# Xotira muqaddas, qadr aziz…
Zulm va zalolatga qarshi kurashda – egulikning g‘alabasi
Kundan-kun uzoq tarixga aylanib borayotgan ikkinchi jahon urushi insoniyatni zulm va zalolatga qarshi birlashtirgan edi. Respublikamizda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanayotgan 9-may sanasi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. 1.500 000 O‘zbekistonlik fuqaro jangga otlanib ularning 3/1 qismi jang maydonidan qaytmadi. Eng asosiysi urushni azobini yemagan oilaning o‘zi yo‘q edi. Kimdir frontda, yana kimdir front ortida jabr ko‘rgan. Ularni xotirlash va qadrlash biz uchun burchdir.
Jangga bormagan qahramon bo‘la olmaydi-mi?
1941 yil 22 iyun kuni sobiq Sovet ittifoqi xududiga fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik ahdlashuvni buzgan holda harbiy harakatlarni boshladi.
Urush haqidagi mash’um xabar Jizzax viloyatida ham yashin tezligida tarqaladi. Jizzaxda tashkil etilgan mitingda so‘zga chiqqan Mamatqul Qurbonov o‘z nutqida “Mamlakatimiz tuprog‘iga bostirib kirgan bosqinchilar albatta qaqshatqich zarbaga uchraydi. Biz Vatanni himoya qilish uchun qo‘lga qurol olib, urushga otlanamiz. Manfur dushmanni tor-mor qilish uchun har qanday topshiriqni bajarishga tayyormiz” degan da’vatkorona chiqish qiladi. Fashizmga qarshi kurashni o‘z burchi deb bilgan har bir o‘g‘lon jang sarhadlari tomon otlandi.
Front orti bilan cheklanmagan jangchi ayollarimiz Vera Fisenko, Anna Tulyakova, Antonina Papova, Bubirajab Bektagirova, Yelezaveta Dublyajenko, Antonina Fedyaeva kabi bir guruh shifokor ayollarimiz urushning dastlabki kunlaridayoq, keyinchalik V.Eysyan, P.Golovskoy, P.Durasev, A.Tarasenko, V.Fedchenko kabi qator vrach hamda hamshiralar jangchilarimizni yonida qo‘llab-quvvatlash uchun frontga jo‘nab ketdi. Ular mard o‘g‘lonlar bilan bir qatorda fashizmga qarshi kurashishdi.
Sharof Rashidovning Moskva ostonasidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati
“Peni va Arinin qishloqlarida bo‘lgan jangda rota komandiri halok bo‘lgach, rota politrugi o‘rtoq Rashidov komandirlikni o‘z zimmasiga oldi. Qahramonona jangda shaxsiy namuna ko‘rsatib, jangchilarni ruhlantira oldi va berilgan topshiriqning uddasidan chiqdi. Rashidov jangda o‘z rotasining oldingi safida bo‘ldi va yaralandi”. Sharof Rashidovning kursdoshlari – universitet bitiruvchilari Tursun Boboxonov, Zubaydulla Tog‘aev, Aleksandr Uberskiylar o‘sha davrlarni xotirlab shunday hikoya qilishadi: “42-yilning qahratoni. Qorli zaminni suyakni zirqiratadigan sovuq qurshagan. Bizning o‘qchilar brigadamiz ham tarkibida bo‘lgan Shimoli-G‘arbiy front qo‘shinlari Staraya Russa tomonga hujum qilib, fashistlarni yakson etish uchun tinimsiz janglar olib borib, Demyansk hududida 16-nemis armiyasining 7-diviziyasini qurshovga oldi. Fashistlar jonjahdi bilan qarshilik ko‘rsatardi. Bizning 2¬-batalonimiz oldiga qo‘yilgan topshiriq – Morfino qishlog‘ini egallash. Jang boshlanishi oldidan Sharof Rashidovning oxirigacha kurashishimiz lozimligi, chekinishning sira iloji yo‘qligi haqidagi gaplari esimizda. Morfino fashistlardan xalos etildi. Peni qishlog‘i uchun jang bundan ham shiddatli bo‘ldi. Sharof Rashidov qaynoq nuqtada turib qahramonona jang qildi, jasorati, bardoshliligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ldi. Uning yonida yurtdoshlari – o‘zbekistonliklar:M. Mahmudov, Z. Tog‘aev, R. G. Gulyans, A. V. Kireev, V. Shumarskiy, I. Ya. Safronov birgalikda jang qildilar. Jangda Sharof Rashidov yaralandi. Jang shiddat bilan davom etdi”.
“Hamma narsa – front uchun”
1942 yilda Jizzaxdagi yetakchi Paxta tozalash zavodi temir yo‘l stansiyasi atrofiga ko‘chirilib, 1941 yilning o‘zida 7890 tonna tola ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Sabr-bardoshli o‘zbek ayoli nafaqat tiku mashinasidagi mahorati shu bilan bir vaqtda og‘ir sanoat texnologiyasini muruvvatlarini yurgiza olish qobiliyatiga ega ekanligini namoyish qildi. Ayniqsa o‘sha yillarda sanoatni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan Mariya Bajanova, Yekaterina Pavlenko, Muzina Jabborova kabi fidokor ayollarimizni salmoqli hissalari g‘alabaga ulush sifatida qo‘shildi.
Bag‘rikenglikning – Jizzax namunasi
O‘zbek xalqining tantiligini urush bo‘layotgan xududlarda ko‘chirib keltirilgan aholi jumladan bolalarga g‘amxo‘rlikda o‘z ifodasini topdi. 1942 yil bahorida 716 kishini o‘z bag‘riga olgan viloyatimiz ahli ko‘chirib keltirilganlarga issiq kiyim, oziq-ovqat bilan ta’minlashda faollik ko‘rsatishdi. Evakuatsiya qilingan aholiga berilgan 170 gektar tomorqa uchastkalari ularning oyoqqa turishiga zamin yaratdi desak adashmaymiz. Xalqimizga xos baynalminallikning yana bir belgisi shunda namoyon bo‘ldiki, keyinchalik ko‘chirib kelingan aholi bilan bir-tan, bir-jon bo‘lib istiqomat qila boshlashdi.
O‘z davrining qahramonlari (1941-1945 yy)
Jizzaxda ta’lim tarbiya urush pallasida bir maromda ketdi deb ayta olmaymiz, sababi ko‘chirib keltirilganlarni joylashtirish, o‘qituvchilarimizning katta qismini frontga jalb qilinishi o‘quv binolari va o‘qituvchilarga ehtiyoj tug‘dirdi. Tojixol Tursunova, Shahri Umarova, Mehri Odilova Inobat Oxunova kabi mohir pedagoglarimizning barcha mehrlarini o‘nib-o‘sib kelayotgan avlodning yorqin kelajagiga qaratib jasorat ko‘rsatishdi. 1941-1945 yillar orasida ayollarimizning 70 foizga yaqini jamoa xo‘jaliklardagi ishlarga jalb qilingan bo‘lsa, 415 nafardan ziyod ayollarimiz mexanizatorlikka o‘qitilib qishloq ho‘jaligida yetakchilikni qo‘lga olishdi. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi natijasida ilg‘or ayollarimiz rahbarlik lavozimlarida o‘tirib butun front yukini o‘z zimmasiga olishdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S. Nazarqosimov