Katta o
‘qituvchisi Sanaqulova Zilola Abduxakimovna.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Sanalulova1969@gmail.com.
+998915904859
Annotatsiya
Butun dunyo xalqlari madaniyatini rivojlanishida qadimgi va о‘rta asrlarning axamiyati katta. Chunki ular о‘z faoliyatlari davomida dunyoviy ilm-fan nana- texnologik bilimlar sohasida muxim kashfiyotlari , bilimlar yosh avlod ta’lim-tarbiyasida muxim axamiyatga ega va amaliyotda isbotini topgan. Millat bugunini baholashda uning о‘tmishiga nazar tashlash lozim, sabab, eng dono va beminnat maslahatlar xalqni о‘tmish tarixidan merosdir.
Kalit sо‘zlar: taraqqiyot madaniyat, о‘qitish, bilim olish, folklor, urf-odat va an’analar,moziy, tarix, millat, xalq, ta
‘lim, tarbiya, pedagogika.
Аннотация
В развитии духовно-нравственной культуры народов мира играют важную роль идеи, взгляды мыслителей Востока и Запада в сфере теологии и светского образования. Так как в течении всей своей жизнедеятельности они сделали не только научные открытия в области теологичеких знаний, но и доказал на практике их важность в воспитательно-образовательном процессе подрастающего поколения. Следовательно, оценка сегодняшнего дня народа будет дана через его прошлое, которое является самым надежным историческим источником познания наследия нашего народа.
Ключевые слова: развитие, культура, обучение, получение знаний, фольклор, обычаи и традиции. прошлое, история, нация, народ, образование, воспитание, педагогика. развитие.
Annotation
In the development of the spiritual and moral culture of the peoples of the world, the ideas, views of the thinkers of the East and West in the sphere of theology and secular education play an important role. Since throughout their life they have made not only scientific discoveries in the field of theological knowledge, but also proved in practice their importance in the educational and educational process of the younger generation.
Keywords: past, history, nation, people, education, upbringing, pedagogy, development, culture education, knowledge, folklore, customs and traditions.
Xalqimizning boy ma’naviy merosiga chuqur nazar solsak, «Avesto»da xam qariyalarni qadrlash, ardoqlash muqaddas ish sanalgan. Zardushtiylik dini va ta’limotining asoschisi Zardо‘sht, qariyalarni qadrlash borasida «Keksalar gapiga qulok soling va andisha bilan muloxaza yuritib, yaxshi bilan yomonni О‘zingiz ajratib oling», deb yoshlarga pand-nasihat beradi. U ustozlarni xam qariyalar qatoriga qo‘shib, shunday deydi. «Yaxshi ustozlar tangriga yaqin odamlardirlar». Shuning uchun ularni e’zozlashimiz lozim.
«Avesto»da yozilishicha, insonning yashashdan maqsadi metindek e’tiqodli bo‘lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan dо‘st, qariyalarni qadrlab, e’zozlab, ular nasixatlariga rioya etib, qariyalar bilan yoshlar bir-biri bilan inoq, baxamjixat bо‘lishini ta‘minlashdan iboratdir.
Zardusht pokiza axloqli, amalda sobitqadam, xayotda faol, uning faoliyati, tafakkur ne’matiga ishonadi, ilm va axloqni inson xayotidagi mayoq deb biladi. Zero ana shunday bandalargina johiliyat razolatini daf eta oladi, xamyurtlarini rо‘shnolik va rivojlanishga olib chiqa oladi. Zardо‘sht falsafasida yuksak axloq, ijodiy mexnat soxibi keksa inson e’zozi va sharafi birinchi о‘rinda turadi.
Millatni ta’lim-tarbiya va odob- axloqli bo’lishiga poydevor yaratgan о‘tmish ajdodlarimizning «boy» tarixiy о‘tmishi hisoblanadi. О‘tmishga nazar tashlar ekanmiz avvalo, shu zaminda yashagan mutafakkirlarning ilmiy merosini yodga olamiz ammo, xar qanday buyuk istedod egasi xam avvalo о‘zining о‘tmish ajdodlari ilmiy merosi tufayligina shon-shuxratga erishadi.
«Avlod-ajdodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida kо‘p asrlik xalq pedogogikasi muxim o‘rin tutadi. Chunonchi, о‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy- estetik qarashlari, falsafiy-axloqiy tushunchalari, xayotiy va ta’lim-tarbiya borasidagi xulosalarini pedogogikasida aks ettirgan. Xalq pedogogikasining muhim yо‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir. Muxim xususiyatidan biri esa, millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi» [2].
Darxaqiqat, ijtimoiy fanlar tizimda dinshunoslik fanini о‘qitishni metodik jixatdan o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ya’ni, izlanishlarga xam ushbu qimmatli ilmiy meros didaktik manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedogogikasi mavzusidagi mazkur maqolada xam Sharq va G‘arb xalqlarining ko‘xna tajribasiga murojaat etamiz.
Sharq xalqlari pedogogikasi xususan, ta’lim va tarbiya borasida fikr yuritganda Mashxur xind masalidan namuna «Kalila va Dimna», allomalarimizdan Yusuf Xos Hojibning «Qutadgu bilik», Maxmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘ati turk». Kaykovusning «Qobusnoma”, Alisher Navoiyning «Maxbubul-qulub, Nizomul mulkning «Siyosatnoma». Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Rushnoinoma» va Axmad Yugnakiyning Hibatul xaqoyik» asarlari va о‘zbek xalq og‘zaki ijodi tilga olinadi.
Sobiq ittifok tuzum davrida merosimizga nisbatan xam bepisandlik, xalqimiz tarixida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani milliy asosini yo‘qotish darajasiga olib kelindi. Xalqimizning ma’naviy meros va qadriyatlarini tiklash xamda yanada rivojlantirishga mustaqillik yillarida xam davom etirilmoqda. «Ushbu ilmiy merosni barkamol shaxsini tarbiyalashdek mas’uliyatli soxaga tatbik etishda O.Musurmonova, S. Nishonova, M.E.Axmedov, N.D.Maxmudova, Z.L.Taylapov M.YE.Lilovalarni ilmiy izlanishlar asosi bо‘ldi» [3].
Respublika oliy talim muassasalarida professor-uqituvchilar kuzatishi natijasida ma’lum buldiki, bo‘lgusi pedogoglar tarbiyasida milliylik xamda sog‘lom diniy dunyoqarash va tafakkurini rivojlantirishda ajdodlarimizning merosidan unumli foydalanish yo‘qligi kuzatildi. Afsuski, mustaqillikkacha bо‘lgan davrda bunday ne’matlardan mosuvo bо‘ldik.
«Xatto, mustaqillikka erishgach xam milliy tarixiy, siyusiy va ma’naviy о‘zlikni anglash barcha fukarolarimizga xos tafakkur darajasiga kutarilmadi. Aksariyat fuqarolar xali xam milliy о‘zlikni anglash moxiyatini bilmaydi, о‘zini о‘zbek millati vakili ekanini bilishdan iborat deb tushunadi. Bu xol kishilarning demokratik jarayonlardagi munosabatiga salbiy ta’sir yetmay qolmaydi. [4].
О‘tmish ajdodlarimni dunyo tug‘risidagi tasavvurlari, zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda о‘ziga xos qadriyat va urf – odatlarining moxiyati teologik-falsafiy asosda aks etgan. Unda olam, azaliy qarama – qarshi kuchlar, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik. Xayot va о‘lim borasidagi qarashlari ifodalangan. «Olamni asosi muqaddas tо‘rt unsur olov, suv, tuproq va xavodan iborat ekanligi teologik asosda keltirilgan. Qadimgi yunonlarning Milet maktabi naturfalsafa asoschilari Fales. Anaksimandr, Anaksiman va Geraklitlar tomonidan bu unsur elementlarning moddiylik asos sifatida doimo xarakatda va о‘zgaruvchan xususiyatga ekanligini miloddan avvalgi VII asr oxiri va VI asr boshlarida ilmiy asoslandi»
[1] [5.6].
Sharq uygonish davri IX-X asr Bog‘dodda «Baytul ul Xikma»ning tashkil etilishi ko‘pchilikda Islom olamida yaratilgan buyuk kashfiyot xisoblansada, ammo, bu bilimlar Akademiyasida ijod qilgan olimlar tomonidan yunon, sanskrit, fors, xitoy va boshqa tillardagi ilmiy xamda diniy manbalarni о‘rganilganda arab tiliga о‘girilgan, bu xizmatlari tufayli Islom olamini jaxonga mashxur qilib, insoniyatning porloq kelajagiga taminlovchi ilmlar «xazina»sini jamlaganlar. Bu dargohda faoliyat olib borgan olimlarning qaysi dinga e’tiqod qilishi emas, dunyoviy va diniy bilimlarga ega bо‘lishi uchun xam arab tilini bilishi muhim hisoblangan. Demak, inson qancha kо‘p tillarni о‘rgansa, ilm olishi uchun o‘ziga keng yo‘l ochishini ular isbotlaganlar.
«Ayni paytda zamon shiddatli tarzda o‘zgarib, yoshlarga muqaddas diniy ahkomlarni noto‘gri talqin qilish, soxtalashtirish, turli fitna va buzg‘unchilik sodir etishga xarakat qilayotgan, dinning maqsadi soflik. tinchlik va insonparvarlikdan iborat ekanligini noto‘gri talqin etayotganlarga ma’rifat yo‘li bilan kurashishga qodir yuqori darajadagi ilmiy va diniy salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlashni taqazo qilmoqda
[2]» [1].
Xozirgi kundagi global axborot almashinuvi о‘ta jadal sura’tda rivojlanib borayotgan davrda yosh avlodning xayoti juda kо‘plab foydali va foydasiz axborotlar ta’siri ostida kechayotganligini inobatga olish lozim. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida shundan kelib chiqqan xolda tasir choralarini ishlab chiqish kerak. Globallashuv jarayoni shunday jarayonki, ya’ni uni chuqur о‘rganmasdan, foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmasdan mamlakat iqtisodiyoti, madaniyati, sotsialallashuvi va ma’naviyatini yuksaltirishga urinish. Tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan barobardir.
Ilm-ma’rifat yo‘lida nafaqat Islom dini balki, dunyodagi Buddaviylik, Yahudiylik va Xristian dinlarining muqaddas bitiklarida xam ezgulikni о‘zida jam etgan ilm-ma’rifatga chorlovchi fikrlar mujassamlashgan.
«Xudo odamlarga xayoti davomida tо‘plashga bergan bilimidan iloji boricha ko‘progini о‘zlashtirish, bilib-bilmay qо‘llashga xarakat qiladilar ammo bu insonlarni xayotiy muammolarini xal etmay balki ularga ziyon-zaxmat yetkazishi muqarrar. Yaratgan insonlarga kerak bilimlarni beradi ammo ular berganidan xam ko‘progini istashadi, istaganlari ichida keragidan kerakmasi ko‘proqdir. Men ularga ishora bildiraman ammo, ular buni kо‘rmaydilar, eshitmaydilar va tushunmaydilar» [7].
Bundan kо‘rinib turibdiki, bugungi kunda yoshlarimiz о‘zlari uchun kerakli bо‘lgan bilimlarni olishga xarakat qilmog‘i lozim ekan.
Garchi, qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari pedogogikasining asosi tajribada sinalgan pand-nasixatdan iborat bо‘lsada, uni qo‘llash uslubi bir xil, ya’ni pedogog nutqidan oqilona va samarali foydalanishdir. Notik o‘zida fikrning ruxiy emotsional xolatni xis etolmaslik sababi, sо‘zni kо‘r-kо‘rona bayon etadi. Avvalo notiqdan talab etiladigani shaxsiy namuna, nazariy bilimni mazmun va moxiyatini chuqur anglashdan uni amaliy jarayonga xam tadbiq etishdir.
«Sharq xalqlari notiqlik san’atining ko‘xna ildizlari xind Vedalaridan boshlanib, Konfutsiy va Lao Szilar falsafasida rivojlandi. Notiqlikda avvalo mantiqiy mushoxadaga tayanadi. Sharq geologik falsafasini asosi bо‘lgan dualizm ta’limoti yunon Faylasuflari Parmenid, Zenon, Suqrot va Aristotellarning falsafiy ta’limotining asosi bо‘lgan axloqiy (aksiologiya)sifatlar baxs (dialektika)ning xaqiqatga eltishi, ontologiya (borliq) ta’limoti va gnseologiya (bilish)ning genezisi ob‘yektiv va sub‘yektiv jixatlarini о‘rganishda asos bо‘lgan»
О‘rta asrlar pedogogikasida pand-nasixatdan keng foydalanilgan. Farzandlarni gо‘zal axloq va tarbiya egasi etib, tarbiyalashda donishmandlarning pand-nasixatlarini singdirishga xarakat qilganlar, chunki pand – nasixat ibrat maktabi hisoblangan. О‘tmish ajdodlarning asrlar davomida sinalgan tajribalari bugungi avlodga ta’lim-tarbiya berishda, xususan ijtimoiy fanlar. dinshunoslik fanida integrativ qo‘llashda samaraga erishish mumkin.
Shuningdek, muqaddas islom dinida Quroni Karimdan keyingi ikkinchi muxim manba hisoblanmish hadislar diniy qadriyat hisoblanadi. Hozirgi kunda ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy madaniy, diniy – qadriyatlarning ustuvorligiga erishish bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalashning muxim omili bо‘lib xisoblanadi.
