Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimlashtirilmoqda

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi. Joriy yilning 20 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Ma’lumki Mazkur Qonunda: nobank kredit tashkilotlarining o‘z faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish; moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, jumladan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish uchun huquqiy asos yaratish; “tartibga solish qumdoni” doirasida moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish; mutanosib tarzda tartibga solish natijasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ortiqcha tartibga solishning oldini olish; nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan normalar belgilangan. Jizzax davlat pedagogika isntiuttida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ana shular xususida to‘xtalib, bugungi kunda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tarqoq bo‘lib, ushbu tashkilotlarni tashkil etish va ularning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni o‘z ichiga olgan yaxlit qonun hujjati haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek tadbirda soha vakillari  Qonun bilan nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan amalga oshiriladigan (ko‘rsatiladigan) moliyaviy operatsiyalar (xizmatlar) ro‘yxatlari, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, shu jumladan ularning tashkiliy-huquqiy shakli, muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari), rahbar xodimlari (kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organ, bosh buxgalter), shuningdek, ustav fondi (ustav kapitali) va uning eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berib o‘tishdi. Shuningdek yig‘ilish davomida Qonun qabul qilinishi natijasida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarining kengaytirilishi, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslarga, shu jumladan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarga bo‘lgan talabi qondirilishiga erishilishi respublikaning chekka va olis hududlaridagi aholi va kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olinishi qayd etildi.   Ta’kidlandiki, Mazkur Qonun aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.