Yoshlar bilan ishlash bo‘limi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i:
Qo’shmuratov Bekzod Abduraimovich
Telefon: +(99893) 305 28 83
Elektron manzil:
Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00
Uslubchi
Telefon: +(99890) 958 09 56
Uslubchi
Telefon: +(99897) 522 39 53
Uslubchi
Telefon: +(9989) 300 00 27
Uslubchi
Telefon: +(99894) 194 09 99
Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy bo’limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddati, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi. Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlash bo’limining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsizlik, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig’ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg’usini kamol toptirishdan iborat. Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.
- – universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
- – barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;
- – ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.