Mavlonbek Arabovich Doniyarov
Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi
Anotatsiya: Maqolada xalqaro baholash dasturi pirlsning
mazmun mohiyati, talablari va o’qish savodxonligini rivojlantirishdagi o’rni haqida fikrlar bildirilgan. Xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Xalqaro baholash, PIRLS, o’qish savodxonligi, ta’lim sifati.
ПРОГРАММА МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНКИ ЖЕМЧУЖИНЫ СОДЕРЖАНИЕ, ТРЕБОВАНИЯ И РОЛЬ В РАЗВИТИИ ГРАМОТНОСТИ ЧТЕНИЯ
Мавлонбек Арабович Донияров
Преподаватель Джизакского государственного педагогического университета
Аннотация: В статье высказываются мнения о содержании, требованиях и роли международной оценочной программы PIRLS в развитии читательской грамотности. Целью международного исследования является изучение навыков чтения и понимания учащихся начальных классов в странах с различными системами образования и различиями в системе образования, которые приводят к разным достижениям учащихся, состоит из выявления и оценки специфических характеристик.
Ключевые слова: Международное оценивание, PIRLS, читательская грамотность, качество образования.
PEARL INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM CONTENT, REQUIREMENTS AND ROLE IN THE DEVELOPMENT OF READING LITERACY
Mavlonbek Arabovich Doniyarov
Lecturer at Jizzakh State Pedagogical University
Annotation: The article expresses opinions on the content, requirements and role of the PIRLS international assessment program in the development of reading literacy. The purpose of the international study is to study the reading and comprehension skills of primary school students in countries with different education systems and differences in the education system that lead to different student achievements, consists of identifying and evaluating specific characteristics.
Key words: International assessment, PIRLS, reading literacy, quality of education.
Kirish
Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o’z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishiga hamda ta’lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda.
Ta’limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylandi. Shuningdek, globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatida yosh avlodni tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. Dunyo davlatlari ta’limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim o’rnini e’tiborga olib, ta’lim sifatiga e’tibor qaratdi. Ayni davrda ta’lim sohasida sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko’rilmoqda.
Yosh avlodning intelektual faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim masalaga aylandi. Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan.
Zamonaviy globallashuv va o’sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida har tamonlama rivojlanish konsepsiyasi yosh avlodning bilim darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida yosh avlodni XXI asr bilim va ko’nikmalarini egallashlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ta’lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqdiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etilgan. [1]
Bunday markazning tashkil etilishi o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlarni baholash va nazorat qilish imkonini beradi. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashning yangicha tizimi shakllanmoqda. Hozirda zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Jumladan, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida Xalqaro o’quvchilar bilimini baholash dasturlari PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) va (Programme for International Student Assessment (PISA) da ishtirok etish to’g’risida kelishuv imzolangan. Sinovlarda o’quvchilarimizning muvaffaqiyatli qatnashishlari yo’lida “Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning tabiiy fanlar bo’yicha savodxonligini baholash” nomli qo’llanmalar nashrdan chiqarildi. Metodik qo’llanmalarni ishlab chiqishdan maqsad o’qituvchilar va o’quvchilarning xalqaro tadqiqotlar haqida tasavvurlarini boyitish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Asosiy qism
2021 yilda o’quvchilarimiz PIRLS asosiy tadqiqotlarida, 2022 yilda PISA asosiy tadqiqotlarida muvaffaqiyatli qatnashishdi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida bunday xalqaro baholash tendensiyalariga amal qilish yosh avlodni intelektual faolligini oshirish, ularning ta’limdagi kompetentligini va kreativligini rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yuqorida keltirilgan xalqaro baholash dasturlari tahsil oluvchilarning shu kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda bu baholash dasturlarini ta’lim jaraoyoniga integratsiya etsih zarur hisoblanadi. Quyida bu baholash dasturlari haqida bilb olamiz.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study-Xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi taraqqiyot) bu 4-sinf o’quvchilarning matnni o’qish va tushunish darajalarini baholab beruvchi xalqaro qiyosiy baholash mezonidir.
