Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

QIRQIM VA KESIM BAJARISHDA O’QUVCHILARDA TIPIK XATOLARGA YO’L QO’YMASLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.

  https://doi.org/10.5281/zenodo.7477970 Rahmonova Maftuna Abdullayevna JDPU Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi E-mail: raxmonovam602@gmail.com Received: 21-12-2022 Accepted: 22-12-2022 Published: 22-12-2022 Abstract: Mazkur maqolada qirqim va kesimlarni bajarishda talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar va ularni fanni o‘zlashtirishiga ta’siri bo‘yicha metodik tavsiyalar yoritilgan.. Keywords: bilim, ko‘nikma, malaka, fazoviy tasavvur, pedagogika, o’zlashtirish, qobiliyat, savodxonlik, faollik. About: FARS Publishers has been established with the aim of spreading quality scientific information to the research community throughout the universe. Open Access process eliminates the barriers associated with the older publication models, thus matching up with the rapidity of the twenty-first century.       Hozirgi kunda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri ta’lim va tarbiya hisoblanadi. So’nggi    yillarda    ta’limning    ijtimoiy     roli    ortib,                        dunyoning                   aksariyat davlatlarida bo’lgani kabi O’zbekistonda ham ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Bugungi kungi ta’lim davlat taraqqiyotining bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali sifatida yoshlar yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lishi kerak. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ma’lumki, o‘zlashtirmaslikni oldini olishning muhim shartlaridan biri guruhda har bir talabaning o‘zlashtirishi haqida jamoatchilik, ya’ni guruhning fikrini vujudga keltirishdir. Bunga guruhda o‘zaro bir-biriga yordam, tartib-intizomni yaxshi yo ‘lga qo‘yish, talabalarni va ayniqsa past o’zlashtiruvchi talabalarni garfik ish ishlashga faol jalb etish bilan erishiladi. Guruhda kursdoshlarining aytib turishiga va noloyiq baho olishni ko‘zlovchi talabalarga nisbatan qattiqqo‘llik doim hukm surishi kerak. O‘qituvchi guruh a’zolarining            umumiy                       fikriga        tayanib,  ayrim        talabalarni                       o‘qishga     jiddiy munosabatda bo‘lishga majbur qilib, ularga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zlashtirmaslikni oldini olishda bevosita o‘qituvchi talabalar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolarni yaxshi o‘rganishi kerak. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki qirqimlar va kesmlarni o‘qitish jarayonida         talabalar tomonidan chizmalarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo’lgan quyidagi xatoliklar mavjud:     Publishing centre of Finland                                                                             520   Fars Int J Edu Soc Sci Hum 10(12); 2022; Texnikaviy chizmachilik bo’limida: ➢chizmada bir xil tipdagi chiziqlarni har xil qalinlikda bajaradilar; ➢ shtrixlar orasidagi masofa va shtrix hamda shtrix-punktir chiziqlarda shtrixlar kattaliklarini saqlamaydilar; ➢ standart shrift harflar va raqamlarining satr chizig‘iga va GOST ga mos kelmaydigan qilib bajaradilar; ➢harflar va raqamlar orasidagi masofalarning tengligini saqlamaydilar; ➢aylanalarni dastlab markaziy chiziqlarni o‘tkazmasdan chizadilar; ➢chizma qog‘ozida tasvirlarni noqulay joylashtiradilar; ➢u yoki bu masshtabda bajarilgan chizmada o‘lchamlarni asl holicha qo‘yish o‘rniga kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nisbatda qo‘yadilar; ➢tutashma yoylarini tutashish nuqtalarini topmasdan o‘tkazadilar; ➢ to‘g‘ri chiziq va aylana yoyi orasidagi tutashuv chiziqlar ravon chizmaydilar; ➢chizma ustidan qalam yurgizish qoidalarini buzadilar, bunda avval to‘g‘ri chiziqlarni, undan keyin esa aylana yoylarini chizadilar; Proyksion chizmachilik bo’limida: ➢Qirqim va kesimlarni bajarishda birinchi bosqichlarida talabalar ko‘pincha chizmadagi uch ko‘rinishni (proeksiyani) uchta har xil predmetning tasviri deb qabul qiladilar va proeksion bog‘lanishga e’tibor bermaydilar; ➢ detal shaklini aniqlash uchun uning bir yoki ikki ko‘rinishida qirqim