Hadislarni о‘rganish о‘sib kelayotgan yoshlarni mexnat qilish, ilm olish, matonatli, g‘ayratli bo‘lish va axloq-odobning oltin qoidalarini о‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Hadislardagi inson ta’lim-tarbiyasiga oid axloqiy tamoyillarni о‘rganish, ayniqsa, ta’lim mazmuniga yanada kengroq va tо‘larok tatbiq etish mavridi keldi. Chunki, Donishmandlik tafakkuri hisoblangan xadislarda inson о‘zinig irodasi, aqli va xarakati uchun yo‘l topadi, hojati chiqadi. Bugungi kunda ta’lim mazmuni yosh avlod ongida muayyan odob-axloq ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda bir qadar ojizlik qilmoqda. Shunday ekan, G‘oyat murakkab va ziddiyatli jarayonlarga boy bo‘lgan xayotda ma’naviyatni shakllantirish maqsadida insoniyatning ming yillar davomida tarixiy tajribasidan foydalanish zarurdir, chunki uzoq o‘tmishdoshlarimiz xayotiy tajribasini о‘zida tо‘la aks etilganligi uchun ham hadislar ardoqli va ibratlidir.
Hozirgi globallashuv davrida ijtimoiy sohada о‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra an‘analarni ulug‘lovchi jamiyat aholisi о‘z ajdodlarining о‘tmish an’analarini ya’ni, о‘zlarining manaviy-ma’rifiy meros va urf-odatlarini davomchisi xisoblaydilar. Ammo ular bu an’analarni moxiyatini aslida chuqur anglagan xolda ado etuvchi emas, ko‘r-ko‘rona bajaruvchilardir.
Mazkur maqolada ijtimoiy fanlar xususan, dinshunoslikni о‘qitishni sifat bosqichiga kо‘tarishda Sharq va G‘arb xalqlari pedogogikasida ta’lim va tarbiya berishning ilg‘or uslub va metodologiyasidan foydalanishni ahamiyati va mohiyatini tahlil etdik. Ijtimoiy fan, xususan dinshunoslikni о‘qitishda Sharq va G‘arb mutafakkirlari ilmiy-pedagogik merosi zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish asosiy maqsadimiz bо‘ldi.
Demak xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, talaba-yoshlarning ongiga tarbiyasiga qadriyatlarimizni va madaniyatimizni ochib beruvchi ijtimoiy fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlardan kreativ bilim kо‘nikma malakalarni shakllantirish va rivojlantirish zarur. Shu о‘rinda о‘tmishdagi ajdodlarning diniy va dunyoviy merosidan foydalanish tamoyili muxim va dolzarb masala xisoblanadi. Yoshlar tarbiyasida ayni shunday ilmiy meroslardan, adabiyotlarda kengroq yoritilsa, ommaviy axborot vositalarida, targ‘ibot,tashviqot olib borilsa, o‘ylaymizki, globallashuv jarayonida turli xil taxdidlar kelajagimizga, yoshlarning ongiga xech qachon о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Mirziyoyev SH.M. 2017 yil 15 dekabrdagi PQ 3433. О‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘grisida.
- Mutalipova M.J. Xalq pedogogikasi.o’quv qo’llanma.-T.: Toshkent, 2015, -B.3.
3.Zokirov M.Zamonaviy ta’lim muammolari.-T.. tо‘plami, 2012. -B. 43.
- Qо‘chqorov V. Milliy о‘zlikni anglash va Ijtimoiy jarayonlar. -T.: Akademiya, 2007. B.131.
- Yо‘ldoshev S. va boshqalar. Qadimgi va о‘rta asr G‘arbiy Yevropa falsafasi, -T.: Sharq, 2003, -31 b.
- Yo‘ldoshev S.A. Antik falsafa. -T.: 1999, 41 6. Falsafa asoslari. -T.: О‘z-n, 2005, 61-b.
- Injil 13-bob. 13-oyat. Mammo 13- bob, 13-oyat. Yixanno kitobi 8-bob. 32-oyat. Stokgolm.-1992, B.-132,-214.. 413.
- Zokirov M.Zamonaviy ta’lim muammolari.-T.. tо‘plami, 2012. -B. 43.
- Yо‘ldoshev S. va boshqalar. Qadimgi va о‘rta asr G‘arbiy Yevropa falsafasi, -T.: Sharq, 2003, -31 b.
- Yo‘ldoshev S.A. Antik falsafa. -T.: 1999, 41 6. Falsafa asoslari. -T.: О‘z-n, 2005, 61-b.
- Mirziyoyev SH.M. 2017 yil 15 dekabrdagi PQ 3433. О‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘grisida.
- 7. Injil 13-bob. 13-oyat. Mammo 13- bob, 13-oyat. Yixanno kitobi 8-bob. 32-oyat. Stokgolm.-1992, B.-132,-214..