PIRLS- (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq ta’limi xodimlari, olimlar,
metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assosiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assosasiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Maccachucetc, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan. Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi. Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o’tkazilgan. Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi. PIRLS tadqiqotda ishtirok etuvchi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfga maktab o’quvchilarini qabul qilish yoshi turlicha. Ko’plab mamlakatlarda maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va to’rtinchi sinfni 10.5 yoshda tugatishadi. Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad Tobagoda – maktabga 5 yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro tadqiqotida ushbu mamlakatlarning 5-sinf o’quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok etishadi. Shvesiya, Daniya va ko’plab Sharqiy davlatlarda – maktabga 7 yoshdan qabul boshlanadi va ushbu mamlakatlarning o’quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng katta (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi.
Bu dastur asosida olib borilyotgan ushbu jarayonlar bevosita fanlar bilan va fanlararo bog’liqlik tarzda olib borilishi lozim bo’ladi. Quyida integratsiya va baholash dasturlari asosida olib boriladigan qisqacha fikrlrga e’tibor qaratamiz. Integrastiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o’zining rivojini Integrastiya g’oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo’lgan predmetlarni o’rganish bo’lajak
mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi.
Yu.M.Kolyagin fikriga ko’ra, ta’lim tizimida integrastiya ikki xil ma’noda qo’llanilishi mumkin:
- O’quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integrastiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).
- Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu yerda integrastiya-ta’lim vositasi hisoblanadi).
Birinchi ma’no bo’yicha integrastiya O’quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo’yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o’zaro bog’langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.
Ikkinchi ma’noda integrastiya O’quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o’zaro to’qnash (uchrash) gan yeri (nuqtasi) da yangi tasavvurlarni anglay olsin. Dastlab, fanlardagi fikr (g’oya) lar to’qnashgan nuqtada avvaldan bo’lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to’ldirishga, ular o’rtasida bo’lgan bog’lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin. Huddi manashu tarzda olib boriladigan integratsiyalash jarayonni PISA, PIRLS dasturlari talablari asosida olib borilishi kerak bo’ladi. Bu jarayon fanlarni o’qitish jarayonini baholash dasturlari asosida olib borish ya’ni fanlarni baholash dasturlari bilan integratsiyalash hisoblanadi. [2]
Tadqiqot metodologiyasi
Yosh avlod bilimini baholashda xalqaro baholash dasturlarini amaliyotga qo’llash bilan birga milliy baholash tizimini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro dasturlarda ishtirok etish yosh avlodning intelektual salohiyatini qay darajada rivojlanayotganini aniqlash, shu orqali natija va samaradorlikning yangi yo’nalishlarini belgilab olishga imkoniyat yaratsa milliy baholash tizimining yanada takomillashtirish xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash bilan birga ularning kreativligini va kompitentligini va o’z navbatida ta’lim sifatini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Zero, ayni davr ta’limi va global taraqqiyot bilimlar universalligini ham talab etmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini umume’tirof qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq tubdan yaxshilash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’limga to’liq qamrab olinishi, 11 yillik o’rta ta’limning joriy qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan malakali pedagog kadrlarga ehtiyoj masalasi oliy ta’limning pedagogika yo’nalishlarida sirtqi (maxsus sirtqi), kechki (smenali), ikkinchi Oliy ta’lim hamda xorijiy davlatlar bilan qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish bilan o’z yechimini topmoqda. [3]
Xalqaro baholash dartutlari (PIRLS, TIMSS, TALIS va boshqalar) boshlang’ich sinf, nafaqat yuqori sinf o’quchilari uchun ham qo’llanila boshlandi. Bu xalqaro dasturlar o’quvchi o’ylantirishga, balki fikrlay olish doirasini kengaytirishda, uni har tamonlama tarbiyalashda muhim turtki vazifasini bajaradi. Bu baholash dasturlarining asosiy maqsadi shundan iboratki, umumta’lim maktablarining o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini xolisona baholash, o’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirsh va ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish lozim. Xalqaro baholash dasturlari asosan 3xil fan doirasida olib boriladi. Bular quyidagilar:
- O’qish savodxonligi – insonning yozma matnlarni tushunish va qo’llay olish, ular haqida fikrlash va o’z bilimi hamda imkoniyatlarni kengaytirish, ijtimoiy hayotda ishtirok etish, maqsadlariga erishish uchun o’qish bilan shug’ullanish qobiliyatidir.
