Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Fakultetlararo umumta’lim kafedralari

 

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim

Sirtqi (5 yillik) ta’lim shaklidagi mavjud ta’lim yo’nalishlar:

5110100 – Matematika va informatika
5110400 – Biologiya
5110600 – Tarix
5110700 – Informatika o`qitish metodikasi
5110800 – Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi
5110900 – Pedagogika va psixologiya
5111100 – Musiqa ta`limi
5111200 – O`zbek tili va adabiyoti
5111700 – Boshlang`ich ta`lim
5111800 – Maktabgacha ta`lim
5112000 – Jismoniy madaniyat
5112100 – Texnologik ta`lim

II-mutaxassislik ta`lim shaklidagi mavjud ta`lim yo`nalishlar:

5110100 – Matematika va informatika
5110400 – Biologiya
5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
5110600 – Tarix
5110700 – Informatika o`qitish metodikasi
5110800 – Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi
5110900 – Pedagogika va psixologiya
5111200 – O`zbek tili va adabiyoti
5111600 – Milliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi
5111700 – Boshlang`ich ta`lim
5111800 – Maktabgacha ta`lim
5111900 – Defektologiya: logopediya
5112000 – Jismoniy madaniyat
5112100 – Texnologik ta`lim
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim boshlig’i

Avazov A’zam Jonuzoqovich

Faoliyati: 2020-yil 10-avgustdan

Telefon: +998 93 307 03 06

Email: azamavazov23@gmail.com

Qabul vaqti: Seshanba, Juma 15:00–17:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oliy ta`lim muassasalarida pedapedagogika yo`nalishida maxsus sirtqi bo`limlarni tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti tarkibidagi Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limi tashkil etilgan. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limi 2018-2019-o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limini tashkil etish tartibi to`g `risidagi nizom” hamda institut kengashining 2020-yil 24-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan faoliyat olib boradi. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limida sirtqi (5 yillik) ta`lim shakli va II mutaxassislik ta`lim shakillari mavjud bo`lib 2021-2022 o`quv yili mobaynida sirtqi (5 yillik) ta`lim shaklida 5528 nafar va II mutaxassislik ta`lim shaklida 1448 nafar jami 6976 nafar talabalar quyidagi ta`lim yo`nalishlarida tahsil olmoqda.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institut Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limi 2021-2022 o`quv yili boshidan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo`ston shaharchasida joylashgan qayta rekontruksiyadan o`tkazilgan institut binosida o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Yangi binoda talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Binoda, 4 ta o`quv xonasi eng so`ngi zamonaviy kompyuter jixozlari bilan ta`minlangan. Talabalarning dars jaroyanlarining sifatli o`tilishini nazorat qilish maqsadida binoning barcha o`quv xonalari kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Talabalarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, talabalarning sifatli ta`lim olishini taminlash maqsadida 2021-2022-o`quv yilidan boshlab Moodle platformasi joriy qilindi. Sirtqi (masus sirtqi) bo`limida 2020-2021 o`quv yilida kafedralar soni 2 ta Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta`lim kafedrasi va Aniq va tabiiy fanlarda masofaviy ta`lim kafedralari faolyat yuritgan. 2021-2022 o`quv yilidan boshlab ta`lim sifatini yanada oshirish va talabalar bilan ishlash ko`lamini oshirish maqsadida Institut rektorining 2022-yil 3-martdagi “Institutning o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan tashkiliy tuzilmasini amaliyotga joriy etish to`g`risida” gi 81-U-sonli buyrug`iga asosan Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limining Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta`lim kafedrasi negizida Maktabgacha va boshlang`ich yo`nalishlarda masofaviy ta`lim va Pedagogika-psixologiya va musiqa yo`nalishlarida masofaviy ta`lim kafedralari tashkil etildi.

A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituning shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda Sirtqi (maxsus sirtqi) bo`limida quyidagi kafedralar faoliyat olib bormoqda:

1. Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta`lim kafedrasi: Kafedra mudiri-Alimov Xakim Ne`matuvich. Kafedrada 26 nafar professor o`qituvchi mavjud. 2. Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta`lim kafedrasi: kafedra mudiri-Aqchayev Farrux Shavkatovich. Kafedrada 22 nafar professor o`qituvchi mavjud. 3. Maktabgacha va boshlang`ich yo`nalishlarda masofaviy ta`lim kafedrasi: Kafedra mudiri-Umarov Ilxom Akbarovich. Kafedrada 21 nafar professor o`qituvchi mavjud. 4. Pedagogika-psixologiya va musiqa yo`nalishlarida masofaviy ta`lim kafedrasi: Kafedra mudiri: Abdunazarov Abdumutal Olimovich. Kafedrada 19 nafar professor o`qituvchi mavjud.

Jizzax davlat pedagogika institutining shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limida quyidagi dekanat xodimlari faoliyat olib bormoqda:
1     Avazov A’zam Jonuzoqovich Bo’lim boshlig’i 55-151-19-42
2     Egamqulov Maxmud Saidqulovich O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari 72-512-11-24
3      To’pchiyev Usmon Sindarovich O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari 72-512-12-96
4      Suyarov Behruz Bahodir o’gli O’quv ishlar bo’yicha dispetcher 72-512-12-16
5      Do’sbekov Aliakbar Alisadi o’g’li O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari 55-151-19-88
6      Alimov Xakim Ne’matuvich Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri 72-512-12-19
7      Aqchayev Farrux Shavkatovich Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri 72-512-13-19
8      Umarov Ilxom Akbarovich Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri 72-512-12-36
9      Abdunazarov Abdumutal Olimivich Pedagogika-psixologiya va musiqa yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri 72-512-13-13
10 Qorovul xona 72-512-11-30