Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

UZUQ CHIZIQ (SHTRIX) LARDAN TO ‘G’RI FOYDALANISH QOIDASI

  Toxirjon Oltmishev Turgunovich- JDPU katta o ‘qituvchisi. O ‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi. oltmishevtohir@gmail.com Annotasiya: Ma’lumki, qalamtasvirning muhim chizish qoidalari qadim zamonlardan kashf etilib, takomillashtirilib kеlingan. Aytishlaricha birinchi tashkil etilgan ilk Badiiy akadеmiyalardan rasmni qalamda chizish yеtakchi o‘ringa qo‘yilgan. Uni yaxshilab o‘rganib olmagan talaba  tasvirga rang bеrish mashg’ulotiga, yani rangtasvir yaratish ishiga yaqinlashtirilmagan. Shu sababdan akadеmik rasm chizish mashg’uloti muhim hisoblanib o‘quv-ta’lim jarayoning ko‘p qismini egallagan. Bo ‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi qush va hayvonlarning tasvirini chizishni ham boshqa vazifalar qatorida puxta o ‘rganishi kеrak. Chunki maktab amaliyotida, o‘qitish, o‘rgatish dasturlarining barchasida bu mavzu mavjuddir.Tasvir yaratishda fazoviy pеrspеktivaga ham ahamiyat bеrilishi zarur. Chunki yaqinda joylashib turgan buyum uzoqroqdagisidan tusi, rangi, to‘q-ochligi bilan ajralib turadi. Soya-yorug‘liklarni tasvir farqlariga monand o‘xshatib aks ettirish ular o ‘rnini to‘g‘ri mutanosib topishga ham bog’liqligini unutmasligimiz kеrak.Shtrixlar narsa buyumlarning xaqqoniy tasvirlashda mumim o‘rin egallaydi. Kalit so ‘zlar: Tasviriy san’at, kompozitsiya, soya-yorug‘lik,natura, shtrixt, rasm, pеrspеktiva   Annotation: It is known that the important drawing rules of pencil drawing have been discovered and improved since ancient times. It is said that from the first established art academies, pencil drawing was given the leading position. A student who has not studied it thoroughly is not brought close to the exercise of coloring the image, that is, the work of creating a painting. For this reason, academic drawing training is considered important and occupies a large part of the educational process. A future art teacher should learn to draw birds and animals, among other tasks. Because this topic is present in all school practice, teaching and training programs. Spatial perspective should also be given importance when creating an image. Because the nearby object differs from the far one by its shade, color, and lightness. We must not forget that reflecting the shadows and lights, similar to the differences in the image, also depends on finding their place in the right proportion.Keywords: Fine art, composition, shadow-light, nature, line, drawing, perspectiveАннотация: Известно, что важные правила рисования карандашом были открыты и усовершенствованы с древних времен. Говорят, что с первых созданных художественных академий карандашному рисунку отводилось ведущее место. Ученик, не изучивший ее досконально, не приближается к упражнению по раскрашиванию изображения, т. е. к работе по созданию картины. По этой причине обучение академическому рисованию считается важным и занимает большую часть учебного процесса. Будущий учитель рисования должен, помимо прочего, научиться рисовать птиц и животных. Поскольку эта тема присутствует во всех школьных практиках, программах преподавания и обучения, пространственной перспективе также следует придавать большое значение при создании изображения. Потому что ближний предмет отличается от дальнего своим оттенком, цветом и светлотой. Нельзя забывать, что отражение теней и светов, подобно различиям в изображении, также зависит от нахождения их места в правильной пропорции.