Munosiblar taqdirlandi.
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining 3-sonli majlis odatdagidek taqdirlash qismi bilan boshlandi.
Dastavval institut rektori Sh.Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ilmiy unvon va ilmiy daraja bo‘yicha berilgan diplomlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Tantanali tabrik qismi “JDPI rektorining stipendiyasi» sovrindorlarining taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Unda institut qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyining 8 nafar talabasi taqdirlandi. Ta’kidlash joyi oliygoh rektori Sh.Sharipov tomonidan ta’sis etilgan stipendiyaga 40 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar da’vogar bo‘lgan edi. “ JDPI rektorining stipendiyasi” ga sazovor bo‘lganlar orasida xalqaro olimpiada sovrindorlari, sport musobaqalarining respublika g‘oliblari, shuningdek”Eng yaxshi kitobxon” tanlovida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar borligi juda quvonarli.