va kesimlarning bajarilishini yetarli bo‘lishiga qaramasdan, detalning ortiqcha tasvirlarini bajaradilar; ➢ o‘lchamlarni uch ko‘rinishi (proeksiya) da noto‘g‘ri taqsimlaydilar, ko‘pincha hamma o‘lchamlarni bir yoki ikki proeksiyaga qo‘yadilar; ➢ko‘rinishlar orasidagi proyeksion bog‘lanishni buzadilar; ➢tasvirlanayotgan detalning asosiy ko‘rinishini noto‘g‘ri tanlaydilar; ➢diametr va radius belgilarini noto‘g‘ri qo‘yadilar; ➢izometrik proeksiyadagi ellips o‘qlarini noto‘g‘ri chizadilar; ➢ detal eskizini bajarishda uning ayrim elementlari orasida mutanosiblikni saqlamaydilar;       Publishing centre of Finland                                                                             521   Fars Int J Edu Soc Sci Hum 10(12); 2022; ➢ qirqimni bajarishda detalning faqat qirqimga tushgan qismini shtrixlab qolmasdan tashqarisidagi qismini ham shtrixlaydilar; ➢qirqimni kesim kabi bajaradilar yoki aksincha; ➢detal ko‘rinishini va qirqimini ko‘rinadigan kontur chiziq bilan ajratadilar; ➢ qirqimda kesuvchi tekislik orqasida joylashgan chiziqlarni qoldirib ketadilar; ➢ ko‘rinishlarda     o‘chamlar    qo‘yilishini     maqsadga                                          muvofiqligini                     va takrorlanmasligini o‘ylab ko‘rmaydilar; ➢ tutash vallar, kegaylar, bo‘rtiq qovurg‘alari ko‘ndalang qirqimga tushganda, ularning konturlarini shtrixlaydilar; ➢ «olddan ko‘rinish» uchun tanlangan qirqimni qolgan ko‘rinishlarga proeksiyalaydilar. Mashinasozlik chizmachilik bo’limida: ➢ yig‘ish     chizmasidagi    qirqimlarda     bir    detalni    turli                              yo‘nalishlarda shtrixlaydilar; ➢ish chizmasi uchun masshtabni noto‘g‘ri aniqlaydilar; ➢teshikda rezbani noto‘g‘ri tasvirlaydilar; ➢chizmada rezbalarning belgilanishini noto‘g‘ri bajaradilar; ➢rezba chegarasini shtrix chiziqlar bilan ko‘rsatadilar; ➢qirqim va kesimlarda valdagi rezbaning shtrix chiziqlarini tashqi diametri chizig‘igacha davom ettirmaydilar; Shuningdek, ko‘pchilik talabalar quyidagi bilimlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydilar: ➢shpilkali birikmalarni boltli birikmalardan ajrata olmaydilar; ➢ boltli birikmalar to‘plamini hamma vaqt ham tahlil qila olmaydilar (u qanday asosiy detallardan tuzilganini aniqlay olmaydilar); ➢qanday birikmalar ajraladigan va qandaylari ajralmaydigan ekanligini aniq tasavvur etolmaydilar; ➢ mahkamlash detallariga qaysi detallar kirishini hamma vaqt ham aniqlay olmaydilar; ➢ boltli birikmada shaybaning qanday xizmati borligiga javob berishda qiynaladilar; ➢shponkaning vazifasinn xamma vaqt ham to‘g‘ri aniqlay olmaydilar; ➢parchin chokli birikmalar qaerda ishlatilishini aytib berishda qiynaladilar;   Publishing centre of Finland                                                                             522   Fars Int J Edu Soc Sci Hum 10(12); 2022; ➢ u yoki bu buyumga kiruvchi hamma detallarni ham detallarga ajratish kerak emasligini ko‘pincha bilmaydilar; ➢ detallarga    ajratishda    qo‘shma    detallarning    tutash                                   elementlarining o‘lchamlarini bog‘lashda qiynaladilar; ➢ talabalar qator hollarda ayrim detallar chizmasida yig’ish chizmalarida qabul qilingan shartliliklarni takrorlaydilar (bosh ko‘rinishni va qirqimlarni joylashtirish, ko‘rinishlar soni va boshqalar). ➢ma’lumotnoma(spravochnik)lardan foydalanishni bilmaydilar; ➢oddiy sxemalar tuzishda qiynaladilar va hakazo; Qurilish chizmachiligi bo’limida: ➢ qurilish chizmalarining mashinasozlik chizmalaridan farqini yaxshi bilmaydilar; ➢qurilish chizmalarini o‘qish tartibini aniq tasavvur qilolmaydilar; Savol tug‘iladi, agar guruh bo‘yicha hamma o‘zlashtira olmasa, unda o‘qituvchi qanday ish ko‘rishi kerak? Bu holda o‘zlashtirish past bo‘lishining sabablarini aniqlash va uning xarakteriga qarab tuzatish uchun zarur choralarni ko‘rish lozim. Odatda o‘qituvchilar tajribalarida yakka tartibdagi topshiriqlar, darsdan tashqari vaqtlarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, maslahatlar berish va hokazolar qo‘llaniladi. Talabalar bilan qo‘shimcha ish olib borish talabalarning fannio‘zlashtirmasliklarini oldini oluvchi va mavjud bo‘lgan o‘zlashtirmaslikni tugatuvchi