Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/04/2022
Chop etish
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

“O‘zbek va boshqa tilli maktablarda rus tilini o‘qitish natijalarini baholashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida bo‘lib o‘tgan konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etildi. Unda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassalarining profesor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar  va talabalar ishtirok etishdi. Ilmiy amaliy konferensiyani  JDPI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiya Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini ob’ektiv baholash borasida xorijiy tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganish, umumlashtirish asosida o‘zbek va boshqa tilli maktablarda o‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini baholash texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi. Qizg‘in fikr mulohozalar, qiziqarli ma’ruzalar asosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada zamonaviy pedagogika fanining ta’lim sifatini baholash sohasidagi dolzarb muammolar, rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish natijalarini baholashning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, bo‘lajak til va adabiyot o‘qituvchisining baholash kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisida mavzu doirasida  Xorijiy va respublikamizning yetakchi olimlari ma’ruza qilishdi.  Kunning ikkinchi yarmida muhokamalar davom ettirilib, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant va talabalar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini aprobatsiyadan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Konferensiya yuqori ilmiy va amaliy saviyada tashkil etilib, uning natijalarini maqolalar to‘plami sifatida chop etishga qaror qilindi. Bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, konferensiya natijalari bilan OAV orqali keng jamoatchilik hamda umumta’lim maktablarining rus tili o‘qituvchilarini yaqindan tanishtirish, rus tili o‘qituvchilarining metodik saviyasini yaxshilash, o‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini baholash texnologiyalarini takomillashtirish, bu sohada Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini kuchaytirish, Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish kabi kelishuvlarga erishish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosaga kelindi.

 


Ulashish:
872
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...