- Matematik savodxonlik – bu insonning u yashayotgan dunyoda matematikaning o’rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik xulosalar yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaroga mansub hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida matematikadan foydalanish qobiliyatidir.
- Tabiiy-ilmiy savodxonlik – bu shaxsning tabiiy fanlarga bog’liq masalalar bo’yicha faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo’lishi va tabiiy g’oyalarga qiziqishga tayyorgarlik qobiliyatidir. Tabiiy-ilmiy savodli inson tabiiy fanlar va texnalogiyalarga oid muammolar muhokamasida ishtirok etishga intiladi va buning uchun quyidagi kompetensiyalarga ega bo’lishi talab etiladi, hodisalarni ilmiy tushuntiradi, baholaydi va ilmiy tadqiqotlarni rejalashtiradi, ma’lumot va dalillarni ilmiy jihatdan sharxlaydi. [4]
Xulosa
O’quv dasturlarida o’quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishning uchta o’zaro bog’liq komponentlari qo’llab-quvvatlanadi: tushunchalar, ko’nikmalar, jarayonlar. Ushbu tizim o’quv dasturlarini o’qitish, o’rganish va baholash yo’nalishlarini ta’minlab beradi.
O’qish savodxonligini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar:
UCH, BURGUT, UCHA QOL!
(Afrika xalqlari ertagi)
Kunlarning birida сho‘pon yo‘qolgan buzo g‘ini topib kelish uchun yo‘lga otlanibdi. Chunki bir kun oldin kuchli bo‘ron turib, poda buzoqsiz qaytgan edi.U vodiyga borib, buzoqni daryo bo‘yidan, qamishzorlar ichidan, tog‘-u toshlar orasidan qidirib, baland qoyali tog‘ yonbag‘riga chiqibdi. U buzog‘ini: «Balki, bo‘rondan qochib qutu lish uchun toshlar orqasiga yashiringandir», – deb xarsangtosh orqasiga qarabdi. Shunda uning bir g‘ayritabiiy narsaga ko‘zi tushib, hayratdan to‘xtab qolibdi. Endi tuxumdan chiqqan bir yoki ikki kunlik burgut bolasini kechagi kuchli bo‘ron inidan uloqtirib yuborgan edi.
Cho‘pon ehtiyotkorlikda ikkala qo‘li bilan palaponni ko‘tarib olibdi. U burgut bolasini uyiga olib borib, unga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilibdi.
Cho‘pon uyga yaqinlashib qolganida, bolalari uning qarshisiga yugurib chiqishdi.«Buzoqning o‘zi qaytib keldi!» – deb qiyqirishdi ular.
Cho‘pon bu xabardan mamnun bo‘ldi. U burgut bolasini oilasiga ko‘rsatib, so‘ngra uni tovuqxonadagi tovuqlar va jo‘jalar orasiga joylashtirdi.
«Burgut – qushlar hukmdori, – dedi u, – biz esa unga tovuqlardek bo‘lishni o‘rgatamiz».Shunday qilib, burgut tovuqlar orasida yashab, ularning yashash tarziga moslashibdi. U katta bo‘lgani sari tashqi ko‘rinishidan boshqa jo‘jalardan butunlay farq qila boshlabdi.Bir kuni cho‘ponning do‘sti mehmonga kelib, jo‘jalarning orasidagi qushni ko‘rib qolibdi.«Hoy, axir bu tovuq emas, burgut-ku!» – dedi do‘sti.
