professor-o’qituvchilari pedagogik amaliyoti, soatbay, pensiya, safar xarajatlari bilan olib boriladigan hisob kitoblarni amalga oshiradi ish xapi va unga tegishli vazifalarni, 5-memorial order ish xapi bo’yicha hisob-kitob varaqlari yig’indisini hamda 8 – memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob – kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386- son shakllarni tuzib bosh hisobchiga topshirish, moliya vazirligining pensiya jamg’armasiga, statistika (1Tshakl) mehnat va boshqa turdagi statistik hisobotlari to’g’risidagi hisobotini hisobot davridan keyin 3 kun ichida statistika organiga taqdim etish ishini amalga oshiradi (oylik va chorak hamda yillik hisobotlar) va bosh hisobchi tomonidan berilgan hisobxonaga doir boshqa topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchi (Tursunboev Alisher Tillabek o’g’li) asosiy vazifalari:

  • Institutda ta’lim olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi va 5-memorial order stipendiya talabalar, magistrantlar, aspirant-doktorant, bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan bank o’rtasidagi barcha hisob kitoblarni ya’ni har kunlik bank ko’chirmalarini qayd qilish, kunlik to’lov taqdimnomalarini yuritish va g’aznachilik bilan bog’liq to’lov taqdimnomalarini hisob-kitob qilish 294 shaklni yuritib yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan tovar (mahsulot, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi g’aznachiligiga to’lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi, g’aznachilik ro’yxatiga olingan shartnomalarga to’lov topshiriqnomasini tayyorlaydi, tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi, so’rovnomalar asosida to’lov topshiriqnomalarini tayyorlaydi va bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali 3 ta hisobchi (Omonliqov Shoxrux Oybek o’g’li, Rustamov Otabek Ozod o’g’li) asosiy vazifalari:

  • 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shaklni yuritish.
  • 9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakllarning yuritish.
  • 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakllarni yuritish.
  • Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda Subschotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 2169-son Yo’riqnomaning 35-bandida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatadi.
  • Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xilidagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuzadi. Subschotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boradi.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order-jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yishi kerak hamda bosh hisobchi bergan boshqa vazifalarni amalga oshirishi kerak.
  • Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har subschot uchun alohida yuritiladi 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida ro’yxatga olinadi.
  • Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo’yicha inventar kartochkalar ro’yxatga olinadi.
  • Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro’yxati AV-6 son shakl, AV-8son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar bo’yicha oxirgisining ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi bo’lganda arxivga topshiriladi. Ushbu ro’yxatga arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan inventarning nomi ko’rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi.
  • Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qiymatlarning kirim va chiqimi bo’yicha boshlang’ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442 – son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang’ich hisob hujjatlari rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoldirilishini nazorat qiladi.
  • Moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqimi hisobini yuritadi, moddiy javobgar shaxslarga o’tkaziladigan moddiy boyliklar hisobini olib boradi, hisobdan chiqarilayotgan moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi, moddiy javobgar shaxslarning oylik hisobotlarini qabul qiladi va shu asosida qoldiqlarni tekshiradi, muntazam ravishda moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi, institutning asosiy vositalari hisobini yuritadi, asosiy vositalar eskirishi va qayta baholanishini amalga oshiradi, yilida bir marotaba o’tkazilishi shart bo’lgan moddiy boyliklarni qayta ko’rikdan o’tkazish (inventarizatsiya) qatnashish va inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida buxgalteriya hisobida aks ettirish ishlarini amalga oshiradi.

1-toifali 5 ta to’lov shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobga olish bo’yicha hisobchilar (Akramova Shaxnoza Samadovna, Qarshiboeva Mohira Qo’chqorovna, Maxmudov Ulugbek, Saidbaxramov Saidaxmad, Abdullaeva Madina Baxriddinovna) asosiy vazifalari:

  • to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning o’qishi uchun to’langan pul mablag’larini qayd qilish va nazorat qilib borish;
  • to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan talabalar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • oshirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qish istagini bildirgan abituriyentlar bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining bayonnomalari asosida shartnomalarni to’g’ri rasmiylashtirish hamda hisobga olish;
  • talabalar o’qishi uchun tushayotgan mablag’larni talabalar shaxsiy hisobiga (UzASBO) o’z vaqtida qayd etish;
  • to’lov-kontrakt summalarini shartnomada ko’rsatilgan muddatda amalga oshirmagan talabalarni aniqlash va ular ro’yxatini fakultetlarga taqdim etish;
  • Institut bo’yicha to’lov-kontrakt mablag’lari tushumi to’g’risidagi tezkor ma’lumotni belgilangan muddatlarda tayyorlash va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilishini ta’minlash;
  • korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar bo’yicha kontraktlarni rasmiylashtirish hamda to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarni o’z vaqtida mablag’larni to’lashini tashkil etish;
  • to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o’qishi uchun to’lovlar kechiktirilsa yoki to’lanmasa bu haqida dekanatlarni ogohlantirish;
  • to’lov-kontrakt asosida institutga kirgan talabalarning shartnomalarini qayd qilish;
  • schot-fakturani qayd qilish;
  • to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalar puli institut hisob raqamiga kelib tushgandan keyin buxgalteriyadan olingan ma’lumotlar asosida o’z vaqtida talabaning hujjatlarida aks ettirish;
  • bosh hisobchining topshirig’iga asosan alohida kurslarda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning o’qishi uchun to’langan pul mablag’larini qayd qilish va nazorat qilib borish;
  • institutda stipendiyali to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan to’lov-kontrakt so’mmasi to’langanligini nazorat qilish, To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar soni bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja asosida, kadrlar bo’limi bilan birgalikda).
  • Bulardan tashqari bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni bajarish.

1-toifali hisobchi (G’oziev Boyazidxon) asosiy vazifalari:

    • Institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasiga kelib tushgan mablag’lar va ularning xarajatlari hisobini yuritish:
– talabalardan yotoqxona uchun to’lovlar hisobini yuritish; – sport kompleksga sport xizmatlaridan kelib tushgan mablag’lar hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish; – institut oshxonasidan kelib tushgan mablag’larni hisobini yuritish; – Institut oromgohidan kelib tushgan mablag’lar hisobini yuritish; – ijara haqi va ijarachilarning kommunal to’lovlarini hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish; – institning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg’arma hisob raqamiga boshqa kelib tushgan mablag’lar harakatini nazorat qilish va hisobini yuritish; – bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Kassirning asosiy vazifalari:

  • Institut tomonidan bank operatsiyalari bo’yicha bo’ladigan ishlarni ya’ni to’lov topshiriqnomalarini bankdan o’tkazish, bank ko’chirmalarini ilovalari bilan olib kelib bosh hisobchiga (yo’q bo’lganda muoviniga) topshirish, bankdan ishchi-xizmatchilarga tegishli bo’lgan oylik ish haqlari, pensiya, ijtimoiy nafaqa, stipendiya, kasallik varaqalari, kompensatsiya va boshqa to’lovlar bo’yicha to’lanadigan pullarni bankdan olib o’z vaqtida tarqatish ishini amalga oshiradi. Har oy oxirida kassa qoldiqlari bo’yicha komissiya ishtirokida dalolatnomalar tuzadi. Kassa hisobotlarini tuzib ilovalari bilan bosh hisobchiga topshiradi. Kassirlar o’zaro kelishilgan holda kassa ishlarini amalga oshirishadi. 1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakllarni shakllantirish.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin memorial order-jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi amalga oshiradi.
  • Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqni hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar shtamp yoki qo’lda yozish yo’li bilan “Olindi” yoki “To’landi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda yopilishi kerakligini ta’minlash.