Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MATEMATIKA DARSLARIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH.

Usarov Sardor Abdunazirovich Jizzax davlat pedagogika universiteti   Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida mobil ilovalardan foydalanish va uning ahamiyati haqida ma’lumotlar va ularni yechish bosqichlari yoritilgan. Kalit so’zlar: matematika, mobil ilovalar, geomtryx, planimetriya, streonometriya. Ta’lim yangi bosqichga ko’tarilmoqda, o’quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot olish osonlashmoqda, bunday o’sish jarayonida o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bugungi kunda axborot ko’lami juda kengayib ketdi. Agar o’qituvchi o’z ustida ishlamasa avvalgi o’rgangan bilimlari yetarli bo’lmay qoldi. Aniq fanlarning o’qitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari asosida 3 turdagi o’quv mashg’lotlariga: ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda keltirilganlarni kompleks holda qo’llash tavsiya etiladi. Zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchilarda mantiqiy , aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga ularning qobilyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo’lish hamda ijobiy kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Zamonaviy ta’limning global tendentsiyalaridan biri o’quv jarayonida mobil qurilmalardan (smartfonlar, planshetlar va boshqalar) foydalanish hisoblanadi. Turli fan yo‘nalishlarida mobil qurilmalardan foydalanish va o‘quv jarayonini tashkil etish misollarini tavsiflovchi nashrlar tobora ko‘payib bormoqda. Pedagogik hamjamiyat o‘quv amaliyotiga mobil qurilmalarni joriy etishning zamonaviy formatlarini ishlab chiqmoqda. Mobil texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani uyg‘otadi, bu albatta ta’lim samaradorligi va sifati oshishiga olib keladi. Ovoz, rang, animatsiya va boshqalarning uyg’unligi hisobiga o’quv ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatlari kengayib bormoqda.Bundan tashqari, mobil qurilmalardan darsning barcha bosqichlarida va turli mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Bularning barchasi zamonaviy ta’lim tizimi uchun ustuvor bo’lgan fazilatlar – ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari, jamoada ishlash qobiliyatlari chegaralarini kengaytiradi. Matematika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish jahon amliyotida juda keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy dasturlar matematik tasavvurni shakllantirishda  o’quvchilar uchun juda katta rol o’ynamoqda. Kompyuter dasturlaridan tashqari mobil ilovalar ham juda katta tezlik rivojlanmoqda. Kompyuterlar uchun yaratilgan yangi dasturlar ko’p vaqt o’tmay mobil telefonlar uchun ham yaratilmoqda. Hozirgi kunda ko’pchilik o’quvchilar mobil telefonga ega ekanligi ularning axborot olish imkoniyati juda katta ekanligini bildiradi. Ular kompyuterga ega bo’lmasa ham yangi dasturlarning mobil telefoni orqali foydalanish imkoniyatini beradi. Matematika darslarida mobil qurilmalardan foydalanishning asosiy variantlarini ko’rib chiqamiz. Mobil qurilma ma’lum bir vositani almashtirishdir. Ya’ni matematika darslarida mobil qurilmalar transportir va chizg’ich kabi asboblarni almashtirishi mumkin. Buning uchun Google Play Marketdan foydalanib o’rnatilishi mumkin bo’lgan maxsus ilovalar mavjud. Masalan, “Smart Protractor” mobil ilovasi smartfon yoki planshet yordamida ob’yekt burchagi yoki qiyaligini o‘lchash imkonini bersa, “Ruler” mobil ilovasi esa oddiy chizg’ich bilan bir xil amallarni bajarish imkonini beradi. Mobil qurilma ixtisoslashgan va universal ilovalar bilan ishlash vositasidir. Hozirgi vaqtda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda matematika va informatika darslarida foydalanish maqsadga muvofiq bo’lgan maxsus mobil ilovalar ham, universal ilovalar ham yetarlicha.   Matematika va informatika darslarida o’z-o’zini nazorat qilish va bilimlarini oshirishga hizmat qiladigan dasturlar sifatida foydalanishga imkon beruvchi ba’zi maxsus mobil ilovalarni na’muna sifatida  ko’rsatamiz. Masalan, “Uzunlik o‘lchovlari”, “Yuza o‘lchovlari”, “Massa o‘lchovlari” kabi nazariy materialni o‘rganishda matematika darslarida “Birlik konvertori” mobil ilovasining imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Masalan «Tenglamalar tizimlarini yechish» mobil ilovasi tenglamalar tizimlarini yechish bilan bog’liq bo’lgan ilova bo’lib, tenglamalar mavzusi bo’yicha matematika darslarida o’z-o’zini tekshirish va bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Matematika darslarida  geometrik shakllarni tasavvur qilishga yordam beradigan talaygina yangi dasturlar mavjud bo’lib, ular o’quvchilarga 3D modellarni ko’chirish, aylantirish, masshtablash, ularni istalgan burchakdan ko’rish, virtual ob’ektlarni birlashtirish va ajratish hamda olingan natijalarni o’rganish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shunday dasturlardan biri Geometryx dasturidir. Geometryx dasturi geometriya fanini o’rganishda juda katta yordam beradi. Ushbu dasturda nafaqat Planimetriya bo’limi balki Streometriya b’limiga tegishli shakllarni yasash va ko’rish mumkin.   Geometriya darslarida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar o’rnida mana shunday mobil ilovalardan foydalanish darslarni yanada qiziqarli va tushunarli bo’lishiga yaqindan beradi. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan ayni paytda o’qituvchilar ham zamon bilan hamnafas tarzda yangi ilovalarni bilishlari o’qituvchining zamonaviyligi hamda yangi bilimlarga intilishi ta’lim jarayonining samaradorligi oshishi omilidir.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
  1. Ishmuhamedov , Abduqodirov         A.,  Pardayev  A.   “Ta’limda innovasion texnologiyalar” Amaliy tavsiyalar. T.: “Iste’dod” jamg‘armasi-2008.

2. I.I. Raskina, N.A. Kurganova “ Использование мобильных устройств на уроках математики и информатики”«Актуальные проблемы методики обучения информатике и математике в современной школе» 2019 y.

  1. Usarov S. “Elements of logic and some considerations on the application of operations on them ” Euroasian scientific Herald (ESH) ISSN (E): 2795-7365.
  2. Usarov S. “Elektron ta’lim muhitida o’quvchilarning mantiq elementlarini o’rganishga qiziqishlarini rivojlantirish” Toshkent davlat pedagogika univsersiteti ILMIY AXBOROTLARI ilmiy nazariy jurnal 2022 yil 264-270 bet.