Cho‘pon unga jilmayib: «Yo‘q, bu tovuq. Qara, u tovuq kabi yuradi, tovuq kabi oziqlanadi, tovuq kabi o‘ylaydi. Albatta, bu tovuq», – dedi.Lekin do‘sti bunga ishonmadi. «Men senga uning burgut ekanligini isbotlayman», – dedi u.Cho‘ponning bolalari do‘stiga qushni ushlashga yordam berishibdi. Do‘sti qushning yaxshigina og‘ir bo‘lishiga qaramay, boshi uzra tepaga ko‘tarib: «Sen tovuq emas, burgutsan. Sen yerga emas, osmonga tegishlisan! Uch, burgut, uchaqol!» – debdi.Shunda qush qanotlarini keng yozib atrofga qaradi, donlab yurgan tovuq larni ko‘rib, ularning qatoriga qo‘shilish uchun pastga sakrab tush «Men senga uni tovuq deb aytgan edim-ku», – deya cho‘pon xaxolab kuldi.
Ertasi kuni hali tong yorishmasdan dehqonning itlari vovullay boshladi. Tashqaridan qandaydir ovoz eshitildi. Cho‘pon eshikni ochib qarasa, yana o‘sha do‘sti kelgan ekan.
– Menga yana bir imkon ber, – yalindi u.
– Hozir soat necha ekanligini bilasanmi? Hali tong ham yorishgani yo‘q.
– Men bilan yur, qushni ham o‘zing bilan ol.
Cho‘pon istar-istamas tovuqlar orasida qattiq uxlab yotgan qushni oldi. Ikkovlon yo‘lga tushib, birpasda qorong‘ilikka sho‘ng‘ib ketdi.
– Qayerga ketyapmiz? – dedi uyqusirab cho‘pon.
– Tog‘ga, qushni topgan joyingga.
– Nega bunday bemahalda?
– Bizning burgutimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan osmonda turib, tog‘lar ortidan quyoshning chiqishini kuzatishi kerak.
Ular vodiyga yetib, daryoni kesib o‘tdi. «Tezroq», – dedi do‘sti, – kun yorishguniga qadar ulgurishimiz kerak».
Ular tog‘ga chiqqanlarida, quyosh nurlari endi ufqdan ko‘rinayotgan edi. Bu nurdan osmondagi pag‘a bulutlar avval pushti, so‘ngra oltindek tovlana boshladi. Ba’zan ular tog‘lar orasidagi xavfli tor yo‘llarni kesib o‘tar, goh chuqurlikka, goh yana tepalikka chiqardi. Nihoyat, do‘sti:
«Yetib keldik», – dedi. U qoyadan pastga qarab, o‘zidan minglab kilo metr naridagi poyonsiz yerni ko‘rdi. Ular cho‘qqiga juda yaqin kelib qolgan edi.
Do‘sti qoyaning kunchiqar tomoniga qushni qo‘yib, u bilan gaplasha boshladi. Buni ko‘rgan cho‘pon xaxolab kuldi, biroq do‘sti gapirishda davom etdi. Unga quyosh, quyoshning qanday qilib yerga hayot bag‘ishlashi, osmonda qanday hukmronlik qilishi, har bir yangi kunni yoritib turishi haqida gapirib: «Quyoshga nazar sol, burgut! U ko‘ta rilsa, u bilan sen ham birga ko‘taril. Sen yerga emas, osmonga tegishlisan!» – dedi. Shu payt quyoshning ilk nurlari tog‘ uzra porlab, dunyo nurga chulg‘ana boshladi.Quyosh viqor bilan ko‘tarildi. Salobatli qush qanotlarini keng yoyib, quyoshni qarshi oldi. Qushning qanotlari quyosh taftini his qildi. Buni ko‘rib cho‘pon jim bo‘lib qoldi. Do‘sti esa burgutga: «Sen yerga emas, osmonga tegishlisan! Uch, burgut, uchaqol!» – deb, cho‘ponning yaqiniga bordi. Atrofga sukunat cho‘kdi.
