Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ATROF-MUHIT MUHOFAZASIDA DAG‘AL DISPERS SISTEMALARNING ROLI

Karshiev E.B.-dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti Axmedov B.-magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti Muyasarova K.- magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti Anonottatsiya; Bu makolada ishlab chikarishda, aerozol ko‘rinishidagi mikrogeterogen dispers sistemalar hosil qilib, ularni qo‘llash, tabiatni muhofaza qilish yeng muximligi kursatilgan. Kalit suzlari;  Dispers, ruda, shaxta, gidrofob , mikrogeterogen,  gel ,  oksid , fosfor, azot.   Kattik dispersion muhitga ega bo‘lgan kolloid sistemalar dispers fazaning agregat holatlari bo‘yicha kuyidagi turlarga bo‘linadi. Dispers fazasi gazsimon  (g/k), suyuk (s/k) va kattik (k/k) bo‘lgan kattik zollar mavjud. G/k turdagi sistemalarga (govak) qattiq jismlar kiradi. Ular dagal dispers sistemalar (kattik ko‘piklar) bo‘lib, ular jumlasiga pemza, penobeton, turli kurilish materiallari, izolyatsion materiallar, keramika, yukori dispers govak (silikagel, o‘zanaklarining diametri 1-100 nm bo‘lgan aktivlangan ko‘mir va katalizatorlar) kiradi. Bu materiallarning zichliklari kichik bo‘lib, ular issiklikni yomon o‘tkazadi. Tabiiyki, ularning pishiqligi govaklar xajmiga bog‘lik bo‘ladi. Hozirgi kunda mamlakatimizning ko‘pchilik xududlarida foydali qazilmalarni rudalarni olishni burgulash, portlatish kabi usullaridan foydalanilmokda. Ochik usulda ko‘mirni kazib olish jarayonida atrof-muhitga ko‘mir changining ko‘p mikdorda chikib ketishi ayni xudud atmosfera havosining ifloslanishiga olib kelmokda. Olmalik kimyo zavodidagi kimyoviy jarayonlar mahsulotlari hisoblanadigan oltingugurt, fosfor oksidlarining; Fargona, Navoiy azotli o‘g‘itlar zavodlaridan chikadigan azot oksidlarining atmosferaga chiqishi ham havoning ifloslanishiga olib kelmokda. Bu o‘z navbatida shu xududlarda yashovchi insonlarning  alomatligiga, xayvonot olamiga, o‘simliklar dunyosiga, anikrogi, atrof-muhitga o‘zining salbiy tasirini ko‘rsatmokda. Respublikamizdagi  bunday zararli oqibatlarning oldini olish, ularga qarshi ximoya usullarini topish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Dispers sistema deb biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo‘lgan sistemaga aytiladi. [1] Dispers sistemalarning barqarorligi dispers faza va dispersion muhit zarrachalarning katta-kichiklik (disperslik) darajasiga bog‘lik [2].Barkaror dispers sistemani hosil qilish, texnikada va tabiatni muhofaza qilishda katta amaliy ahamiyatga ega. Dispers sistemalarni aerozol ko‘rinishi koinotda keng tarkalgan. Aerozol-suyuklik yoki kattik jism zarrachalarining gaz muhitida (masalan xavoda) tarqalishi natijasida mikrogeterogen dispers sistema xosil bo‘ladi. Tabiatdagi barcha ob’ektlarda ham kattik-kattik, suyuk-gaz, suyuk-kattik, gaz-qattiq tipidagi dispers sistemalar mavjuddir. Shu sababli dispers sistemalarning rolini bilish va ularni boshqarish masalasi ishlab chiqarishda uchraydigan anik masalalarni hal kilishda katta ahamiyat kasb etadi. Sanoat rivojlanishi bilan turli ekologik muammolar ko‘payishi kuzatiladi. Jumladan, yer osti qazilma boyliklarini burg‘ulashda, yo‘l qurilishida, tog‘larni portlatishda, rudalarni texnika vositalarga ortishida, rudalarni boyitishda, ko‘mir kazib olishda tabiatga turli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi chang va gazlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday salbiy holatlarning oldini olishda, aerozol ko‘rinishdagi dagal  dispers sistemalarni hosil qilib, ularni qo‘llash juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bizga inson salomatligigama’lumki, turli zaharli changlar yig‘ilishining okibati salbiy ta’sir ko‘rsatishdan tashqari ayrim gazlarning portlashi kabi noxush holatlarga olib keladi. Ruda kazib olishda, massa tarkibida gel xosil kiluvchi modda bo‘lgan maxsus eritma bilan sug‘oriladi. Hosil bo‘lgan gel ruda kazilgan joydagi darzlarni bekitib gaz yig‘ilishiga yo‘l kuymaydi. Barkaror gel hosil bo‘lishiga yordam beruvchi moddalarga, liofil-suvga moyil molekulalaridan tuzilgan moddalar ko‘shiladi.Bunday molekula o‘zining kutbli gruppasini suv tomonga karatib, gidrofob radikalli qismi bilan mineral sirtida adsorbsialangan holda joylashadi. Ko‘mir kazib olishda liofil moddali eritma ishlatilsa, ko‘mir sirtida adsorblanib, kumir g‘avaklarida yig‘iladigan gazlarni haydab chikaradi, bu esa tabiatni muhofaza kilishda, konchilarning salomatliklarini saklab kolishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ishlab chikarishda, aerozol ko‘rinishidagi mikrogeterogen dispers sistemalar hosil qilib, ularni qo‘llash, tabiatni muhofaza qilishdagi hisoblanadi. Atrof-muhitga ko‘mirning kattik zarrachalarini yoki oltingugurt, fosfor, azot oksidlarining gaz holatidagi zarrachalarini dispers sistema xolatiga o‘tkazib, havoga tarkalib ketmasligini ta’minlash bugungi kuning yeng muxim dolzarb masalasidir.   Foydalanilgan adabiyotlar    
  1. Karshiev E.B. «Strukturoobrazovanie v suspenziyax glin» “Tafakkur ziyyosi” ilmiy uslubiy jurnali 2022 y.
  2. N.K Olimov «Fizik va kolloid kimyo» T. «Ukituvchi» 2001 y.