tadbirlardanbiri bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, o‘zlashtirmaslikni oldini olish, uni tuzatishdan ancha oson. Shuning uchun chizmachilik faninida qirqim va kesimlarni o‘qitishning boshidayoq hamma talabalarni yetarlicha nazoratostiga olish kerak. Pedagogik ishning eng nozik joyi shundaki, talabalar ba’zan o‘qituvchining o‘ziham yo‘l qo‘yilgan o‘zlashtirmaslikka e’tiborsiz bo‘ladilar va uni tuzatish uchun kerakli choralarqidirmaydilar hamda ko‘rmaydilar. Qo‘shimcha      mashg‘ulotlarga      kelganda,      ular      masalan, proyeksion chizmachilikka oid vazifalarni bajarishni, chizmada kesim va qirqimni o‘qishni va shu kabilarni bilmaydigan talabalar uchun tashkil qilinadi. Bunday talabalar qatoriga sababli darslarni qoldirganlar ham kiradi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar odatda,individual       xarakterga                ega,       ularning       mazmuni      va       metodlari o‘zlashtirmaslikning sabablari bilanbevosita bog‘langandir. Masalan, talaba fazoviy tasavvuri yaxshi rivojlanmaganidan berilgan ikki proyeksiya bo‘yicha uchinchi proyeksiyasini vaularning qirqimini bajarishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Bunday holda talabaga chizma bilan birgalikda detalning modelini berish kerak.   Publishing centre of Finland                                                                             523   Fars Int J Edu Soc Sci Hum 10(12); 2022; O‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar turkumiga har doim sust sur’at bilan ishlaydigan talabalar tushib qolishi ham mumkin. Bunday talabalar bilan o‘sha sust sur’at bilan fanni o‘zlashtirishlariga olib kelish kerak. Ularni shoshirish yoki idroksizlikda ayblash mumkin emas. Aks xolda bu talabaning fanga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirishga olib keladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda talabalarning faollik ko‘rsatishlariga va o‘quv materialining bir qismini o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari o‘rganishlariga intilish kerak. Lekin o‘qituvchining o‘zlashtirmaydigan talabalar bilan qo‘shimcha ashg‘ulot o‘tkazishi uchun har doim vaqti bo‘lmaydi. Bunday hollarda fanni yaxshi o‘zlashtiruvchi talabalarga o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalarga biriktirib qo‘yish lozim bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday yordam ikki tomonlama foydali bo’lib, kuchli talabalar o‘rtoqlariga yordam berish bilan bir vaqtda o‘rganilgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Bundan tashqari, bunday ish talabalar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘rtoqlik xissining o‘sishiga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda talabalarda kuzatiladigan qirqimlar va kesimlarni bajarisda tipik xatolar fanni yaxshi o’zlashtira olmaslikka sabab bo’ladi, qiziqishni, o’ziga                       bo’lgan     ishonchni              pasaytiradi.                  Bunday           xatolarni   oldini              olishda ogohlantiruvchi masalalardan foydalanish, o’quvchi talabalarning o’z xatolarini o’zi mustaqil topa olish qobiliyatini shakkillantirish orqali bilimlarni yaxshi o’zlashtirishga erishish.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:     1.Murodov Sh va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o‘kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, ”Iktisod-moliya” 2008-y.
  1. 2. Uralovich, Toshpulatov Fakhriddin. «Conducting classes on fine arts based on information and communication technologie» International Engineering Journal For Research & Development 6.ICDSIIL (2021): 3-3.
  2. 3. Toshpulatov, Faxriddin Uralovich, Ramazon Erkin Ogli Norqochqorov, and Xayriniso Nurmumin Qizi Maxmudova. «xalq amaliy san’atining chizmachilik fani bilan bog’liqlig» Academic research in educational sciences 2.2 (2021).
  3. 4. Faxriddin T., qizi Maxmudova X. N. TALABALARGA CHIZMACHILIK FANINING QURILISH CHIZMACHILIGI BO ‘LIMINI O ‘RGATISHDAGI BA’ZI BIR TAVSIYALAR //Международная конференция академических наук. – 2022. – Т. 1. – №. 15. – С. 18-23.
  4. 5. Uralovich F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.
        Publishing centre of Finland