Kutilmaganda burgut boshini ko‘tarib, qanotlarini keng yoydi, qoyani ushlab turgan panjalari esa oldinga intildi. So‘ngra hech bir qaltis harakatsiz, havo oqimini har qanday inson yoki qushdan ko‘ra kuchliroq his qilgan holda, ko‘tarilayotgan quyoshning yorqinligida ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha balandroq va yanada balandroq ko‘tarilib, hech qachon tovuqlar orasiga qaytmaslik uchun parvoz qildi.
Matn yuzasidan savollar
UCH, BURGUT, UCHA QOL!
- Hikoyaning boshida cho‘pon nimani qidirish uchun yo‘lga otlangan edi?
- Buzoqni.
- Podani.
- Toshli qoyani.
- Burgut bolasini.
- Cho‘pon burgut bolasini qayerdan topib oldi?
- Qush uyasidan.
- Daryo bo‘yidan.
- Xarsangtosh orqasidan.
- Qamishlar orasidan.
- Cho‘ponning burgut bolasiga ehtiyotkor bo‘lganligini qaysi holatda ko‘rish mumkin?
- U burgut bolasini ikkala qo‘li bilan ko‘tarib olgan edi.
- U burgut bolasini uyiga olib kelgan edi.
- U burgut bolasini uyasiga qaytarib qo‘ygan edi.
- U daryo bo‘yidan burgut bolasini qidirgan edi.
- Cho‘pon burgut bolasini uyiga olib kelib nima qildi?
- Uni uchishga o‘rgatdi.
- Uni ozod qildi.
- Uni tovuqlar bilan birga boqib, tovuqlardek bo‘lishni o‘rgatdi.
- Unga yangi uya qurib berdi.
- Do‘sti birinchi marta mehmonga kelganda, burgut bolasi o‘zini tovuqlardek tutdi. Bu holatni ko‘rsatadigan ikkita misol keltiring.
1.__________________________________________________________________________________________________________________________________
2.___________________________________________________________________________________________________________________________________
- Dehqonning do‘sti burgutni birinchi marta ko‘rganida, uni uchirishga qanday harakat qildi?
- U burgutni boshi uzra ko‘tardi.
- U burgutni yerga qo‘ydi.
- U burgutni osmonga irg‘itdi.
- U burgutni tog‘ga olib bordi.
- Cho‘ponning do‘sti burgutga: «Sen yerga emas, osmonga tegishlisan!» – deganida nimani nazarda tutganini tushuntirib bering.
____________________________________________________________________________________________________________________________________
- Do‘sti birinchi marta mehmonga kelganida, cho‘pon nima sababdan kuldi?
- Burgut uchish uchun juda og‘irlik qilganiga.
- Burgutni ushlash qiyin bo‘lgani uchun.
- Burgut jo‘jalardan farq qilgani uchun.
- Uning haq ekanligini burgut isbotlagani uchun.
- Nima uchun do‘sti burgutni uchishga majbur qilib, baland tog‘ga olib bordi? Ikkita sababni keltiring.
1.__________________________________________________________________________________________________________________________________
2.___________________________________________________________________________________________________________________________________
- Osmonning qanchalik chiroyli ekanligi haqida aytilgan so‘zlar ni toping va ko‘chirib yozing.
____________________________________________________________________________________________________________________________________
- Nima uchun ko‘tarilayotgan quyosh ertakda muhim belgi sifatida ifodalangan?
- Quyosh – burgutning uchish instinktini uyg‘otuvchi.
- Quyosh – osmonning hukmdori.
- Quyosh – qushning qanotlarini isituvchi.
- Tog‘ cho‘qqilarini yorituvchi.
- Cho‘ponning do‘sti qilgan ishidan uning qanday inson ekanligini bildingiz. Do‘stining bitta fazilatini yozing. Bu fazilatni isbotlovchi bajargan ishlaridan birini keltiring.
____________________________________________________________________________________________________________________________________
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori.
- Колягин Ю.М. Об интеграции обучения и воспитания в начальной школе. // Начальная школа. – 1998. -Л 3. – С. 18.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strstegiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.
- 4. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil, 92 bet.