- Adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik tarixining rivojlanish tamoyillari;
- Zamonaviy nasr va she’riy tarjima muammolari;
- Madaniyatlararo muloqot va badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari;
- Xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi;
- Ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
Xorijiy filologiya, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari” respublika ilmiy-amaliy anjumani tafsilotlari
Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasida 2021 yil 23 fevral kuni “Xorijiy filologiya, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari” mavzusida professor Muxammadjon Xolbekov xotirasiga bag‘ishlab respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik tarixi, adabiyotshunoslik va tarjimachilikning rivojlanish tamoyillari, tarjima stilistikasi va tanqidi, tahrir, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratish, o‘zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilish, shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashga xizmat qildi.
Anjumanning kutilgan maqsad taniqli professor, filolog, adabiyotshunos va mohir tarjimon Muhammadjon Xolbekov xotirasini yodga olish. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari, yechimini kutayotgan tadqiqotlar, badiiy tarjima ikoniyalaridan foydalanishning bugungi kundagi vaziyati, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning uzviyligini ta’minlash, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish manbalarini o‘rganish va targ‘ib etish masalalarini yoritish bo‘ldi.
Anjumanda quyidagi muammolar muhokama qilindi: