- Kenjaeva D.T. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida barkamol shaxsni shakllantirishning nazariy-amaliy asoslari: Ped.fan.nomz… diss. – T.:2007 y.
- Jumaeva N.E. Umumiy o‘rta ta’limni insonparvarlashtirishda o‘qitish tamoyillari va metodlarining o‘zaro aloqadorligi: Ped.fan.nomz… diss.avtoref. – T.:2005 y.
- Hamzaev H.X. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda ijtiomiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish: Ped.fan.bo‘y.fal.dok … dis. – N.: QDU, 2019.
IJTIMOIY FAOL TALABA SHAXSINING INTELLEKTUAL XUSUSIYATLARI
Ravshanova G.A. – JDPI o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi ijtimoiy faol shaxsning intellektual qobiliyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, imkoniyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi xizmatlarini aniq maqsadga yo‘naltirish xususiyatlari ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: mustaqillik, uzluksiz ta’lim, ijtimoiy, faol, shaxs, tarbiya, demokratlashtirish, insonparvarlashtirish, texnologiyalashtirish, aqliy faoliyat, fikrlash, boshlang‘ich sinf, o‘qituvchilar, bilim, bilish faoliyati, aloqa, xabar.
Annotatsiya: V dannoy state razrabotanы intellektualnыe sposobnosti, duxovno-nravstvennoe vospitanie, vozmojnosti segodnyashney sotsialno-aktivnoy lichnosti i osobennosti napravleniya opredelyonnoy seli yego zaslug v razvitii obщestva.
Klyuchevыe slovo: nezavisimost, neprerыvnoe obrazovanie, sotsialnыy, aktivnыy, lichnost, vospitanie, demokratizatsiya, gumanizatsiya, texnologizatsiya, umestvennaya deyatelnost, mыshlenie, nachalnыe klassы, poznavatelnaya deyatelnost, svyaz, soobщenie.
Annotation: In this article is worked out about person’s social active intellectual capabilities, spiritual-behavioral training, chances and focusing his services to the main objective in the society developments.
Key words: development, continuous education, social active person, training, democracy, personalizing, technology, mental activities, primary grades, teachers, knowledge awareness, communication, information.
Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Unda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy maqsad etib belgilangan. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan faol, mustaqil, mas’uliyatli, aniq hayotiy maqsad hamda mustaqil fikrga ega, shuningdek, mavjud murakkab sharoitda hayot muammolarini hal etishga qodir ijtimoiy faol shaxsini shkllantirishdan iboratdir [1].
Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy faol shaxsni rivojlantirish bevosita ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liqdir. Albatta bunda mazkur sharoitda yashash va faoliyat ko‘rsatish, qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lgan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish muhim hisoblanadi. Jamiyatning hozirgi taraqqiyotida insonning ijtimoiy faolligi ma’naviy va moddiy sohalarida katta o‘zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy faol shaxs faoliyatining ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Bugungi ijtimoiy faol shaxs o‘zining intellektual qobiliyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, imkoniyatlari yangi qirralari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda. Ayni vaqtda shaxsning ijtimoiy faolligini rivojlantirish va uni yagona ijtimoiy maqsadga yo‘naltirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki bugungi shaxs o‘z fikrlarini erkin bayon eta olish bilan birga yangi muammolarni aniqlashda va hal etishda faol ishtirok etmoqda. Shunday ekan ijtimoiy faol bo‘lgan shaxs turli guruhlarda muloqatga kirishib turli soha va turli vaziyatlarda ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qiladi. O‘zining axloqi, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo‘lida mustaqil izlanishlar olib boradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda ta’lim jarayonini takomillashtirish, insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, differensiatsiyalash, fuqarolik va sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishdan iboratdir [2]. O‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan shaxsni shakllantirish ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, o‘z mamlakati taqdiri uchun mas’uliyatlikni rivojlantiradi.
Ijtimoiy faol shaxs jamiyatning a’zosi sifatida u ijtimoiy ahamiyatga ega muayyan vazifalarni bajaradi. Yosh jihatidan ulg‘aygani sari u tomonidan bajarilayotgan ishlar shakli va mazmuni o‘zgarib boradi. U qiziqishlari va qobiliyati darajasida atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Ushbu jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra bevosita shaxsning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga yunaltirilgan. Bular: ta’limning milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarga asoslanishi; ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; ta’limning ijtimoiylashuvi; ta’limni differensiallashtirish; ta’limni texnologiyalashtirish kabi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni bo‘lib, ularning markazida o‘qituvchi o‘rin egallagan.
Demak, shaxsning ijtimoiylashuvida esa ta’lim tizimi ustuvor hisoblanadi. Albatta bunda pedagogik jarayonning sezilarli ta’siri va rolini inobatga olgan holda ta’limning shaxsga yunaltirish talab etiladi. Demak,ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi, intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Demak, ularning intellektual salohiyati, yuksak aql-zakovatini rivojlantirishda, ta’lim jarayonida eng yangi texnologiyalarni amalga oshirish uning milliy zaminini mustahkamlashni tashkil etadi. Chunki, bunda birinchidan har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlanish, kasbiy, mehnat huquqlari ruyobga chiqadi. Respublika uzluksiz ta’lim tizimida har bir shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish taqozo etiladi [3]. Bu o‘rinda milliy- madaniy, tarixiy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan ta’lim tizimining tashkiliy-pedagogik tamoyillarining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi. Buning uchun shaxs qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, uni milliy va umuminsoniy ma’naviy boyliklardan bahramand etish, ta’lim-tarbiya berishda tarixiy an’analarga asoslanish, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlash, shuningdek, ta’lim jarayonida uning haq-huquqlarini inobatga olish, qadr-qimmati, sha’nini hurmat qilish kabilar ta’limda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishish muhim hisoblanadi. Mazkur jarayonda shaxsning ongli ravishda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga ola bilish, intellektual va axloqiy imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga intilishi muhimdir. Bunda ta’lim jarayonida shaxsning qiziqish va hayotiy ehtiyojlarini, ta’lim tizimida shaxs istaklarini inobatga olish, unga moslashish, yangilanayotgan jamiyatda fuqarolik haq-huquqini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish muhim hisoblanadi.
Uchinchidan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda har bir shaxs jamiyatning ma’lum ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar tizimiga, me’yor va qoidalariga rioya qilishga, shu jamiyatda yashash uchun uning teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi. Jamiyat faoliyatida ijtimoiy qoidalar va axloq-odob me’yorlarini o‘zlashtiradi. Bilim olish jarayonida talaba nafaqat shaxs sifatida rivojlanadi, balki jamiyat hayotiga moslashadi. Shu jihatdan ham hayotga bo‘lgan intilishlari rivojlanadi.
To‘rtinchidan ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning asosiy talablaridan biri sanaladi. Chunki, pedagogik texnologiya uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy g‘oyalarni amaliyotda qo‘ullashning eng qulay vositasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish ta’lim samaradorligini ta’minlabgina qolmay, ijtimoiy faol shaxsga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik texnologiyalar shaxsni rivojlantirish qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim jarayoniga tatbiq etishda eng maqbul yo‘llarini izlab topish imkonini yaratadi.
Demak, ta’lim jarayonida ijtimoiy faol shaxsning intellektual salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhim ekan. Chunki ularning intellektual saloxiyati jamiyat farovonligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. Bunda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning poydevori bo‘lib, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois talabani ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularni yangicha fikrlay oladigan, intellektual qobiliyati qilib rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ekan.
Adabiyotlar