Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 YOSHLI SUZUVCHILARNI MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH

JDPU o’qituvchisi, A.B.Mamanazarova JDPU 2 bosqich magestiri,  J.B.Xidirov  Annotasiya Ushbu maqolada  yosh suzuvchilarda ulaming jismoniy va funksional rivojlanishi xususiyatlarini, jumladan biologik rivojlanish jismoniy sifatlar rivojlanish darvlarini  mashgʻulotlari jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolarini ochib berishga qaratilgan. Kalit so’zlar: sport, Jismoniy tarbiya , pedagogika, texnologiya, innovatsion, texnika, funksional. Annotation This article aims to reveal the characteristics of the physical and functional development of young swimmers, including the biological development of physical qualities and the actual problems of improving the training process. Key words: sport, physical education, pedagogy, technology, innovative, technical, functional.   Suzish eng ommabop va jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu suzish mashqlarining inson organizmiga, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod organizmiga nisbatan butkul sog‘ lomlashtiruvchi va umum rivojlantiruvchi ahamiyati bilan belgilanadi. Suzishning turlari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari hamda boshqa yirik musobaqalar dasturlaridan keng o‘rin olgan. Jahon sport maydonlarida o‘zbekistonlik suzuvchilarning ham g‘alabalari ortib bormoqda.       Biroq jahonda raqobatchilikning ortishi shunga olib keldiki, vatanimiz suzuvchilarining erishgan yutuqlari so‘nggi yillarda avvalgiga qaraganda aytarli ko‘zga tashlanmay qoldi. Suzishda sport natijalarining to‘xtovsiz o‘sib borishi, jahon birinchiligi uchun kurash olib borishdagi keskin raqobat mashg‘ulot jarayoni sifati hamda samaradorligini muntazam oshirib borishni taqozo etadi. Sizning imkoniyatingizdan kelib chiqib, (zalda, suv havzasidagi vaqt miqdori), aqliy chegarada yuklanishni u yoki bu tomonga aralashtirish mumkin. Tayyorgarlikning bazasi davrida III-IV-V mikrosikllarda yuklanish, sikldan siklga doimiy o‘sib, to hajmga yetib borishi shart, qachonki, u ikki martali mashg‘ulotlarda qabul qilmay qoladi. Qachon tiklanish bunday ishdan so‘ng yetarli bo‘lmasa, undan tavsiya qilinayotgan uch marotabali mashg‘ulotlarga o‘tinglar. Unda hajmiy, texnik qism alohida mashqlarga olib chiqiladi. Qolgan mashg‘ulotlarda, o‘sha payt xarakteristikasi, suzishlarni kompensatsiyalashda va rivojlanayotgan ma’lum sifatlarda faqat yuklanish qoladi. U yoki boshqa sifatlami rivojlantirish uchun intensivlikda zona ishida, biz boshidan oxirigacha o‘rganib oldik. Mikrosiklning mashg‘ulotlar jarayonida boshqa sxemalar tizimida qo‘llash mumkin, faqat davriy tiklanish va talab qilinayotgan sifatlaming rivojlantirishda o‘mini egallab saqlanishi lozim bo‘ladi. Qonunlar saqlangan holda birga mashg‘ulotlar jarayoni shu qonun asosida quriladi. Bu:
  1. Umumiy chidamlilikning rivojlanishi.
  2. Maxsus chidamlilikning rivojlanishi.
  3. Sifat tezliginingrivojlanishi.
  4. Chidamlilik tezligining rivojlanishi.
  5. Startga tayyorgarlik.
  6. Amalga oshirish.
Ikki siklli rejada foydalanish mumkin, ya’ni ikki bosqichli 24 mikrosiklda ko‘rsa bo‘ladi. Bu tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha barcha masalalami yechishda o‘ta chuqur imkoniyatni yaratadi. Murabbiylarga yana bir tavsiya. Sportchi katta bazali tayyorgarlik davrida charchaydi. Bu nafaqat jismoniy toliqish, balki mhiy toliqishdir. Suzish turlari – krol, brass, batterflyay (delfin), chalqancha suzishda sport mashg‘ulotini tuzish turli xil masofalarda, yillik siklning tashkiliy tuzilmalarida deyarli farq qilmaydi. Suzuvchilar tayyorgarligining alohida tomonlarini rivojlantirish jarayonida texnika va taktikaga o‘rgatish metodlarida moslashish jarayonlarining kechishi xususiyatlarida farq kuzatiladi. Moslashishning rivojlanish qonuniyati sportchilar organizmi funksional tizimlarining (FT) shakllanishi qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Funksional tizimning shakllanishi yuklamaning kattaligi, yo‘nalishi maxsuslashganligi va koordinatsion murakkabligi xususiyatlariga bog‘liq. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda amaliyotda, shuningdek, sport suzishida shunday ishlar borki, ulaming mualliflari funksional tizimlami nazorat qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni tavsiya qiladilar: jismoniy ish qobiliyati, nafas olish tizimi, organizmning energiya ta’minoti tizimi, sportchining o‘rganishga psixik tayyorgarligini baholovchi ma’lumotlar.                Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular sportchilaming tegishli holatini tezkor va joriy nazorat qilish metodlarini takomillashtirishni, tavsiya etadilar. Yosh suzuvchilarda ulaming jismoniy va funksional rivojlanishi xususiyatlarini, jumladan biologik rivojlanish maromini (bir me’yorda yoki sekin yetilish, akseleratlar), jismoniy sifatlar rivojlanishining sensitiv darvlarini e’tiborga olish zarur. Maturatsiya darajasi va morfiologik hamda bioenergetik ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgan yosh davrlarida 22 shu ko‘rsatkichlami rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni o’tkazish maqsadga muvofiq. O‘smir bolalarda chidamlilikni rivojlantirish uchun 13-15 yosh, kuch chidamligi va anaerob ish mahsuldorligini rivojlantirish uchun esa biologik rivojlanishning individual sur’atlarini e’tiborga olgan holda 14 yoshdan keyin optimal davr hisoblanadi. Sensitiv davming boshlanishi shu davrda tez sur’atlami rivojlantirishga qaratilgan mashgculot yuklamalarini munosib tarzda qoilash uchun signal hisoblanadi. Bunday vaziyat suzuvchilar tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlariga zarur pedagogik tuzatishlar kiritishni kerakli dasturiy-me’yoriy baza yaratishni taqozo etadi. Mashg‘ulot jarayonini takomillash muammosini hal etish mashg‘ulot jarayonini dasturlash va tashkil etish, tanlab yo‘naltirilgan mashg‘ulot yuklamalarining jamlashishi bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Ushbu holda dasturlash deganda, mashg‘ulot jarayonining mazmunini sportchilar tayyorlashning maqsadli vazifalariga va o‘ziga xos tamoyillarga muvofiq tartibga solishdir. Mashg‘ulotni dasturlash metodlarining qoilanilishi blokli mashg‘ulot tizimidagi hamda modulli o‘qitishdan foydalanish bilan bog‘liq .