Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O`quvchilarni o`qitishda mediata’limdan foydalanish

Sheranova Maryam Bazarbayevna Jizzax Davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi katta o`qituvchisi   Annotatsiya: Ushbu maqolada Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami ekanligi haqida, o`quvchilarni o`qitishda mediata`lim va mediasavodxonlikdan foydalanish haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: media, mediate`lim, mediasavodxonlik, matn, axborot, inson, o`quvchilar, muloqot. Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) – bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia – gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: -axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; – muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni o’zatish  shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; – «inson-kompyuter» interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi. Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati. Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir.  Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish — bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks ettirdi. Xo‘sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik  – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir.   Bugungi   axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat  kasb etadi. Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.  Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar  mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat  xususidagi  xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, “Media savodxonlik   — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanda y a xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir. Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Multimedia vositalari pedagogik nuqtayi nazaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Shu orqali, o‘quvchilarda ta`lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu sababdan boshlang‘ich sinf darslarini o‘rganishda rivojlantiruvchi muammoli va pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o‘zida ifodalovchi “Multimedia-dars”, “Slaydli dars”, “Seminar dars” kabilarni qo‘llash tavsiya etiladi. Seminar dars o‘quvchilarning mustaqil chiqishlarini jamlovchi, lozim topilgan paytda munozaraga asos yaratuvchi dars hisoblanadi. Bunday darslarda o‘qituvchi boshqarib, yo‘naltirib turish vazifasini bajaradi, o‘quvchilar esa mustaqil ijodiy ishlovchi o‘z fikriga ega shaxs sifatida o‘quv faoliyatiga kirishadilar. “Multimediali darslar” dan foydalanish ta`lim dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi: – O’quv materialini ko‘rgazmali taqdim etadi; – Yangi materialni jadallik bilan yetkaza oladi; – Axborotlar tezligi va hajmini animatsiyalar ko‘magida boshqara oladi. Nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish; so‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil – bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar); so‘z tarkibi: o‘zak va qo‘shimcha (turlovchi va yasovchi), o‘zaklarda tovush o‘zgarishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi; so‘z nomlarini mazmuniga ko‘ra guruhlash: predmetlar nomini bildiruvchi so‘zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiruvchi so‘zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan–kishilik olmoshi); gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va hokazolar), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta; gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno); gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘z yordamida); gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar, bayon, kichik insho; xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, ro‘yxat tuzish boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi  tashkil etadi.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
  1. Yo’ldoshev J.G, Usmonov, S.A, Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni amaliyotga joriy qilish.-T. Fan va texnalogiya. 2008.
  2. Qayumova N.A O’qitishning axborot-ta’lim tizimi sharoiti va unda axborot kamunikatsiya texnalogiyalari soxasi o’qituvchilarini tayorlash. Monografiya-T: «Fan va texnalogiya», 2015
  3. G’oziyev. E Jabborova. A «Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi» T. 2003y
  4. Bo’tayeva. H «Boshlangich sinf o’quvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishini
5.Шеранова М.Б. Энг қадимги маърифий қарашларда ватанпарварлик тарбияси // Ижодкор ўқитувчи . Республика илмий-услубий журнали. – 2022. № 20. 246-248 б.
  1. Mа’nаviy tаrbiyaning shаxsni shаkllаntirishdаgi o‘rni // Тошкент давлат педагогика университети илмий ахборотлари – Тошкент, 2020. №4. 126-132 б.