Ключевые слова: Изобразительное искусство, композиция, тень-свет, природа, линия, рисунок, перспектива                [1]Qalamtasvir- barcha tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi Rassom tasviriy san’at turining qaysi birida ijod qilishidan qat’iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o’zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. San’at asarini yaratishda ushbu qoralamalar rassomga yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi. Rassom u yoki bu kartinasini yaratishni qalamda chizishdan boshlaydi. Keyin asarga ranglar beriladi va u tomoshabinlarga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, qalamtasvirsiz hech bir rassom o’z asarini yetuk holga keltira ohnaydi.Qalamtasvir mustaqil ravishda tugallangan san’at asari ham bo’lishi mumkin.Tush, sangina, pastel, sous, qalamda yaratilgan ko’plab kartinalar jahonning turli san’at muzeyi va ko’rgazmalaridan joy olgan.Qalamtasvir mashg’ulotlari ko’rib-kuzatib to’g’ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo’l, ong va sezgi organlarini rivojlantirishda nafaqat bo’lajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga ham zarurdir. Uyg’onish davrining buyuk rassomi va olimi Leonardo da Vinchi «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida ta’kidlaganidek, yoshlar o`zlarini ilm-fan, tasviriy san ‘atda sinamoqchi bo`lsalar, avvalo, rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozim. Qalamtasvir bakalavriat talabalarninga, I-IV kurslarda nazariy va amaliy mashg’ulotlar orqali o’rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda talabalarga nazariy bilim berish g’oyat muhim. Bu bilim bo’lajak pedagoglarning institutni tugatgandan so’nggi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.Borliqdagi narsa va shakllarni realistik tasvirlash talabaga amaliy bilim va ko’nikma beribgina qolmay, balki uning estetik didini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun juda muhimdir. Realistik tasvir san’ati yosh rassomlarning borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, qalamtasvirning muhim chizish qoidalari qadim zamonlardan kashf etilib, takomillashtirilib kеlingan. Aytishlaricha birinchi tashkil etilgan ilk Badiiy akadеmiyalardan rasmni qalamda chizish yеtakchi o‘ringa qo‘yilgan. Uni yaxshilab o‘rganib olmagan talaba  tasvirga rang bеrish mashg’ulotiga, yani rangtasvir yaratish ishiga yaqinlashtirilmagan. Shu sababdan akadеmik rasm chizish mashg’uloti muhim hisoblanib o‘quv-ta’lim jarayoning ko‘p qismini egallagan. Bo ‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi qush va hayvonlarning tasvirini chizishni ham boshqa vazifalar qatorida puxta o ‘rganishi kеrak. Chunki maktab amaliyotida, o‘qitish, o‘rgatish dasturlarining barchasida bu mavzu mavjuddir.Tasvir yaratishda fazoviy pеrspеktivaga ham ahamiyat bеrilishi zarur. Chunki yaqinda joylashib turgan buyum uzoqroqdagisidan tusi, rangi, to‘q-ochligi bilan ajralib turadi. Soya-yorug‘liklarni tasvir farqlariga monand o‘xshatib aks ettirish ular o ‘rnini to‘g‘ri mutanosib topishga ham bog’liqligini unutmasligimiz kеrak.Shtrixlar narsa buyumlarning xaqqoniy tasvirlashda mumim o‘rin egallaydi.Biz shtrixlar yordamida tasvirlayotgan natyurmort,portret yoki manzaramizda yorug‘-soya,old va orqa planlarni,hajmni ifodalashimiz mumkin bo‘ladi.Quyidagi rasmlardan ko‘rib yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Mana ko‘rib ham chiqdik shtrixlar goh  to‘g‘ri goh yoysimon vaholangki har-xil yo‘nalishda berilishi mumkin qanday yo‘nalishda shtrix berilishidan qatiy nazar o‘zaro paralel bo’lishligini ta‘minlashimiz  zuda  zarur.Shtrix chiziqlar orasida yana havo qoldirishimiz kerak bo‘ladi.Ya‘ni chiziq qalinligida oraliq masofa bo‘lishi lozim,bu degani shtrix chiziqlar bir-biriga yopishib qolmasligi kerak.   Adabiyotlar ro’yxati 1.B Boymetov. Qalamtasvir-Musiqa nashryoti-Toshkent 2006.
  1. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O’zbekiston, 2006
  2. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san’at. T.: Cho’lpon, 2006.
Oltmishev Toxirjon Turgunovich. Tel: 91 591 49 46     [1] B Boymetov «MUSIQA’ nashriyoti .TOSHKENT . 2006, 6-bet.